Front-end guruhi darslari boshlandi!
hit
upd
new

Front-end guruhi darslari boshlandi!

26 голосов

Zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega, mamlakatning munosib kelajagi uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga ola biladigan barkamol, maqsadga intiluvchan va serg‘ayrat yoshlarni tarbiyalash mamlakatni barqaror va ildam rivojlantirishning eng muhim shartidir.

Bundan bir qancha vaqt oldin Davlatimiz rahbari  Sh.M.Mirziyoyev tashabbuslari bilan yoshlarning intellektual va ijodiy salohiyatini o’stirish, ularni bandligini ta’minlash, ya’ni shaxsiy kompyuterlari orqali internetda halol pul topishni o’rgatish maqsadida Navoiy viloyati, Karmana tumani yoshlarini bepul dasturlash kurslarida o’qitish dasturi yo’lga qo’yilgan edi.

Ushbu dastur doirasida Navoiy shahar “Sensorika” o’quv markazimiz faol ishtirok etmoqda. Markazda hozirgi kunda web-dasturlash va kompyuter savodxonligi kurslari bo’yicha 470 nafar Karmana yoshlari bepul ta’lim olmoqda.


Shu bilan birga, kuni kecha “Sensorika” o’quv markazida yangi “Frontend Junior” kurslariga start berildi. Ushbu kursning maqsadi ishsiz yoshlarga kelajakda yuqori daromadga erishiladigan kasblarni o’rgatish va ularning ilmiy salohiyatini oshirishdir.


Kursning birinchi darsida o’quvchilarga internetning qanday ishlashi, nima sababdan frontend sohasi tanlash kerak ekanligi, ideal-dastur qanday talablarga javob berishi kerakligi va HTML haqida boshlang’ich bilimlar berildi.

Dars jarayoni juda qizg’in tarzda o’tdi. O’quvchilar ham juda faol ishtirok etishdi.

Sizlarni ham Sensorika o’quv markaziga o'quv kurslariga taklif qilamiz! Bugungi kunda dunyo miqyosida, zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari jadallik bilan rivojlanishi natijasida, bu sohaga malakali mutaxassislarni tayyorlash maqsadida bizning o'quv markazimiz, Navoiy shahri yoshlarini ta'lim olishga chorlaydi!


 

Sensorika Education o'quv markazida - Kompyuter savodxonligi, Web dasturlash, Social Media Marketing (SMM) va Grafik dizayn o'quv kurslari mavjud bo'lib, ta'lim jarayoni sensorli doska, zamonaviy komyuter va tezkor inernet tarmog'idan foydalangan holda sifatli amalga oshiriladi. Sensorika jamoasi proffesional o'qituvchi va dasturchilardan iborat bo'lib, har bir dars amaliy bilim berish, kompyuterdan foydalanish, inernetda ma'lumot izlash, web dasturlash va grafik dasturlarni puxta o'zlashtirish tamoyillariga asoslangan.


3 oylik ta'lim jarayoni elektron portal orqali nazorat qilinishi, bilimni xolisona baholashda onlayn testlardan foydalanish va o'qishni muvaffaqiyatli bitirgan o'quvchilarimizga rasmiy sertifikat va diplom berish tartibi to'liq avtomatlashtirilgan.
 Bu loyihani amalga oshirishdan asosiy maqsad, Navoiy shahri yoshlarini internet orqali pul ishlash ko'nikmalarini shakllantirish, frilanserlik saytlari orqali buyurtmalar olish va elektron pul orqali daromad olishga o'rgatishdir. Halol mehnat natijasida daromad olish va O'zbekistonimiz rivojlanishi uchun o'z hissamizni qushishda jonbozlik ko'rsatish orqali yoshlarimiz hurmati va ishonchini qozonamiz.

 

Информационное сообщение желтое

текст сообщения

Информационное сообщение синее

текст сообщения

Информационное сообщение зеленое

текст сообщения
Izohlar (0)