Men Salimov Javohir. "Sensorika IT" o‘quv markazida IT sohasida chuqur bilimlarga ega bo‘ldim. Ushbu markazda ta’lim olish hayotimda katta burilish yasadi — men oddiy kompyuter foydalanuvchisidan haqiqiy dasturchiga aylandim.
Dastlab kompyuter savodxonligi kursidan boshladim. Bu bosqichda Word, PowerPoint, Microsoft Excel kabi dasturlar bilan ishlashni, shuningdek YouTube va Kwork kabi veb-saytlarning imkoniyatlaridan samarali foydalanishni o‘rgandim.
Keyinchalik Frontend, Backend, Python va Data Science yo‘nalishlarida ta’lim olib, dasturlash bo‘yicha chuqur tushunchaga ega bo‘ldim. O‘qish davomida ustozlarim ko‘magida turli veb-saytlar yaratdim, veb-dizayn bilan shug‘ullandim, ma’lumotlar bazasi bilan ishlash va sun’iy intellekt modellarini yaratish ko‘nikmalarini egalladim.
Ayniqsa, Frontend va Python dasturlash tillarini o‘rganish jarayonida kompyuter texnologiyalariga bo‘lgan qiziqishim juda ortdi. O‘rgangan bilimlarim asosida bir nechta IT olimpiadalarida qatnashdim va faxrli o‘rinlarni egalladim.
Bu yutuqlarga erishishimda “Sensorika IT” o‘quv markazida olgan bilim va ko‘nikmalar muhim rol o‘ynadi. Ta’lim davomida orttirgan tajriba kompyuterni yanada chuqurroq anglashimga asos bo‘ldi va orzularim sari yangi eshiklarni ochdi.
Kelajakdagi maqsadim — o‘z startapimni yaratib, yirik loyihalarga asos solish va texnologiyalar yordamida jamiyatga foyda keltirishdir. Chet el oliy ta'lim muassasalarida IT sohasidagi bilim va ko'nikmalarimni oshirib, kelajakda O'zbekistonda axborot texnologiyalari rivojiga o'z hissamni qo‘shmoqchiman.


Izohlar (0)
Izohlash
Скачайте также

Salom, mening ismim Dilnoza
Salom, mening ismim Dilnoza. Men 15 yoshdaman va Navoiy shahridagi 1-maktabda o‘qiyman. IT sohasiga
hit
upd
new

Men Malikov Xondamir xalqaro sertifikatga ega bo‘ldim.
Men Malikov Xondamir, "Sensorika IT" o‘quv markazida Savodxonlik va Frontend kurslarini tamomlab,
hit
upd
new

Saloxiddinning yutuqlari!
Mening ismim Saloxiddin, yoshim endigina 12 da. Biroq, men allaqachon o'z kelajagimni aniq tasavvur
hit
upd
new

Baxodirova Sevinch qizimiz yutuqlari!
Men Sevinch Baxodirova, 18 yoshdaman va Toshkent Xalqaro Westminster universitetida tahsil olaman.
hit
upd
new

Assalomu alaykum! Mening ismim Sarvar
Assalomu alaykum! Mening ismim Sarvar, hozirda 8-sinfda o‘qiyman. Yoshligimdan boshlab
hit
upd
new
Frilanserlar
Yangiliklar

Men Rashidova Mohinur 11-sinf o’quvchisiman

Men, Shukurova Matonat, yoshim 35 da

Men Tog’aymuratov Xushnudbek

Men Elmurodov Shoxrux

Mening ismim Marjona, yoshim 14 da...

Kompyuter savodxonligi – zamonaviy hayot talabi

Mening ismim Abdulaziz, 17 yoshdaman

Men Baxodirov Axror. Yoshim 19da

Меня зовут Толибов Шухрат, мне 20 лет

Hamdullaev Azizbek Hamzaevich