“Fidoying bo`lgaymiz seni, O`zbekiston”



“Fidoying bo`lgaymiz seni, O`zbekiston” shiori ostidagi tadbir.

   2017–yil 28 – avgust kuni soat 10:00 da Navoiy arxitektura va qurilish kasb-hunar kollejida 2017/2018 o`quv yili boshlanishi munosabati bilan o`tkaziladigan “Fidoying bo`lgaymiz seni O`zbekiston” shiori ostidagi tadbiri bo`lib o`tadi.

Tadbir davomida kollejning har bir yo`nalishi bo`yicha ko`rgazmalar namoyishlari, mavzu yuzasidan taqdimotlar bo`lib o`tadi. Tadbirga kollejimizning oliy o`quv yurtlariga kirgan 40 nafar o`quvchilari hamda mehmonlar tashrif buyuradilar. Tadbir yakunida kollej bo`ylab qisqa muddatli sayr ham bo`lib o`tadi.


Navoiy arxitektura va qurilish kasb-hunar kolleji
o`qituvchilari Shukurova Alfiya,
Mirzayeva Sevara, 
Dastanova Venera

Понравилась статья? Жми лайк или расскажи своим друзьям!

Комментарии