O'zbekistonda urush qatnashchilariga 800 ming so'm pul mukofotlari beriladi.

май 05, 2016   - 0 +

 

Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi.

   9-may umumxalq bayrami — Xotira va qadrlash kuni o‘tkazilishi, shuningdek, 1941–1945-yillardagi Ikkinchi jahon urushida fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaning 71 yilligi nishonlanishi munosabati bilan urush qatnashchilari va nogironlari moddiy rag‘batlantiladi. Bu O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 18-aprel kuni e’lon qilingan "Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida”gi farmonida ko‘zda tutilgan.

Bayram munosabati bilan 1941–1945-yillardagi Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlariga 800 ming so‘m miqdorida bir martalik pul mukofoti beriladi. Farmonni bajarish bilan bog‘liq sarf-xarajatlar respublika budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmatiga Moliya vazirligi va Markaziy bank bilan birgalikda ushbu pul mukofotining tantanali va bayramona vaziyatda topshirilishini ta’minlash, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga esa Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Xotin-qizlar qo‘mitasi, "Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, Badiiy akademiya, Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi, "Nuroniy” va "Mahalla” jamg‘armalari, boshqa jamoat tashkilotlari bilan birgalikda yurt himoyachilariga bag‘ishlangan maxsus uchrashuvlar va ma’rifiy-badiiy kechalar o‘tkazish topshirildi.

9-may kuni biz o’tgan qadrli insonlarimizni eslab, ularni ruhlarini shod etishimiz kerak. Qari otaxonlarimizni va onaxonlarimizninig holidan xabar olish bizning burchimiz. Bu ajdodlarimizdan qolgan udumimiz.


 

 


 

@

 

По рекомендовать статью в соц.сетях
Уважаемый посетитель, Вы зашли на сайт как незарегистрированный пользователь.
Мы рекомендуем Вам зарегистрироваться либо войти на сайт под своим именем.
 

Форма добавления комментарий

Ваши данные не будут опубликованы публично и не будут переданы третьим лицам или использованы в коммерческих целях. Обязательные поля выделены * символом.

Полужирный Наклонный текст Подчёркнутый текст Зачёркнутый текст | Выравнивание по левому краю По центру Выравнивание по правому краю | Вставка смайликов Картинка Выбор цвета | Скрытый текст Вставка цитаты Преобразовать выбранный текст из транслитерации в кириллицу Вставка спойлера