“SENSORIKA” O‘QUV MARKAZI RAHBARIYАTINING BAYRAM TABRIGI
Hurmatli do‘stlar! “Sensorika” o‘quv markazi bilan doimo hamnafas Navoiyliklar va tinglovchilarimiz, ularning aziz ota-onalari!
Hech kimga sir emaski, XXI axborot asri - jonajon O‘zbekistonimiz xalqi hayotida tub burilish yasamoqda. Buyuk O‘zbekistonimiz o‘zining davlat mustaqilligini qo‘lga kiritganiga va mustaqil taraqqiyot yo‘liga o‘tganiga sanoqli kunlardan keyin 33 yil to’ladi.
Shu kecha-kunduzda yurtimizning barcha hududlarida Prezidentimizning “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz uch yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan barcha tadbirlar “Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” degan bosh g‘oyani o‘zida mujassam etgan holda o‘tkazilmoqda.
Agar ortga nazar tashlaydigan bo‘lsak, o‘tgan davr ichida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar ko‘lamining tobora kengayib borishi xalqimiz ijtimoiy ahvolining yaxshilanishiga sabab bo‘layotgani hech kimga sir emas. Mustaqil O‘zbekistonning kelajagini yaratayotgan, uning iqtisodiy ravnaqi yo‘lida ter to‘kayotganlar safida bizning viloyatimiz aholisi ham o‘z o‘rni borligi, o‘z mavqeining mustaxkamligidan har birimiz faxrlanishimiz lozim.
Buni Prezidentimiz tomonidan olib borilayotgan dono va oqilona siyosat tufayli barcha sohalarda qo‘lga kiritilayotgan yutuq hamda marralar, ularning jahon hamjamiyati tomonidan yuksak baholanayotganligi, insonlar ongi, tafakkuri, shuningdek, turmush tarzidagi ijobiy o‘zgarishlar, yoshlarga bo‘lgan e'tiborlardan, xalqimiz ma'naviyati va madaniyatining tobora yuksalib borayotganligida ham ko‘rish mumkin. Har birimiz ana shu o‘zgarishlarning qadriga yetishimiz uni qo‘llab-quvvatlashimiz zarur.
Bayramni munosib kutib olish bizning jamoamiz uchun ham sharafdir.
Navoiy shahrida joylashgan Navoiyliklar va qo‘shni viloyatlar yoshlariga, aholisiga axborot texnologiyalarini ular hayotiga joriy qilish, ularni kompyuter savodxonligi yo‘nalishida o‘qitish, dasturiy loyihalar asosida IT yo‘nalishi bo‘yicha reja asosida kurslarda bilim olishlari yo‘lida kichik bo‘lsada yurtimiz mustaqilligini mustahkamlash yo‘lida katta maqsadlarni oldiga qo‘ygan “Sensorika” IT - o‘quv markazining ham hissasi salmoqlidir.
Muhtaram yurtboshimizning ijtimoiy, ma'naviy-ma'rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo‘lga qo‘yish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbuslarining uchinchisi bu - aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan. Bu borada olib borayotgan ishlarimizni sarhisob qiladigan bo‘lsak, ancha yaxshi natijalarga erishdik, o‘n minglab yoshlarimiz Kompyuter savodxonligi asoslari, algoritmik fikrlash, matnli va grafik redaktorlar bilan ishlash, internetda xavfsiz ishlash, katta hajmdagi ma'lumotlarni qayta ishlash, Python (dasturlash asoslari), FRILANSING (pul ishlash), Frontend (veb sayt yaratish), BACK-END (veb dasturlash), 3DsMAX (loyihalar yaratish), Autocad (aniq o`lchamlar bilan ishlash)ni o‘rganib, shu yo‘nalishdagi kurslarni tamomladilar. Ko’pgina bitiruvchilarimizning shu yo’nalishda o’z bizneslari bor.
Markazimizda tinglovchilarimizni samarali o‘qitish uslublari, zamonaviy o‘quv sharoitlari va malakali tajribali o‘qituvchilar kompyuterda ishlash ko‘nikmalarining sir-asrorlarini qisqa muddatlarda egallashlariga barcha imkoniyatlar yetarli. O‘quv markazimizga kelgan yetti yoshdan yetmish yoshgacha bo‘lganlarning hech biri bu dargohdan norizo bo‘lib ketishmagan. Shunday ekan, markazimizda eng yangi texnologiyalarda va eng oxirgi axborot, o‘zgarishlar asosida bilim berish markaz rahbariyatining eng asosiy vazifasidir.
Fursatdan foydalanib, barcha-barchani O‘zbekistonimiz Mustaqilligining 33 yilligi bilan chin yurakdan samimiy qutlaymiz. Yurtimiz kelajagi ijodkor, yangicha fikrlaydigan yoshlar qo‘lida ekan, biz ularni doimo qo‘llab-quvvatlaymiz. Ehtiyojmand, kam ta'minlangan oilalar farzandlarini imtiyozli asosda kelajak kasblariga o‘qitish borasidagi xayrli loyihalarimizni davom ettiramiz.
Fursatdan foydalanib, har biringizga mustahkam sog‘lik, uzoq umr va xotirjam hayot tilaymiz. Vatanimiz ravnaqi, yurtimiz tinchligi va farovonligi yo‘lida amalga oshirayotgan ezgu ishlaringizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz. Har doim hayotingiz quvonch va muvaffaqiyatlarga to‘la bo‘lsin!
Xonadoningizga tinchlik-hotirjamlik, osoyishtalik, baxt-u saodat tilab qolamiz.
MUSTAQILLIGIMIZ ABADIY BO‘LSIN!
Hurmat bilan, “Sensorika” o‘quv markazi rahbariyati.