Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasi mutaxassislari uchun bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi


 

2015 yilning 13 mart kuni Toshkent axborot texnologiyalari universitetining sport majmuasida, shuningdek universitetning hududiy bo‘linmalarida, hududlarda joylashgan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tizimidagi kasb-hunar kollejlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari mutaxassislari uchun bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi tashkil etiladi.

Tadbirdan ko‘zlangan maqsad soha kompaniya va tashkilotlariga, mamlakatimizda mazkur yo‘nalishda mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga AKT sohasidagi kadrlarni jalb etish imkoniyatini yaratish, shuningdek yosh mutaxassislarga ishga joylashishlariga ko‘maklashishdir.

Yarmarkada axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasida faoliyat yurituvchi 50 dan ziyod korxonalar, shuningdek davlat organlari bo‘sh ish o‘rinlari bilan qatnashadilar.

Yarmarkada ish izlovchi sifatida TATU va uning hududiy bo‘linmalari bilan birga, sohaning 74 nafar kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari ham qatnashishlari mumkin. 

Shuningdek, yarmarka 13 mart kuni – bir vaqtning o‘zida yurtimizdagi barcha hududlarda, quyidagi manzillarda tashkil etiladi:

Samarqand: TATU ning Samarqand filialida 
Farg‘ona: TATU ning Farg‘ona filialida
Qarshi: TATU ning Qarshi filialida
Urganch: TATU ning Urganch filialida
Nukus: TATU ning Nukus filialida
Andijon: Andijon axborot texnologiyalari kasb-hunar kolleji
Namangan: Namangan transport va axborot texnologiyalari kasb-hunar kolleji 
Buxoro: Jondor ishlab chiqarish, transport va aloqa kasb-hunar kolleji
Jizzax: Jizzax shahridagi transport va aloqa kasb-hunar kolleji
Navoiy: Navoiy informatika va elektron ishlab chiqarish kasb-hunar kolleji 
Termez: Termez axborot texnologiyalari va maishiy xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kolleji 
 
Manba: www.ccitt.uz

Понравилась статья? Жми лайк или расскажи своим друзьям!

Комментарии