PYTHON DASTURLASH
hit
upd
new

PYTHON DASTURLASH

21 голос
     Salom xurmatli hamshaharlar. Hozirgi 21-asrda IT sohalari juda ham keng ko'lamda yoyilib bormoqda. Ayniqsa men kelajakda IT mutahassisi bo'laman, deydigan  yoshlar oramizda ko'payib borayotganligi bu quvonarli holat. Bizni O'zbekistonda ham yaqin 5-10 yillik ichida bunday mutahassislarga talab ham anchagina oshib qolgan. Ayniqsa dasturchilarga. 

     Siz va biz tanigan milliyarderlar, ularning ko'pchiligi dasturchilardir. Misol uchun siz foydalanib turgan Facebook va Instagramni yaratgan dasturchi, bu Mark Zuckerberg, Microsoft Windows operatsion sistemasini yaratgan olim, bu Bill Gates, SpaceX va Tesla kabi katta-katta kompaniyalar egasi Elon Mask ham o'z ustida ishlab , shu darajagacha yetib kelgan.

     Ushbu buyuk shaxslar kabi dasturchi bo'lish, o'zining maxsus telegram-boti, sayti, mobil ilovasi va turli xildagi katta-katta loyihalari bo'lishini xohlagan qoni-qaynoq, ilmga chanqoq, o'z ustida tinimsiz ishlashni xohlaydigan yoshlarimiz uchun o'quv markazimiz tomonidan Pythonda dasturlash kurslari ochilgan va hozirda oquvchilarimiz turli xil loyihalar ustida ishlab, o'rganib kelmoqdalar.

    Python bu turli sohalar uchun yuqori darajadagi umumiy maqsadli dasturlash tili hisoblanadi. Uning dizayn falsafasi muhim chekinishdan foydalangan holda kodning oʻqilishiga urgʻu beradi. Uning til konstruksiyalari va obyektga yoʻnaltirilgan yondashuvi dasturchilarga kichik va yirik loyihalar uchun aniq, mantiqiy kod yozishda yordam berishga qaratilgan. Shuningdek Python sunʼiy intellekt hamda maʼlumotlar muhandisiligi sohalarining tili hisoblanadi.
   
      Python dasturlash o'quv kursida siz "Python Asoslari", "Obyektga Yo'naltirilgan Dasturlash",  "Kompyuterlar uchun Murakkab Dasturlar Yaratish", "Ma'lumotlar Bazasi bilan ishlash", "Aqlli Telegram-Botlar yaratish", "Web-Parsing" va "Avtomatizatsiya", "API yaratish", "Full Stack Web-Saytlar, Internet-Magazin va CRM sistemalar" yaratish va internetda halol daromad qilishni o'rganib olishingiz mumkin.
   
  • Darslar haftada 3 kun 2 soatdan.
  • Qo'shimcha darslarni istagan vaqtda kelib bajarishingiz uchun barcha sharoitlar yaratilgan.
  • Barcha darslar video formatda yozib boriladi.
  • O'quv kursi yakunida loyihani muvaffaqiatli topshirgan o'quvchilarga rasmiy sertifikat beriladi.


Информационное сообщение желтое

текст сообщения

Информационное сообщение синее

текст сообщения

Информационное сообщение зеленое

текст сообщения
Izohlar (0)