4 - son jazoni ijro etish koloniyasidagi seminarimiz!
hit
upd
new

4 - son jazoni ijro etish koloniyasidagi seminarimiz!

1 голос
2024-yil 23-iyul kuni soat 09-00 dan 09-30ga qadar 4-son jazoni ijro etish koloniyasi ma’rifatxonasida shaxsiy tarkibga  “Sensorika” MChJ director o`rinbosari Arziev Dilshod Rustamovich tomonidan “KIBERXAVFSIZLIK – OYLIGIDA SHAXSGA DOIR MA’LUMOTLAR XAVFSIZLIGI” mavzusida ma’ruza qilib, o‘z fikr mulohazalarini berib o‘tdi. O‘quv mashg‘uloti qatnashchilarini qiziqtirgan savollarga mashg‘ulot rahbari javob berdi. O‘quv mashg‘uloti qiziqarli seminar-muzokara tarzida o‘tkazildi.
 




“KIBERXAVFSIZLIK – OYLIGIDA SHAXSGA DOIR MA’LUMOTLAR XAVFSIZLIGI”  
  
bugungi avlod internet bilan yashaydi va biz oddiy foydalanuvchilar 1 va 0 ning tasodifiy bitlari,  kompyuterimizga qanday qilib xavf keltirishini deyarli ko’pchiligimiz  bilmaymiz. xacker uchun bu kalit.  Qora shlyapali xakerlari zaifliklardan foydalanib, zararli dasturlarni yaratmoqdalar. Bundan tashqari, kiberhujumlar kundan kunga rivojlanib bormoqda. Xakerlar o’zlarini zararli dasturlari, va tarmoq skaner dasturari bilan ma’lumotlarni ruxsatsiz egallab olishmoqda.

"Xaker" - bu kompyuterlardan noqonuniy foydalanish huquqiga ega bo'lgan odam. Bu harakat yovuzlik bilan yoki mumkin bo'lgan xavfsizlik xavfini ko'rsatish maqsadida amalga oshirilishi mumkin. Microsoft korporatsiyasi, Amerika ko'p millatli kompyuter texnologiyalari korporatsiyasi va Mudofaa vazirligi xakerlar nishoni bo'lgan yirik tashkilotlar qatoriga kiradi. Hackerlik jamiyat uchun xavf tug'diradi, chunki xakerlar moliyaviy, shaxsiy yoki xavfsizlik sohasidagi maxfiy ma'lumotlarga ega bo'lishlari mumkin, ular keyinchalik tovlamachilik uchun ishlatilishi yoki hujum qilish uchun ishlatilishi mumkin. Hackingni sanoat josusligining kiber-versiyasi deb tushunish mumkin.


 
Internetli zamonda ma’lumotlar xavfsizligi har birimiz uchun juda muhim. Nega deganda, har bir harakatimiz, suhbatimiz, uchrashuvlarimiz, barcha – barchasini serverlarda saqlanmoqda. Ushbu ma’lumotlarni o’g’irlash, hayot xavfsizligimizga ta’sir qiladi.   Buning uchun har bir tarmoq foydalanuvchisi umumiy kiber xavfsizlik boshlang’ich tushunchalarini bilishi kerak. Soddagina  foydalanuvchilar esa doim “o’rgimchak to’ri”ning o’ljasi bo’lib qolishmoqda. Xaker birgina xatolikni kutishadi. Ular foydalanuvchilarga noma’lum virusli fayllar yoki havolalar jo’natishlari mumkin. Virus ustida esa siz va biz bilgan mashhur brend yuzlaridan foydalanishadi. Bu esa qurilma egasini yanada ishontirishiga sabab bo’ladi.
 
Har bir shaxs undan axborot olish huquqiga ega. Oqni qoradan ajratish xalqning o'ziga havola, ammo hamma uchun internetga kirish imkoniyati yaratib berilishi kerak, degan siyosat olg'a surilmoqda.



 Axborot chegara tanlamaydi, virtual to’siqlarni tan olmaydi. O’tgan yili Eronda hukumatga qarshi namoyishlarda yosh ayolning otib o’ldirilishi butun dunyoni larzaga soldi. Qo’l telefoniga yozilgan fojia bir zumda internetga yo’l topgan.
 
Kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish uchun bir qator ehtiyot choralari va profilaktika choralarini ko'rish mumkin. Bularga kompyuterda virusga qarshi dasturlardan foydalanish, onlayn va kredit karta savdosida ishlatiladigan ma'lumotlarni shifrlash, firibgarlik va kompyuter va tarmoqlarga qilingan boshqa hujumlar haqida aholining xabardorligini oshirish kiradi.
Xulosa qilib aytganda, har bir shaxs o’z ma’lumotlarini to’g’ri himoyala olish kerak. Asosan IIV vazirligi va har bir IT hodimi fuqarolarga internetdan to’g’ri foydalanish kerakligini tushuntirishimiz kerak. Va bu ishlar hududimiz amalga oshirib borilmoqda.

Информационное сообщение желтое

текст сообщения

Информационное сообщение синее

текст сообщения

Информационное сообщение зеленое

текст сообщения
Izohlar (0)
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив