Mening ismim Sodikova Sabina. Men 12 yoshdaman va 2023 yil sentyabr oyidan boshlab Sensorika "IT" - o'quv markazida kurslariga o`qib kelyapman. Ushbu markazdagi o'qishlarim men uchun yangi imkoniyatlar ochdi. Dastlabki “Kompyuter Savodxonligi” kursida kompyuterning asosiy tushunchalarini o'rganib, mustahkam bilimlar bazasini shakllantirdim. Kursni muvaffaqiyatli tugatganim uchun maxsus sertifikat bilan taqdirlandim.
Ammo bu boshlanish edi. Kichik savodxonlik kursi meni dasturlashni chuqurroq o'rganishga ilhomlantirdi, va bu qarorimni oila a'zolarim qo'llab-quvvatladi. Dasturlashning ko'plab yo'nalishlari orasidan men Front-end dasturlashni tanladim, chunki bu soha menga juda qiziqarli ko'rindi. Hozirda maxsus individual kursda Front-end texnologiyalari bo'yicha chuqur bilimlarni o'rganmoqdaman.
Kursning ikkinchi oyida “Onlayn Kompyuter Do’koni” va “Portfolio” kabi amaliy veb-saytlarni yaratib, internetda ishlashni o'rgandim. Har bir yangi loyiha va qadam menga katta tajriba va bilim berdi. Kurs davomida o'z loyihalarimni yanada rivojlantirib, kelajakda innovatsion va foydali veb-saytlar yoki dasturlar yaratish niyatidaman.
Sensorika IT o'quv markazidagi ta'lim va ko'nikmalarim kelajakdagi maqsadlarimni amalga oshirishda muhim rol o'ynaydi, va men bu yo'lda o'z imkoniyatlarimni to'liq foydalanish uchun barcha kuchimni sarflashga tayyorman! Sensorika IT o`quv markaziga o`z minnatdorchiligimni bildiraman.
Izohlar (0)
Izohlash
Скачайте также
Sensorika IT o`quv markazi o'quvchisi Yarkulov Akbar g'alabasi!
Sensorika IT o`quv markazi va 'Потомки Al-Xorazmiy' Olimpiadasidagi g‘alaba: Yarkulov Akbar va
hit
upd
new
Frilanserlar
Yangiliklar
“Mening farzandim - IT mutaxassisi” mavzusida
Navoiy shahridagi "SENSORIKA" IT-o'quv markaziga
Navoiy shahri 13-sonli umumta'lim maktabiga
Wi-Fi ni kim ixtiro qilgan bilasizmi?
Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish bo'yicha
O'quvchimiz Dinorbekning yutuqlari haqida!
Navoiy viloyati So’g’liqni saqlash boshqarmasiga
Sensorika IT-o‘quv markazida bitiruv kechasi!
“SENSORIKA” O‘QUV MARKAZI RAHBARIYАTINING BAYRAM
Buni o’qing…qiziq