Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov SENSORIKA o'quv markaziga tashrif buyurdi.
hit
upd
new

Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov SENSORIKA o'quv markaziga tashrif buyurdi.

3 голоса
Navoiy viloyat hokimi Normat Tursunov bilan birga viloyat sektor rahbarlari 22 dekabr kuni Sensorika "IT" - o`quv markazida bo`lib, o`quvchi yoshlar uchun yaratilgan sharoit va imkoniyatlar bilan yaqindan tanishishdi. Viloyat rahbari "Kelajak kasblari"ni o`rganayotgan yoshlar bilan suhbatda bo`lib, o`zining fikr va mulohazalarini bildirdi.



Navoiy viloyat hokimi Normat Tursunov 2023 yil 22 dekabr kuni Sensorika "IT" - o`quv markaziga tashrif buyurdi. Ushbu o'quv markazi Navoiy viloyat markazida joylashgan bo'lib, zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari sohasida ta'lim olishga istagan yoshlarni qabul qiladi.

Sensorika "IT" - o`quv markazida kompyuter savodxonligi, web dasturlash  va grafik dizayn o'quv kurslari mavjud bo'lib, ta'lim jarayoni sensorli doska, zamonaviy kompyuter va tezkor internet tarmog'idan foydalangan holda sifatli amalga oshiriladi. Sensorika jamoasi professional o'qituvchi va dasturchilardan iborat bo'lib, kompyuterdan foydalanish, internetda ma'lumot izlash, web dasturlash va grafik dasturlarni puxta o'zlashtirish tamoyillariga asoslangan.



Navoiy viloyat hokimi Normat Tursunov Sensorika "IT" - o`quv markazining faoliyatini yuqori baholadi va bu markazni tashkil etgan Sensorika "IT" - o`quv markazi rahbari Norbek Rustamovichga shukrona aytib, yoshlarga qiziqish va rag'batlantirishda katta xizmat ko'rsatganini ta'kidladi. U shuningdek, bu markazda ta'lim olayotgan o'quvchilarni ham rag'batlantirib, ularning savollari va fikrlarini tingladi. Ularning muvaffaqiyatlariga omad tiladi.



Sensorika "IT" - o`quv markazining maqsadi Navoiy shahri yoshlarini internet orqali pul ishlash ko'nikmalarini shakllantirish, frilanserlik saytlari orqali buyurtmalar olish va elektron pul orqali daromad olishga o'rgatishdir. Bu loyihani amalga oshirish orqali, Sensorika jamoasi halol mehnat natijasida daromad olish va O'zbekistonimiz rivojlanishi uchun o'z hissasini qo'shishda ko'maklashish orqali yoshlarimiz hurmati va ishonchini qozonmoqda.

Информационное сообщение желтое

текст сообщения

Информационное сообщение синее

текст сообщения

Информационное сообщение зеленое

текст сообщения
Izohlar (0)
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив