"Axborotga ega bo'lgan kishi dunyoga
egalik qila oladi" (V. Cherchill)
egalik qila oladi" (V. Cherchill)
Informatsion texnologiyalarni inson hayotida tutgan o‘rni
Bir uylab ko‘ring-chi? Hayotimizga kirib kelgan informatsion texnologiyalardan voz kecha olamizmi? Ularsiz yashay olamizmi? Aniq bilamanki, siz bu savolga albatta yo‘q! deb javob berasiz. Bugun siz dunyoning xohlagan burchagidan turib murojaat, xat, xabar hattoki moliyaviy mablag‘larni kerakli insonlaringizga yubora olasiz. Agar o‘qishga onlayn tarzda kirgan bo‘lsangiz masofadan turib ham ishlab, ham o‘qiy olasiz. Yoki vaqtingizni tejash uchun taksi chaqirishingiz, taom yoki ro‘zg‘or uchun kerak bo‘lgan deyarli hamma narsani buyurtma orqali amalga oshiringiz mumkin.
Ushbu maqola orqali sizlarga informatsion texnologiyalarni afzalligi haqida bir nechta savollarga javob beramiz. Xo‘sh, Axborotlashtirishning o’zi bizga nima uchun kerak? Nega ota-onalarimiz bolalari uchun bu sohani o’rganishlariga imkon yaratib bermayaptilar?
Axborotlashtirishning maqsadi mehnat unumdorligini oshirish va mehnat sharoitlarini yengillashtirish orqali odamlarning hayot sifatini yaxshilashdan iboratdir. Axborot texnologiyalari inson faoliyatining turli sohalarini rivojlantirish uchun muhim bir rag'bat desak yolg’on bo’lmaydi.
Nima uchun bizga axborot texnologiyalari kerak?
Negaki? axborot texnologiyalari axborotni boshqarish uchun zarur bo'lgan barcha resurslarni, xususan, axborotni yaratish, saqlash, boshqarish, uzatish va olish uchun zarur bo'lgan kompyuterlar, dasturiy ta'minot va tarmoqlarni qamrab oladi. Bu bizga faoliyatimizni yuritishda katta yordam beradi.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari maktab yoshidagi bolalarni (hattoki bog’cha yoshidan) nafaqat katta hajmdagi tayyor, qat'iy tanlangan, to'g'ri tashkil etilgan bilimlar bilan to'ldirishga, balki intellektual, ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirishga va erta bolalik davrida juda muhim bo'lgan narsa mustaqil ravishda yangi bilimlarni egallashlariga imkon beradi.
Axborot texnologiyalarini erta yoshda o‘rganishning foydasi juda katta. Bola bu borada bir necha sohalarda rivojlanadi: mantiqiy fikrlashni o’ganadi, unda ijodkorlik yanada rivojlanadi, aniq fanlarda zerikkanida dasturlashni o'rganishi uni bu sohani yanada mukammal o’ganishga qiziqtiradi, aloqa - bu boshqalar bilan qanday muloqot qilishni bilish juda muhim mahoratdir. Ana shuning uchun ham IT kurslarida ularni o’qitish zarur. Chunki ular bu kurslarda topshiriqlarni bajarishda bolalar jamoalarda ishlashlari va topshiriqni muvaffaqiyatli bajarishda bir-biriga yordam berishlari o`rganiladi.
Axborot texnologiyalari zamon bilan hamnafas bo’lgan har birimizning hayotiga qanday ta'sir qiladi?
Axborot texnologiyalari deyarli barcha jabhalarda ijtimoiy muassasalar – ichki ishlar organlari, tibbiyot muassasalari, ta’lim muassasalari faoliyatini sifat jihatidan o‘zgartira oldi. Jinoyatchilarni ayblash uchun odamning joylashgan joyini aniqlash, turli tekshiruvlar o'tkazish mumkin bo'lgan turli dasturlar ishlab chiqilgan. Va ulardan amalda foydalanilmoqda ham.
Axborot texnologiyalari shifrlash, biometrik identifikatsiya va boshqa xavfsizlik usullari orqali ma'lumotlarni himoya qilish va foydalanuvchi maxfiyligini ta'minlashga yordam berayotgani htch kimga sir emas bo’lib qoldi. Ma'lumotlar xavfsizligi: Elektron shaklda saqlanadigan va uzatiladigan ma'lumotlarning ko'payishi bilan ma'lumotlar xavfsizligi tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Jamiyat taraqqiyotida axborot texnologiyalarining o‘rni qanday?
- Jamiyat taraqqiyotida axborot va kompyuter texnologiyalarining o‘rni jamiyatni axborotlashtirishdan iboratdir. U inson faoliyatining har bir turida ishonchli, har tomonlama va o‘z vaqtida olingan bilimlardan to‘liq foydalanishga qaratilgan chora-tadbirlar majmuasiga asoslanadi.
Kelajakda axborot texnologiyalari qanday bo'ladi?degan savol hammani qiziqtishi tabiiy.
Gap bir vaqtning o'zida ko'plab sohalar va tendentsiyalarning rivojlanishini tubdan o'zgartira oladigan texnologiyalar haqida bormoqda: sun'iy intellekt, kvant texnologiyalari, katta ma'lumotlar, robototexnika, simsiz aloqa texnologiyalari, taqsimlangan ro'yxatga olish tizimlari. Bular tez orada hayotimizning ajralmas qismiga aylanishi tabiiydir.
Kelgusida axborot texnologiyalarida bizni nima kutmoqda?
1.Sun'iy intellekt kundalik hayotimizning ajralmas qismiga aylanib bormoqda va boradi. Kelajakda sun'iy intellekt sog'liqni saqlash, ta'lim, biznes va ilm-fanda kengroq qo'llaniladi. Ma'lumotlarni aniqroq tahlil qilish va aqlli qarorlar qabul qilish uchun mashinani o'rganish va neyron tarmoqlaridan foydalaniladi.
2. Narsalar interneti (IoT):
Ulangan qurilmalar soni ortib borishi bilan IoT aqlli shaharlar, uylar va korxonalarni shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi. Bir-biri bilan o'zaro ta'sir qiluvchi sensorlar va qurilmalar resurslarni yanada samarali boshqarishni ta'minlaydi va hayotning qulayligini oshiradi.
3. . Kvant hisoblash
Kvant hisoblash ma'lumotlarni qayta ishlashda inqilob qilishni va'da qiladi. Ular bugungi kunda klassik kompyuterlar uchun imkonsiz deb hisoblangan muammolarni hal qilishga imkon beradi. Kvant hisoblash kriptografiya, materialshunoslik va farmatsevtika sohasida yutuqlarga olib kelishi mumkin.
Bu erda biz yana bir nechta kelajakdagi buyuk o’zgarishlar haqida to’xtalishimiz mumkin.
Bular: Kengaytirilgan reallik (AR) va virtual haqiqat (VR), Blokcheyn va kriptovalyutalar, Robototexnika (hattoki robotlar siz bilan birga yashashini tassavur qila olasizmi? Bu haqida alohida ma’lumot taqdim etamiz, sahifalarimizni kuzatib boring) va avtomatlashtirish, 5G texnologiyasi, Kiberxavfsizlik va ma'lumotlarni himoya qilish va hokazolar. Bular haqida bilishni istasangiz bizni kuzatib boring....
Kelajakdagi IT-texnologiyalar o'zining hozirgi doirasidan oshib, hayotning ko'plab sohalarida innovatsiyalar va takomillashtirishning yangi davrini yaratadi. Aqlli texnologiyalar vazifalarni soddalashtirish, resurslarni optimallashtirish va barqaror, zamonaviy jamiyatni yaratishga qaratilgan bo‘ladi. Ushbu texnologiyalarni tushunish va joriy etish kelajakda biznes va hukumat idoralari uchun ham muvaffaqiyatining kaliti bo‘ladi. Bugungi kunda ham zamonaviy axborot texnologiylari hayotimizga jadallk bilan kirib kelayapti ekan ona-onalarimiz o’zlaridan ham o’zib ketayotgan farzandlarini axborot texnologiylarini o’zlashtirishlariga yaqindan turib yordam berishlari sarur.
Ayni vaqtda dunyoning 60 foizdan ko’p aholisi internetdan foydalanmoqda....Shunday ekan bu sohani har kun 5-10 minut o`zlashtirib borishimiz hech birimizga ham ziyon qilmaydi.
Axborot jamiyat taraqqiyotining harakatlantiruvchi kuchi hisoblanadi.Kompyuterga ega bo'lmaslik savodsiz bo'lishni anglatadi.Agar siz Internetda bo'lmasangiz, unda siz mavjud emassiz, deb ta’kidlagan Microsoft kompaniyasi sobiq asoschilaridan biri Bill Geyts.
Izohlar (0)
Izohlash
Скачайте также
Ta’lim va axborot texnologiyalari sohasi istiqboli mavzusida davra suhbati o'tkazildi.
Ta’kidlash kerakki, pandemiya barcha sohalar singari, ta’lim tizimiga ham o‘z ta’sirini o‘tkazdi.
hit
upd
new
Frilanserlar
Yangiliklar
O'quvchimiz Dinorbekning yutuqlari haqida!
Navoiy viloyati So’g’liqni saqlash boshqarmasiga
Sensorika IT-o‘quv markazida bitiruv kechasi!
“SENSORIKA” O‘QUV MARKAZI RAHBARIYАTINING BAYRAM
Buni o’qing…qiziq
Xususiy IT ta'lim markaziga IT Talents dasturi
"Bir million dasturchi" loyihasi, yoshlar uchun
Ravshanova Malika o`quvchimizning biz haqimizdagi
Kompyuter savodxonligi- nima? U bolalarimizga
Texnologiyalar, fan, kelajak informatsion