Axborot texnologiyalari -bu kelajak kalitidir.
hit
upd
new

Axborot texnologiyalari -bu kelajak kalitidir.

0 голосов
     Men — Oblakulova Sohiba, 1991-yilda Navoiy viloyati Navoiy shahrida tavallud topganman. Hozirda oilaliman, ikki nafar farzandning onasiman. Shu bilan birga, QDT Universiteti Kimyo texnologiyalari yo‘nalishi 3-bosqich talabasiman.

     Ayni damdagi faoliyatim go‘zallik saloni bilan bog‘liq bo‘lishiga qaramay, zamon talabiga monand ravishda hozirgi kunda “Sensorika - IT” o‘quv markazida tahsil olmoqdaman. Chunki kelajak — bilimlilar davri. Bu orzularim va maqsadlarim yo‘lida mukammal ishlashga chorlaydi.

     Orzular — insonni yuksak cho‘qqilarga eltuvchi, hayotga ishonch bag‘ishlovchi buyuk kuchdir. Men ham yoshligimdan orzuimga ishonib, unga intilib kelaman. Doim yangi narsalarni o‘rganishga, texnika va zamonaviy dasturlarga qiziqishim baland bo‘lgan. Hozirda bu qiziqishlar meni bilim olish uchun “Sensorika - IT” o‘quv markaziga olib keldi. Bu yerda malakali o‘qituvchilar dars berib kelmoqdalar, men ham o‘z bilim va malakalarimni mustahkamlab olmoqdaman.

     Mening maqsadim — kelajakda ushbu sohada haqiqiy mutaxassis bo‘lib, mamlakatimiz rivojiga o‘z hissamni qo‘shishdir. Axborot texnologiyalari — bu kelajak kalitidir. Shu sababli men bu yo‘nalishda uzluksiz o‘qib, yangi loyihalar yaratib, insonlarning hayotini yengillashtiradigan dasturlar ishlab chiqishni orzu qilaman. Shu qatorda, farzandlarim ham zamon bilan teng hamohanglikda o‘qib rivojlanishi uchun harakat qilaman.

     Albatta, bu yo‘l oson emas. Ammo aniq ishonaman: mehnat qilib, sabr va shijoat bilan o‘qigan insongina maqsadiga erishadi. Hozirda men bir necha dasturlash tillarini o‘rganib, mantiqiy fikrlash qobiliyatimni rivojlantirmoqdaman. Men uchun orzu — bu shunchaki fikr emas, bu hayotiy yo‘nalishdir. Har bir kunimni o‘z orzuimni amalga oshirishga bag‘ishlayman.

    “Sensorika - IT” o‘quv markazi menga faqat bilim emas, balki ishonch, yangi do‘stlar va qimmatli tajriba ham berdi. Men kelajagimni, shuningdek, farzandlarim kelajagini ushbu ta’lim markazi bilan chambarchas bog‘liq deb bilaman. O‘z orzuim sari intilishdan hech qachon to‘xtamayman. Chunki orzuim mening yuragimda, yuragim aytgan yo‘l esa — eng to‘g‘ri yo‘ldir.


 

Информационное сообщение желтое

текст сообщения

Информационное сообщение синее

текст сообщения

Информационное сообщение зеленое

текст сообщения
Izohlar (0)
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив