2024-yil 28-may kuni soat 08-30 dan 09-00ga qadar 4-son jazoni ijro etish koloniyasi ma’rifatxonasida shaxsiy tarkibga “Sensorika” MChJ katta dasturchi ustoz Xasanov Javlonbek Umid o`g`li tomonidan “KIBERXAVFSIZLIK – SHAXS VA MA’LUMOT XAVFSIZLIGI” mavzusida ma’ruza qilib, o‘z fikr mulohazalarini berib o‘tdi. O‘quv mashg‘uloti qatnashchilarini qiziqtirgan savollarga mashg‘ulot rahbari javob berdi. O‘quv mashg‘uloti qiziqarli seminar-muzokara tarzida o‘tkazildi.
KIBERXAVFSIZLIK – SHAXS VA MA’LUMOT XAVFSIZLIGI
Shiddat bilan rivojlanib borayotgan hozirgi kunda hayotimizni internetsiz tasavvur qilish juda qiyin. Aksariyat insonlar ko‘p vaqtini ijtimoiy tarmoqlarda o‘tkazib, dunyoda sodir bo‘layotgan yangiliklardan xabardor bo‘lish va qiziqarli voqea-hodisalarni bir-biriga uzatishga intilishadi.
Bugungi kunda mamlakatimiz va dunyo miqyosida sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar, voqea-hodisalar, yangiliklar bilan bog‘liq ma’lumotlar barcha ijtimoiy tarmoqlarda aylanmoqda. Bunday imkoniyatlarning ochilishi yaxshi, albatta, lekin g‘arazli niyatdagi kimsalar zararli dasturlardan foydalanib yoki internet foy¬dalanuvchilarining ishonchiga kirib, doimo ularning xato qi¬lishlari payida bo‘lishadi. Yo‘l qo‘ygan birgina xatoyingiz tufayli qimmatli vaqtingizni, kuchingizni sarflab topgan mablag‘ingiz bir zumda havoga uchadi.
Kiberjinoyatchilar tomonidan qo‘llaniladigan tahdidlar¬ning turlari foydalanilayotgan ijtimoiy tarmoq platformasiga ham bog‘liqdir. Misol uchun, «Facebook», «Instagram» ijtimoiy tarmoqlari yoki «Telegram» messenjeri o‘z foydalanuvchilari uchun shaxsiy ma’lumotlarini sir saqlashni kafolatlagan. Shuning uchun jinoyatchilar odatda tahdid qilmoqchi bo‘lgan foydalanuv¬chining internetdagi do‘stlari bilan yaqinlashishni maqsad qiladi. Agar tajovuzkor tahdid qilishni rejalashtirayotgan foydalanuvchining bir nechta do‘stlarini aniqlasa, u holda, umumiy do‘stlar soniga qarab, jabrlanuvchi jinoyatchining do‘stlik so‘rovini qabul qilish ehtimoli paydo bo‘ladi.
Shu bilan birga, hozirgi vaqtda veb-saytlar va mobil ilovalar orqali ishlaydigan, biz¬nes va bandlikka yo‘naltirilgan onlayn xizmatlarni ko‘rsatuvchi «LinkedIn» platformasidan foydalanayotgan shaxs ish izlash uchun o‘z rezyumelarini va ish beruvchi ish joyi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni joylashtirishi lozim bo‘ladi. Bu esa, o‘z navbatida, ularning ma’lumotlarini boshqalarning ham o‘qishiga imkon beradi.
Misol uchun: Toshkent shahrida yashovchi S.A. (ayol) ismli shaxs o‘zining bank kartasidan 50 mln so‘m pul mablag‘larini noma’lum shaxslar o‘zlashtirib olganligini ma’lum qilgan. Aniqlanishicha, ushbu jinoyatni qoraqalpog‘istonlik U.N. ismli shaxs «Telegram» messenjerida tadbirkor Ali¬sher Usmonovning videotasvirini o‘zgartirib, moddiy yordam berilayotganligi to‘g‘risidagi soxta havolani jo‘natish orqali sodir etgan.
Qashaqadaryo viloyatida yashovchi J.R. ismli shaxs o‘ziga tegishli bo‘lgan bank kartasidan 20 mln so‘m pul mablag‘larini no’malum shaxs¬lar o‘zlashtirib olganli¬gini ma’lum qilgan. O‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida ushbu jinoyatni Toshkent shahrida yashovchi J.R. ismli shaxs «Telegram» messenjeri orqali o‘zining treyderlik faoliyati bilan shug‘ullanishini aytib, pullarini birja orqali oz fursatlarda ko‘paytirib berishni va’da qilib, aldov yo‘li orqali sodir etgan.
Aksariyat kibertovlamachilik holatlari ijtimoiy tarmoqlarda shaxsiy ma’lumotlarni omma¬viy ravishda oshkor qilish orqali amalga oshiriladi. Shu bois ijtimoiy tarmoqlardagi tahdidlardan himoyalanish uchun quyidagilarga amal qilish tavsiya etiladi:
o‘zingizning shaxsiy, boshqalar ko‘rsa uyaladigan suratingizni yoki boshqa ma’lumotni yaqin insoningizga, hatto yaxshi ko‘rgan kishingiz (qiz yoki yigit)ga yubormang;
notanish internet foyda¬lanuvchilari bilan aloqa o‘rnatmang;
umumiy «Wi-fi» ulanish nuqtalaridan iloji boricha kamroq foydalaning;
har qanday ma’lumotni onlayn almashishdan oldin to‘xtang va o‘ylab ko‘ring (Kim mening shaxsiy ma’lumotlarimni so‘rayapti? Qanday ma’lumot so‘rayapti? Nega ularga ma’lumot kerak?);
ijtimoiy tarmoqlar orqali shubhali havolalar kelsa, aslo ularga kirmang.
Izohlar (0)
Izohlash
Скачайте также
O'quv markazimizga raqamlashtirish vazirligi tashrifi
IT sohasi rivoji va hamkorlikning qo‘shma rejalari muhokama qilindi
hit
upd
new
Raqamlashtirish – korrupsiyaga qarshi kurashda eng samarali yechim!
Raqamli texnologiyalar korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida foydalanish uchun keng istiqbolga ega!
hit
upd
new
Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov SENSORIKA o'quv markaziga tashrif buyurdi.
Navoiy viloyat hokimi Normat Tursunov bilan birga viloyat sektor rahbarlari tashrifi.
hit
upd
new
Navoiy shahar 8 - maktabga tashrifimiz!
Navoiy viloyati, Navoiy shahridagi 8 sonli IT texnologiyalarga ixtisoslashtirilgan maktabda,
hit
upd
new
Frilanserlar
Yangiliklar
“Mening farzandim - IT mutaxassisi” mavzusida
Navoiy shahridagi "SENSORIKA" IT-o'quv markaziga
Navoiy shahri 13-sonli umumta'lim maktabiga
Wi-Fi ni kim ixtiro qilgan bilasizmi?
Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish bo'yicha
O'quvchimiz Dinorbekning yutuqlari haqida!
Navoiy viloyati So’g’liqni saqlash boshqarmasiga
Sensorika IT-o‘quv markazida bitiruv kechasi!
“SENSORIKA” O‘QUV MARKAZI RAHBARIYАTINING BAYRAM
Buni o’qing…qiziq