Ogohlik- davr talabi (NDKI ma`lumoti)
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 21 yilligi munosabati bilan institut faollar zalida «Ma'naviyat va ma'rifat» bo'limi va "Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi bilan hamkorlikda "Agar ogohsan sen, shohsen sen” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda institut Ma'naviy-axloqiy tarbiya ishlari bo'yicha prorektori X.R.Raupov , Viloyat bosh imom xatibi T.Ro'ziev, yozuvchi Kamoliddin Yusupov, viloyat ichki ishlar boshqarmasi xodimi S.Soatovlar "Globallashuv jarayonlari va ma'naviy tahdidlar”, "Mustaqillik va diniy qadriyatlar”, "Yoshlarni har xil tahdidlardan asrash- bugungi kunning eng dolzarb masalasi” kabi mavzularda ma'ruzalarida mustaqillik yillarida ro'y bergan tub o'zgarishlar, xalqimiz farovonligi, turmush tarzidagi ijobiy o'zgarishlar, ta'lim, ilm-fan va sog’liqni saqlash sohalaridagi yutug’lar hamda bugungi kunda yoshlarimizga berilayotgan e'tibor, yaratilayotgan imkoniyatlar to'g’risida   gapirildi.
Shu bilan birga erishilayotgan yutuqlarga mahliyo bo'lib, bugungi kunda dunyo bo'ylab keng tarqalayotgan "Ommaviy madaniyat” ning turli ko'rinishlari, diniy aqidaparastlik va ekstremizmga nisbatan ogoh bo'lish kerakligi yana bir bor tushuntirilib o'tildi. Davra suhbatida qatnashchilarni qiziqtirgan savollariga  mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar berildi.

Manbaa: www.nggi.uz


Понравиласть статья? Жми лайк или расскажи своим друзьям!

Популярные новости

{topnews}
Добавить комментарий

Оставить комментарий