2024-yil 29-yanvar kuni soat 08-30 dan 09-00ga qadar 4-son jazoni ijro etish koloniyasi ma’rifatxonasida shaxsiy tarkibga Ichki Iishlar Vazirligining 2021-yil 21-oktabrdagi 400-sonli buyrug‘iga muvofiq “Sensorika” MChJ direktor o‘rinbosari Arziev Dilshod Rustamovich tomonidan “Raqamlashtirish – korrupsiyaga qarshi kurashda eng samarali yechim” mavzusida ma’ruza qilib, o‘z fikr mulohazalarini berib o‘tdi. O‘quv mashg‘uloti qatnashchilarini qiziqtirgan savollarga mashg‘ulot rahbari javob berdi. O‘quv mashg‘uloti qiziqarli seminar-munoza tarzida o‘tkazildi.
Xususan, 2023-yil 20-dekabr kuni davlat rahbari raisligida IT infratuzilmasini yaxshilash, soha va tarmoqlarni raqamlashtirish yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha milliy strategiya ishlab chiqish va unda davlat idoralari faoliyatining yanada shaffofligini ta’minlash va hisobdorligini oshirish, ochiq ma’lumotlar tizimini takomillashtirish, sohaning huquqiy asoslari va institutsional mexanizmlarini mustahkamlash masalalari muhokama qilindi va sohani yanada rivojlantirib, xalqaro darajaga olib chiqish yuzasidan vazifalar belgilab berildi. Har doimgidek dolzarb So‘nggi yillarda korrupsiyaga qarshi kurashish uslublari va mexanizmlari, shuningdek, ushbu toifadagi jinoyatlarga qarshi kurashishga qaratilgan jinoyat qonunchiligida jiddiy o‘zgarishlar ro‘y berganiga qaramay, bu masala har doimgidek dolzarbligicha qolmoqda. Hozirgi vaqtda mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurash yo‘nalishlaridan biri davlat organlari faoliyatiga zamonaviy raqamli texnologiyalarni joriy etish hisoblanadi. Axborot texnologiyalaridan foydalanishni «elektron davlat» atamasi birlashtiradi, bu esa, o‘z navbatida, «elektron hukumat», «elektron parlament», «elektron adliya» kabi tushunchalarni qamrab oladi. Elektron adliya deganda, ma’lumotlarni raqamli qayta ishlashga ega texnik tizimlardan foydalanishga asoslangan odil sudlovni amalga oshirish usuli tushuniladi.
Bugungi kunda Ichki ishlar vazirligi tomonidan 38 ta davlat xizmatlari Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali jismoniy va yuridik shaxslarga elektron tarzda ko‘rsatib kelinmoqda, yaqin kelajakda ularning soni 72 taga yetkazilishi belgilangan.Shuningdek, Adliya vazirligi va Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan yaqin hamkorlikda elektron davlat xizmatlari ulushini yanada oshirish bo‘yicha tadbirlar amalga oshirilmoqda.Raqamli texnologiyalar korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida foydalanish uchun keng istiqbolga ega. Shu bilan birga, ularni qo‘llash doirasini ikkita vektorga bo‘lish mumkin:– korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni aniqlash, tahlil qilish, tekshirish, bashorat qilish va monitoring qilish yo‘li bilan korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashishda bevosita qo‘llash; davlat organlari faoliyatida samaradorlik, hisobdorlik va oshkoralik tamoyillarini ilgari surish orqali korrupsiyaga bilvosita ta’sir qilishda qo‘llash.Sun’iy intellekt va mashinali o‘rganish Korrupsiyaga qarshi kurashishda sun’iy intellektdan foydalanishga oid misollar nisbatan kam bo‘lsa-da, mutaxassislarning fikriga ko‘ra, undan foydalanish korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni aniqlash, tahlil qilish va bashorat qilish jarayonini sezilarli darajada osonlashtirishi mumkin.Vakolatli organlar uchun juda murakkab va ko‘p vaqt talab qilishi mumkin bo‘lgan katta hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlashni tezlashtirish vaqt va boshqa resurslarni sarflashni optimallashtiradi va diqqatni faqat eng muhim ma’lumotlarga, masalan, ehtimollik darajasi yuqori bo‘lgan korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar mavjudligini (sodir etish imkoniyatini) ko‘rsatuvchi ma’lumotlarga qaratadi. Buyuk Britaniyada sun’iy intellektdan foydalanish tergovchilarga atigi bir necha oy ichida 30 milliondan ortiq hujjatlarni tahlil qilish va tergovga tegishli ma’lumotlarni tanlash imkonini berdi.Sun’iy intellekt anomaliyalarni, korrupsiyaning ehtimoliy buzilishlarini ko‘rsatadigan «qizil bayroqlar»ni ancha yuqori aniqlik bilan erta aniqlashga yordam beradi. Misol uchun, Ispaniyada tadqiqotchilar neyron tarmoqlarga asoslangan modelni ishlab chiqdilar, bu ularga mamlakat hududlarida korrupsiya qonunbuzarliklari ehtimolini hisoblash va ularni amalga oshirishga yaratilgan qulay shart-sharoitlarni aniqlash imkonini berdi.Shunday qilib, bir qator funksiyalarni sun’iy intellektga o‘tkazish orqali qo‘shimcha korrupsiya xavfini keltirib chiqaradigan inson omilining ta’sirini kamaytirish mumkin.
Taqsimlangan ma’lumotlar (distributed database) bazalarining texnologiyalaridan biri bo‘lgan blokcheyn hokimiyat va tashkilotlar faoliyatining shaffofligini va ular boshqarayotgan ma’lumotlar xavfsizligini ta’minlashda foydalanish uchun keng imkoniyatlarga ega. Korrupsiyaga qarshi kurash maqsadida ushbu texnologiyadan, masalan, yer reyestrini yuritish, byudjet ma’lumotlarini oshkor qilish, shartnomalarni bajarish, tranzaksiyalarni amalga oshirish va ta’minot zanjirlarini boshqarishda foydalanish mumkin: blokcheyn texnologiyasidan foydalangan holda yaratilgan shaffof va hisob beruvchi tizim vijdonsiz shaxslarga ma’lumotlarni manipulyatsiya qilish va firibgarlik yoki korrupsion faoliyatni amalga oshirishni qiyinlashtiradi; blokcheyn texnologiyasiga asoslangan tizimda amalga oshirilgan tranzaksiyalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘zgartirish yoki o‘chirishning mumkin emasligi barcha tranzaksiyalarning to‘liq va ochiq ma’lumotlar bazasini yaratish hamda ma’lumotlarni adolatsiz o‘zgartirish xavfini minimallashtirish imkonini beradi; ta’minot zanjirini boshqarishda blokcheyn texnologiyasidan foydalanish, xususan, hisobni yuritish va kuzatib borish imkoniyatlarini yaratadi.
Big data – katta ma’lumotlar tahlili Big data katta ma’lumotlar tahlilidan korrupsiyaga qarshi kurashishda ikkita asosiy yo‘nalishda foydalanish mumkin:– shubhali operatsiyalarni aniqlash, tekshirish, monitoring qilish korrupsiya xavfini baholash. Masalan, Budapeshtdagi korrupsiyani o‘rganish markazi Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida davlat xaridlarini monitoring qilish uchun Big data ma’lumotlar tahlilidan foydalanadi, juda qisqa tender muddatlari yoki g‘ayrioddiy natijalar (masalan, tenderlarda raqobatning yo‘qligi yoki bir xil tashkilot tomonidan qayta-qayta g‘alaba qozonish) kabi anomaliyalarni aniqlaydi;– xabardorlikni oshirish, milliy, tarmoq yoki mahalliy korrupsiyaga qarshi siyosatni takomillashtirish hamda bashoratli tahlil va vizualizatsiya orqali ularni amalga oshirish natijadorligiga erishish, qarorlarni yanada samarali qabul qilishga hissa qo‘shish.Aytish joizki, raqamlashtirish orqali inson omili kamaytiriladi va axborot tizimlari bilan ishlashga o‘tiladi. Inson omilini kamaytirish – korrupsiyaning «oyog‘iga bolta urish»dir.
Izohlar (0)
Izohlash
Скачайте также
Raqamlashtirish – korrupsiyaga qarshi kurashda eng samarali yechim!
Raqamli texnologiyalar korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida foydalanish uchun keng istiqbolga ega!
hit
upd
new
Sensorika "IT" - o'quv markazi Transportda xavfsizliklni ta'minlash boshqarmasidagi tadbiri.
Navoiy viloyati Transportda xavfsizliklni ta'minlash boshqarmasidagi tadbirimiz!
hit
upd
new
Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov SENSORIKA o'quv markaziga tashrif buyurdi.
Navoiy viloyat hokimi Normat Tursunov bilan birga viloyat sektor rahbarlari tashrifi.
hit
upd
new
Ta’lim va axborot texnologiyalari sohasi istiqboli mavzusida davra suhbati o'tkazildi.
Ta’kidlash kerakki, pandemiya barcha sohalar singari, ta’lim tizimiga ham o‘z ta’sirini o‘tkazdi.
hit
upd
new
Frilanserlar
Yangiliklar
Onkologiya va Radiologiya Ilmiy-Amaliy Tibbiyot
“Mening farzandim - IT mutaxassisi” mavzusida
Navoiy shahridagi "SENSORIKA" IT-o'quv markaziga
Navoiy shahri 13-sonli umumta'lim maktabiga
Wi-Fi ni kim ixtiro qilgan bilasizmi?
Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish bo'yicha
O'quvchimiz Dinorbekning yutuqlari haqida!
Navoiy viloyati So’g’liqni saqlash boshqarmasiga
Sensorika IT-o‘quv markazida bitiruv kechasi!
“SENSORIKA” O‘QUV MARKAZI RAHBARIYАTINING BAYRAM