Tug'ilgan yili
Diplom raqami
Diplom berilgan sana
O'quv kursi
Ma'lumotlar bazasi
Microsoft Word haqida nima bilamiz?
Agar siz Wordda ishlashni bilmas ekansiz unda komyuterni o’zlashtirishingiz ancha qiyin bo’ladi. Hozirgi vaqtda ushbu universal muharrir Wordsiz ish muhitini tasavvur qilib bo'lmaydi.
Har bir foydalanuvchi boy funksiyalar to'plamiga egaligi tufayli Wordda har qanday murakkablikdagi professional tarzda ishlab chiqilgan hujjatlarni yaratish imkoniga ega bo’ladi.
Word - bu turli hujjatlarni yaratish va tahrirlash uchun mo'ljallangan matn muharriri. Uning birinchi versiyasi 1983 yilda chiqqan. O’tgan 40 yil davomida uning funksiyalari ancha takomillashdi. Undan foydalanish qulay va kuchli funksionallikni o'zida birlashtirgan dasturdir. Bu matn bilan ishlashning eng mashhur vositalaridan biri bo'lib, kasbiy faoliyatning turli sohalarida keng qo'llaniladi.
Uning o’ziga xos xususiyatlariga quyidagilar kiradi:
Word-Online va ish stoli dasturida hujjatlar yaratish
Matnni tahrirlash va yaratish uchun vositalar to'plami
Hujjatni Word, PDF, RTF va boshqa formatlarda saqlash
Hujjatga videolar, tasvirlar, 3D modellarni kiritish
Hujjatlarni birgalikda yaratish va tahrirlash
Grammatik va stilistik xatolarni tekshirish
Word hujjatidan veb-sayt yaratish
Matnni tarjima qilish funksiyasi
Word matnni tuzish va formatlashni osonlashtiradi, vizual va informatsion hujjat yaratish uchun tasvirlar, jadvallar, grafiklar va boshqa elementlarni qo'shadi.
U shuningdek, imlo va grammatikani tekshirish uchun keng ko'lamli vositalarni bizga taqdim etadi, bu esa xatosiz matnlarni yaratishga va ularning sifatini yaxshilashga yordam beradi.
Bugungi kunda Word butun dunyo bo’yicha ko'plab foydalanuvchilar uchun kompyuter ishining ajralmas qismidir. Bu dastur zamonaviy talablar va foydalanuvchilarning ehtiyojlarini qondirish uchun mutaxassislar tomonidan doimiy ravishda qayta ishlab chiqiladi va yangilab boriladi
Bir so’z bilan aytganda Microsoft Word Microsoft Office to'plamining ajralmas qismi bo’lib, u har bir foydalanuvchi uchun hujjatlarni yaratish, tahrirlash va formatlashi mumkin bo’lgan qulay va ko'p funksiyali vosita hisoblanadi. Word o’zining ommabopligi tufayli ko'pchilik ofis va xonadonlaridagi kompyuterlarida matnli fayllar bilan ishlash uchun standart vositaga aylanib bo’ldi.
Microsoft Word dasturining asosiy xususiyatlari va funksiyalariga yuqorida ta’kidlaganimizdek: matnni formatlash, rasmlar bilan ishlash, jadvallar yaratish, grafik va diagrammalar bilan ishlash, shablonlardan foydalanish, birgalikda ishlash kiradi.
Microsoft Wordda matnni formatlash jarayoniga shriftlar, abzasli format, uslublar va mavzular, sahifaning tuzilishi va dizaynidan foydalanamiz. Har bir matnni yaratayotganimizda uning oddiy va murakkabligiga va jiddiyligiga ahamiyat bergan holda yaratamiz.
Microsoft Wordda jadvallarni yaratish va tahrirlash vaqtida formatlash parametrlariga, jadvallar yaratish va ularni tahrirlash, jadval uslublari, jadvallarda matematik operatsiyalarni bajarish, ma’lumotlarni import va eksport qilishga ahamiyat qaratiladi.
Microsoft Word-ga rasmlarni qo'shish va formatlashda esa eng qiziq jarayon bo’lib, bunda Word dasturida tasvirlar bilan ishlash fayldan rasm qo‘shish, tasvir hajmi va o‘rnini moslashtirish, uslublar va effektlarni qo‘llash, tasvirni kesish va yo‘nalishini o‘zgartirish kabi vazifalarni o‘z ichiga olishi mumkin.
Shuningdek siz bunda yana bir opertsiyani ya’ni rasmlarni kesishingiz va yo'nalishini o'zgartirishingiz mumkin. Kesish sizga rasmning keraksiz qismlarini olib tashlash yoki uning nisbatlarini o'zgartirish imkonini beradi.
Word sizga matnli hujjatlarni PDF formatiga va aksincha unga aylantirish imkonini beradi
Dastur bilan ishlashda Sizga asosiy maslahatimiz shuki - tajriba qilishdan qo'rqmaslik va uning barcha imkoniyatlarini o'rganishingiz lozim. Vaqtni tejash uchun takroriy hujjatlar uchun shablonlarni yaratishga harakat qiling.
Siz hammasini uddalaysiz!! Bu borada “Sensorika” o‘quv markazi Sizning eng ishonchli hamkoringizdir!!!!!
Izohlar (0)
Izohlash
Frilanserlar
Yangiliklar
Kurolova Kumush o'quvchimizning "IT" olamiga
Mening ismim Sarvinoz!
Zarifova Ro’zagul qizimiz yuturlari!
Baxodirova Sevinch qizimiz yutuqlari!
14-yanvar – Vatan Himoyachilari kuni munosabati
Sensorika” rahbariyati va jamoasining YANGI YIL
Bir million oʻzbek dasturchilari-2024 g'olibi
Mirjonova Farangiz "IT" sohasida o'z yo'lini
Hamkorbank ATB Navoiy filiali "chakana biznes"
Onkologiya va Radiologiya Ilmiy-Amaliy Tibbiyot