Men — Karimov Shoxjaxon Yunusovich. Bolaligimdan texnologiyalar, android telefonlari va kompyuterlarga qiziqishim juda katta edi.
2022-yilda dadam bilan “SENSORIKA” IT o‘quv markaziga tashrif buyurdik va men ilk qadamimni qo‘ydim. Dastlab men boshlang‘ich kompyuter savodxonligi kursida o‘qidim. Bu menga IT olamining eshiklarini ochdi va qiziqishimni yanada kuchaytirdi. Qiziqishim sababli markazda o‘qishni davom ettirib — Frontend dasturlashni muvaffaqiyatli tugatib, hozirda Python dasturlashda o‘qiyapman.
Bu kurslar davomida men nafaqat texnik bilimlarga ega bo‘ldim, balki amaliy loyihalar ustida ishlash, dasturlash muhitida mustaqil fikrlash, muammolarga yechim topish ko‘nikmalarini ham shakllantirdim. Har bir bosqichni muvaffaqiyatli tamomlaganim uchun “SENSORIKA” IT o‘quv markazining sertifikatlariga ega bo‘ldim. Ayniqsa, Frontend yo‘nalishida Meta kompaniyasidan xalqaro sertifikat olishim men uchun katta g‘alaba va motivatsiya bo‘ldi.
Bugungi kunda men nafaqat markazdagi darslarda, balki uy sharoitida ham IT sohasini mustaqil o‘rganishda davom etyapman. Otamning yordami bilan uyimizga kompyuter olib berildi va men bo‘sh vaqtlarimni o‘z bilimimni kengaytirishga sarflayman. Shu bilan birga, kelajakdagi faoliyatim uchun mustahkam poydevor yaratish maqsadida hozirda ingliz tili va matematika fanlarini chuqur o‘rganish kurslariga qatnashmoqdaman. Chunki men bilamanki, IT sohasida muvaffaqiyatli mutaxassis bo‘lish uchun faqat dasturlashni bilish emas, balki ingliz tilida erkin so‘zlasha olish va mantiqiy fikrlash juda muhimdir hamda o‘z bilim va tajribam bilan nafaqat O‘zbekiston, balki jahon miqyosidagi loyihalarda ishtirok etishdir. Men orzu qilamanki, bir kun kelib xalqaro miqyosdagi dasturlash jamoalarida o‘z o‘rnimni egallab, yurtimizni texnologiyalar sohasida yangi marralarga olib chiqishga hissa qo‘shaman.
Yangi o‘quvchilarga aytadigan maslahatlarim shuki: hech qachon qiyinchiliklardan qo‘rqmang, vaqtni bekorga sarflamang va bilim olishni o‘z hayotingizning ajralmas qismi qiling. Dasturlash va texnologiyalar dunyosi keng, imkoniyatlari esa cheksiz. Faqat izlanish, mehnat va qat’iyat bilan orzularingizga erishish mumkin.
Izohlar (0)
Izohlash
Yangiliklarimiz

Karimov Muhammadning IT olamiga ilk qadamlari
Men — Karimov Muhammad, 2012-yil 27-may kuni Navoiy shahrida tug‘ilganman. Bolaligimdan
hit
upd
new

Men Malikov Xondamir xalqaro sertifikatga ega bo‘ldim.
Men Malikov Xondamir, "Sensorika IT" o‘quv markazida Savodxonlik va Frontend kurslarini tamomlab,
hit
upd
new

Mening ismim Asilbek
Mening ismim Asilbek. Men 14 yoshdaman va 8 oydan buyon “Sensorika IT” o‘quv markazida tahsil olib
hit
upd
new

Salom, mening ismim Dilnoza
Salom, mening ismim Dilnoza. Men 15 yoshdaman va Navoiy shahridagi 1-maktabda o‘qiyman. IT sohasiga
hit
upd
new

Mening ismim Soliha
Mening ismim Soliha, 14 yoshdaman, va 1 yildan buyon “Sensorika IT” o‘quv markazida tahsil olib
hit
upd
new
Frilanserlar
Yangiliklar

"Orzularini kodga aylantirayotgan " — yosh

Kompyuter sohasida yetuk - mutaxassis bo‘lish.

"Kelajakdagi maqsadim - yetuk IT mutaxassisi"

IT — kelajak asosi | Maktabgacha ta’limdan

30-MTMda sun’iy intellekt bo‘yicha yangi bosqich!

“Yosh dasturchining izlanishlari va kelajak

Tarjima.ai - Hujjatlarni tarjima qilish

Men Razzoqov Javohirman

Men Adizjonova Sabina

MA'NAVIY-MA'RIFIY TAYYORGARLIK MASHG‘ULOTI

