Navoiy viloyati Transportda xavfsizlikni ta'minlash boshqarmasida 2025 yilning 07 - oktyabr kuni o'tkazilgan "Ma'naviyat va ma'rifat" darsida " AXBOROT XAVFSIZLIGI VA IJTIMOIY TARMOQLARDAN FOYDALANISH MADANIYATI" mavzusida Navoiy shahridagi Sensorika IT-o'quv markazi direktori o'rinbosari Arziyev Dilshod tomonidan xodimlarga ma'ruza qilindi.
Bugun axborot texnologiyalarining imkoniyatlari «soyasida» bo‘y ko‘rsatayotgan salbiy oqibatlar axborot xavfsizligi masalasini qanchalar dolzarb mavzuga aylantirgani bor gap. Hayotimizning barcha jabhalarida yuksak texnologiyalar, raqamlashtirish asosida yaratilgan qurilmalar og‘irimizni yengil qilyapti. Bunday rivojlanish insoniyatga keng imkoniyat va qulayliklar yaratish barobarida, bir qancha xavflarni ham tug‘dirmoqda. Bu muammo birgina bizda emas, balki barcha rivojlangan davlatlarda kuzatilmoqda.

Bugun biz oddiy elektron pochta (e-email) xizmati yoki ijtimoiy tarmoqlarda maktub yozib, uni kompyuter yoki telefondagi bitta tugmani bosish orqali dunyoning istalgan joyiga bir soniyada jo‘natamiz. Ilgari an’anaviy pochta yoki telegraf xizmatlaridan foydalanish taqozo etilgan.
Yana bir misol: hozirda ijtimoiy tarmoqlar orqali kunning istalgan vaqtida xohlagan buyum, kiyimkechakni, kafe, restoranlardan istalgan taomni sotib olish, uyimizgacha olib kelib berishlari uchun buyurtma qilish imkonimiz bor. Shuningdek, internet tarmog‘idan bizni qiziqtirgan ixtiyoriy maxfiy bo‘lmagan ma’lumotlarni olish, dunyo yangiliklaridan tezda xabardor bo‘lish, musiqa tinglab, jahon kinosidan bahramand bo‘lish, ijod namunalarimizdan tortib, reklamagacha joylashtirishimiz mumkin.
So‘nggi yillarda yurtimizda olib borilayotgan barcha soha va tarmoqlarni raqamlashtirish borasidagi sa’yharakatlar natijasi o‘laroq, ortiqcha qog‘ozbozlik, fuqarolarning idoraga borib rasmiylar bilan yuzma-yuz ko‘rishishi, navbat kutish kabi noqulayliklar kamayishiga ijobiy ma’noda ta’sir ko‘rsatayotganini ta’ kidlash joiz.

Internet, ijtimoiy tarmoqlar – axborotning cheksiz dunyosi, zamon bilan hamnafaslik vositasi. Biroq bunda insoniyatning imkonlari ortgani sayin shaxsiy, hatto biznes ma’lumotlarini almashishda ham xavotir uyg‘otadigan holatlar, aniqrog‘i, jinoyatlar va ularning turlari kundan-kunga «yangilanib» bormoqda. Avvallari huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tan jarohati yetkazish, obyekt va shaxsiy xonadonlardagi o‘g‘irlik yoki oddiy aldov yo‘li bilan firibgarlik kabi jinoyatlar bilan to‘qnash kelardi. Bugun esa axborot texnologiyalari yordamida sodir etilayotgan jinoyatlardan aziyat chekib qolayotganlar salmog‘i ortib bormoqda.
Shu bois ushbu masalaga mamlakatimizda hukumat miqyosida ahamiyat qaratilmoqda. Xususan, joriy yil 30-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Axborot texnologiyalari yordamida sodir etiladigan jinoyatlarga qarshi kurashish faoliyatini yanada kuchaytirishga qaratilgan choratadbirlar to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi. Unda kiberjinoyatlarning barvaqt oldini olish hamda ularni fosh etish samaradorligini oshirish bo‘yicha amaldagi qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish va qator tashkiliy-texnik choralarni ko‘rish belgilandi.
Mazkur qaror ijrosini ta’minlash maqsadida Ichki ishlar vazirligi rahbariyatining tashabbusi bilan kiberjinoyatlarga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish maqsadida respublikaning barcha hududlarida Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmalari tashkil etildi. Boshqarmalarda kiberjinoyatlarning oldini olish bo‘linmalari, tezkor-qidiruv bo‘limlari, tergov, ekspert-kriminalistika hamda tashkiliy bo‘limlar faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Hozirda soha mutaxassislari mazkur yo‘nalishdagi jinoyatlarning oldini olish va ularni «issiq izida» fosh etish bo‘yicha samarali fao liyat olib borishmoqda.
Aytish joizki, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining shaxsiy ma’lumotlari daxlsizligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratish va shaxsiy ma’lumotlar boshqalarning qo‘liga tushishi yoki oshkor bo‘lishida hushyorlik talab etiladi. Misol uchun, onlayn xizmatlardan foydalanganda, istalmagan holda, shaxsiy ma’lumotlar, deylik, bank kartasining parolini notanish kishiga oshkor qilish yaxshigina mablag‘ning o‘zlashtirilishiga sabab bo‘lgan holatlar kundalik hayotimizda ko‘plab kuzatilmoqda.
Shu o‘rinda ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining ayrimlari o‘z nomlari bilan ro‘yxatdan o‘tmasligi, nomaqbul fotosuratlar qo‘yish, o‘zaro muloqotlarda hurmatsizlik qilish, ba’zan noto‘g‘ri ma’lumotlardan foydalanish singari salbiy holatlarga yo‘l qo‘yishini ham aytib o‘tish joiz. Ijtimoiy tarmoqlardan foydalanilganda, u yerdagi ma’lumotlarning haqqoniyligiga iqror bo‘lib, so‘ngra qaror qabul qilish maqsadga muvofiqdir.
Shaxsiy ma’lumotlarning oshkor bo‘lishi moddiy va ma’naviy zarar keltirishini unutmasligimiz kerak. Misol uchun, yaqin do‘stimga yuboryapman, deb shaxsiy surat yoki ma’lumotlaringizni ijtimoiy tarmoqdan foydalanish tartibini yaxshi tushunmaslik oqibatida hamma ko‘- radigan joyga joyladingiz. Shu vaziyatda shaxsiy ma’lumotlaringiz boshqalarga oshkor bo‘lishi noqulaylik tug‘dirmasligi, obro‘yingizga putur yetkazmasligi, kimlardadir salbiy fikr uyg‘otmasligiga kafolat bormi? Yoki bo‘lmasa, bugun ijtimoiy tarmoqlarda sun’iy intellekt dasturlari yordamida mashhur insonlarning nomidan sahifa ochib yozish holatlari o‘sha insonni obro‘sizlantirishga xizmat qilmaydi, deb o‘ylaysizmi?
Sirasini aytganda, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari zamonaviylashib, yangi avlod qurilmalari dunyo bo‘ylab keskin sur’atlarda ommalashib borayotgan bir vaqtda imkoni boricha shaxsiy ma’lumotlarni ijtimoiy tarmoqlarga kamroq kiritgan ma’qul. O‘z sahifangizni begonalar kuzatmasligi uchun maxfiylik sozlamasini yoqish, boshqa bir qurilmadan ijtimoiy tarmoqdagi sahifangizga kirgan bo‘lsangiz, foydalanib bo‘lganingizdan so‘ng undan chiqib ketish singari oddiy xavfsizlik qoidalarini unutmaslik lozim. Profildan ma’lumotlarni saqlash ombori sifatida foydalanish xavfli. Xususan, shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar, ko‘char va ko‘chmas mulk hujjatlari, mobil banking va banklarning mobil ilovalariga kirish uchun login va parollar hamda elektron bilet, yo‘llanmalar va boshqalardan foydalanganda o‘ta ehtiyotkor bo‘lish zarur.
Xalqimiz tilida «O‘zingga ehtiyot bo‘l, qo‘shningni o‘g‘ri tutma», degan naql bejiz yaralmagan. Ijtimoiy tarmoqlar har birimiz uchun axborot dunyosi, biroq hushyorlik, ogohlik har soniyada zarur.
Izohlar (0)
Izohlash
Скачайте также

4 - son jazoni ijro etish koloniyasidagi seminarimiz!
2024-yil 23-iyul kuni soat 09-00 dan 09-30ga qadar 4-son jazoni ijro etish koloniyasi
hit
upd
new

Raqamlashtirish – korrupsiyaga qarshi kurashda eng samarali yechim!
Raqamli texnologiyalar korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida foydalanish uchun keng istiqbolga ega!
hit
upd
new

4 - sonli jazoni ijro etish koloniyasiga tashrifimiz!
2024-yil 29-yanvar kuni soat 08-30 dan 09-00ga qadar 4-son jazoni ijro etish koloniyasi
hit
upd
new

“Sun’iy intellektni joriy etish-davr talabi”
2025-yil 16 iyun kuni 4-son jazoni ijro etish koloniyasining ma’naviyat va ma’rifat xonasida shu
hit
upd
new

Informatsion texnologiyalarni inson hayotida tutgan o‘rni
Bir uylab ko‘ring-chi? Hayotimizga kirib kelgan informatsion texnologiyalardan voz kecha olamizmi?
hit
upd
new
Frilanserlar
Yangiliklar

4-SON JAZONI IJRO ETISH KALONIYASIda o‘tgan

AXBOROT XAVFSIZLIGI VA IJTIMOIY TARMOQLARDAN

Men Zakirova E’zoza,Navoiy Davlat Universiteti

My name is Ochilova Mashxura.I’m 21 years old.

Karimov Muhammadning IT olamiga ilk qadamlari

Sensorika IT O‘quv Markazi: Yosh Dasturchining

Murabbiylik uchun ilm o’rgangan inson: Ozodbek

Men Rashidova Mohinur 11-sinf o’quvchisiman

Men, Shukurova Matonat, yoshim 35 da

Men Tog’aymuratov Xushnudbek