“Sun’iy intellektni joriy etish-davr talabi”
hit
upd
new

“Sun’iy intellektni joriy etish-davr talabi”

0 голосов

     2025-yil 16 iyun  kuni 4-son jazoni ijro etish koloniyasining  ma’naviyat va ma’rifat xonasida shu jamoaning shaxsiy tarkibi ishtirokida “Sensorika IT” MChJ direktor o`rinbosari Arziyev Dilshod Rustamovich tomonidan “Sun’iy intellektni joriy etish-davr talabi” mavzusida ma’ruza qilib, o‘z fikr mulohazalarini bilan o’rtoqlashdi. Qiziqarli seminar-muzokara tarzida bo’lib o’tgan tadbir so’ngida u qatnashchilarini qiziqtirgan savollariga javob berdi. 
 
“Sun’iy intellektni joriy etish-davr talabi”  
 
 
     Notiq o’z so’zini “sun’iy intellekt” nima degan savolga javob berish bilan boshladi.
     Sun'iy intellekt (AI) - bu mashinalarga insonga o'xshash fikrlash va qobiliyatlarni, masalan, avtonom qaror qabul qilish kabi qobiliyatlarni namoyish qilish imkonini beruvchi texnologiyadir. Bu dastur albatta inson tomonidan yaratilgan sun’iy ong hisoblanadi. Qisqacha qilib aytganda sunʼiy intellekt – inson intellektiga taqlid qilishga qodir boʻlgan mashinalar yaratishga qaratilgan fan va texnologiya sohasi hisoblanadi. U inson ongi bajarishi mumkin bo'lgan bir qancha vazifalarni axborot bazasiga kiritilgan ma'lumotlar asosida bir zumda bajarib beradi. Biz istaymizmi yo’qmi u baribir hayotimizga kirib kelyapti. Hozir undan juda ko’p sohalarda foydalanishyapti. Mutaxassislar tomonidan unga to'rtinchi sanoat inqilobining asosi sifatida qaralmoqda. Ilm-fan va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari jadal taraqqiy etib borayotgan bugungi kunda ijtimoiy sohada, xususan, sog'liqni saqlash, ta'lim, bandlik, ijtimoiy himoya va boshqa yo'nalishlarda sun'iy intellekt va zamonaviy axborot texnologiyalari imkoniyatlaridan foydalanish keng tus olmoqda.
 
     O'zbekistonda yangi texnologiyalar, jumladan, sun'iy intellektning ijtimoiy himoya dasturlari va boshqa sohalarga keng joriy qilinishi davlat va xususiy sektorda zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanishni rag'batlantirib, mamlakatda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish hamda har bir sohaga innovatsiyalarni kiritish imkoniyatlarini oshiradi. Shu bilan birga, zamonaviy ilm-fan yutuqlaridan samarali foydalanilishiga olib keladi.
Yaqinda Toshkentda xalqaro investitsiya forumi bo'lib o'tdi. 
     Yurtboshimiz   Shavkat Mirziyoyev ushbu forumda nutq so'zladilar. Investorlarga qarata “sizlar bilan birgalikda O'zbekistonni nufuzli IT va “Fintech hub”iga aylantiramiz. Raqamli texnologiyani rivojlantirib, o'zida kreativ g'oyalarni mujassamlashtirgan sun’iy intellektning milliy modeli ishlab chiqiladi” deb, ta'kidladilar. O'zbekiston Sun'iy intellektga tayyorgarlik bo'yicha xalqaro indeksda bir yilda 17 pog'onaga ko'tarilgani qayd etildi. 
     Bugungi kunda ChatGPT aqlli dasturidan ko’pchilik foydalanmoqda. Ammo ChatGPT bu insoniyat tomonidan savollarga javob berishga programmalashtirilgan kompyuter dasturi, xolos. Bu neyrotarmoq orqali siz matnni istalgan tilga tarjima qila olasiz, u bir inson tasavvur eta olmaydigan narsalarni buyruqlar asosida tasvirlab ham bera oladi, xoxlasangiz sizga kunlik, oylik, yillik ish reja, o’tkazadigan tadbirlaringizni senariyasini ham bir zumda tuzib beradi. Faqatgina unga sizni qiziqtirgan masalalarni to’g’ri va aniq qilib qo’ya bilishingiz lozim bo’ladi. U ayniqsa talabalar, jurnalistlar, senaristlar deyarli barchaga qo’l kelmoqda. Tibbiyot mutaxasisslari  kelajakda sun'iy intellektdan rentgen kabi foydalanib tashxis qo'yish imkoniga ega bo'la olishadi. Ammo, u doim ham to'g'ri tashxis qo'ya oladi deb hech kim kafolat bera olmasligini unutmasligimiz kerak. 
     Undan g'ayri maqsadlarda ishlatilish xavfi ham bor. 
Ammo, nima bo’lsa ham unga nima vazifa berganingizda uni bajaruvchi yordamchingiz bo'lishi ham mumkin. Sun'iy intellektni o’zida joriy etgan kompaniyalar raqobatbardosh, chunki uning yordamida kompaniyalar o’z xarajatlarini va xavflarni kamaytirishi, bozorga chiqish imkoniyatlarini kengaytirishlari mumkin bo’ladi va bu o’z navbatida raqobatga chidamli bo’lishiga olib keladi.
     Albatta hozirgi vaqtda bu sohada kadrlar juda kam. Ularni tayyorlashda “Sensorika IT” o’quv markazi ham rejali tartibda Navoiylik va qo’shni viloyatlardan kelgan yoshlarga bilim bermoqda.
     Umuman olganda sun'iy intellekt bu shunchaki bir format  yoki funksiya ham emas, balki bu jarayon bo'lib, ma'lumotlarni yig'ish, tahlil qilish kabilarni o'z ichiga oladigan neyrotarmoqdir.

Информационное сообщение желтое

текст сообщения

Информационное сообщение синее

текст сообщения

Информационное сообщение зеленое

текст сообщения
Izohlar (0)
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив