Dunyo yoshlari konferensiyasi Navoiy shahrida

Assalomu alaykum. Navoiy shahrida birinchi marta o'tkazilayotgan Dunyo yoshlari konferensiyasi siz azizlarni hamkorlikka chorlaydi. Yuqorida ta'kidlanganidek ushbu konferensiyada 6 qo'mitadan iborat bo'lib eng ko'p a'zoga ega bo'lgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi muhim ahamiyatga ega qo'mita hisoblanadi. Oliy Majlis palatasi qo'mitasini modellashtirishda O'zbekistondagi 5ta siyosiy partiyalar simulyatsiyasi yoshlardan iborat partiya a'zolari tomonidan spiker va spiker o'rinbosari yordamida amalga oshiriladi. Xo'sh yoshlarning bunda vazifasi qanday? Spikerlar tomonidan OzRes.Oliy Majlisi tomonidan taklif etilgan biror dolzarb mavzu doirasida yangi qonun loyihasini ishlab chiqishda har bir a'zolari o'zining partiyasi maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan holda o'z loyihasini ishlab chiqadi va boshqa partiyalar a'zolariga muhokamaga qo'yiladi.

Har bir loyiha muhokama qilinib kamchiliklari tuzatiladi, muammo va yechimlari tahlil qilinadi, qo'shimchalar kiritiladi hamda mukammal shaklga keltirilib O'z.Res.Oliy Majlis qonunchilik palatasiga rasman rezolyutsiya taqdim qilinadi. Ma'lumot o'rnida bir muhim tashabbusni faxr bilan eslatib o'tishim kerak. Xabaringiz bo'lsa yaqinda yurtimizda yosh ko'ngillilar jamiyati muhokamadan o'tib rahbariyat tomonidan rasman tasdiqlanib xalqqa e'lon qilindi . Mana shu ish yaqinda bb o'tgan 10lar ittifoqi yosh partiya a'zolari tomonidan ishlab chiqildi. Xuddi shunday qonun loyihasi ishlab chiqish va uni hayotga tatbiq etish mana shu konferensiya ishtirokchilari tomonidan amalga oshiriladi.

Qayerda: Navoiy shahri, Navoiy viloyati, O’zbekiston
Kimlar uchun: Talabalar va 17 yoshdan 28 yoshgacha bo’lgan barcha davlat fuqarolari uchun
Ariza topshirish muddati: 2019 yilning 25-avgustgacha.

Asosiy ma’lumot:
“Xalqaro yoshlar konferensiya”si 6 xalqaro tashkilot va O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasi simulyatsiyasi hisoblanadi. Dunyoning deyarli barcha mamlakatlarida o’tkazilib kelayotgan xalqaro miqyosdagi konferensiya sifatida tan olingan.

Konferensiya o’tkaziladigan vaqt:2019-yilning 20-21-22 sentyabr kunlari
Asosiy hamkor tashkilot:BMT ning O’zbekistondagi vakolatxonasi.
Anjuman doirasida quyidagi tashkilotlar modellashtiriladi:
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasi (o’zbek tili);
Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) (Ingliz tili);
Yevropa Ittifoqi (Ingliz tili);
Shanxay Hamkorlik Tashkiloti (SHHT) (Rus tili);
Jahon Banki (Ingliz tili);
BMT Inson huquqlari qo'mitasi (Ingliz tili).

Jami ishtirokchilar soni:400 nafar (ulardan 100 nafari xorijiy mamlakat fuqarolari)
Nomzodga qo’yilgan talablar:
Konferensiyada 17-28 yosh orasidagi yoshlar qatnashishi mumkin.
Ishtirokchilar o’zbek tili bilan bir qatorda xorijiy tillardan (ingliz yoki rus) birida erkin muloqat qila olishi kerak.
Ishtirokchilar siyosat, huquq, iqtisodiyot va gumanitar sohalardan xabardor bo’lishi lozim.
Ishtirokchilar Konferensiya kunlari (20-21-22 Sentyabr, 2019) Navoiy shahrida bo’lishi talab etiladi.

Qanday qilib “Xalqaro Yoshlar Konferensiya” sining ishtirokchisiga aylanish mumkin?
  • Online ariza shaklini to’ldiring: Ingliz tilida, O'zbek tilida, Rus tilida.
  • Arizangiz bo’yicha yakuniy natijalarni bir hafta ichida qabul qiling.
  • Elektron pochtangizga kelgan ko’rsatmalarga amal qiling va ishtirok etish uchun zarur bo’lgan to’lov badalini amalga oshiring.
  • To’lovni amalga oshirish uchun, e-mailingizga yuborilgan karta raqamiga tòlov summasini òtkazing.
  • To’lov amalga oshirganidan so’ng siz rasman qabul qilgan hisoblanasiz va ishchi guruh tomonidan tashkil etilgan telegram guruhiga qo’shilasiz.

Anjumanda ishtirok etish uchun zarur bo’lgan to’lov miqdori qancha?
Mahalliy ishtirokchilar uchun ishtirok etish narxi:
150.000 so’m
Xalqaro ishtirokchilar uchun ishtirok etish badali 50.00 AQSH dollarini tashkil etadi.

Ishtirokchilar qanday imkoniyatlarga ega bo’lishadi?

Ishtirokchilar konferensiya davomida ushbu anjumanda to’laqonli ishtirok etish imkoniga ega bo’ladi.
Ishtirokchilar konferensiya kunlari tushlik va coffee-break bilan ta’minlanadilar
Konferensiyaning har bir ishtirokchisi uchun taqdim etiladigan materiallar: beydjik, daftar, ruchka, papka va maxsus sumka bilan ta’minlanadilar.
Ishtirokchilar xalqaro maqomga ega bo’lgan sertifikat bilan taminlanadi.
Konferensiyaning birinchi kuni tugagach Ishtirokchilar “Yoshlar kòli” (Navoiy shahri) bo’ylab kechki sayr qilish imkoniga ega bo’lishadi.
Ishtirokchilar O’zbekistoning dunyoga mashhur tarixiy manzilgohlaridan minglab avliyolar yurti hisoblangan afsonaviy Nurota shahri bo’ylab tekin sayohat qilish imkoniga ega bo’lishadi va turistik yòlboshchi biriktiriladi.
Sayohat davomida yoʻl xarajatlari konferensiya tashkilotchilari tomonidan qoplanadi. Xavfsizlikni ta’minlash maqsadida harakat Yòl Patrul Xizmati xodimlari tomonidan biriktirilgan ishchi guruh bilan birgalikda olib boriladi.
Konsert dasturi
“EUROASIA” ijtimoiy bazm

Qo’shimcha ma’lumotga ega bo’lish uchun:

Telefon: +998 94 377 71 77
Telegram: @golden_future
E-mail: worldyouthconference@inbox.ru

Rasmiy sayt: wycnavoi.uz
Ushbu guruhda o'zingizni qiziqtirgan savollarga javob olishingiz mumkin.
Eslatma:“Xalqaro Yoshlar Konferensiya”sining ishchi guruhi viloyatlardan tashrif buyuradigan va xorijiy mamlakatlarda keladigan yoshlar uchun yotoqxona bilan ta’minlamaydi. Biroq, biz sizga qulay narxdagi yotoqxonalar ro’yxatini taqdim etamiz.

TelegramFacebookInstagram.
World Youth Conference 2019 in Navoi

Понравилась статья? Жми лайк или расскажи своим друзьям!

Комментарии