MA'NAVIY-MA'RIFIY TAYYORGARLIK MASHG‘ULOTI
"Navoiy kon-metallurgiya kombinati" AJ hamda "Navoiyuran" davlat korxonasining OYoXTTEMarkazida navbatdagi Ma’rifat darsi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik mashg‘ulotida xodimlarning siyosiy ongi va dunyoqarashini yanada yuksaltirish, ularni so‘nggi yillarda tez sur’atlarda kechayotgan axborot oqimlari orasida to‘g‘ri yo‘nalishda fikrlashga o‘rgatish maqsadida navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.
Ushbu Ma’rifat darsiga Navoiy shahar “SENSORIKA” IT o‘quv markazi o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari D. Arziyev taklif etildi. U o‘z ma’ruzasida “Salbiy axborot xurujlarning mazmun-mohiyati, maqsadi, manbalari va vositalari” mavzusida batafsil tushunchalar berdi.
Tadbir davomida so‘nggi yillarda internet tarmoqlarida keng tarqalayotgan yolg‘on, asossiz va maqsadli salbiy axborotlar orqali yoshlarning ongiga salbiy ta’sir ko‘rsatish holatlari, ularning orqasidagi kuchlar va maqsadlar haqida so‘z yuritildi. Shuningdek, axborot xavfsizligini ta’minlashda har bir fuqaroning hushyorligi va mas’uliyati naqadar muhim ekani alohida ta’kidlandi.
Ma’ruza jarayonida ishtirokchilar bilan savol-javoblar, muhokamalar o‘tkazilib, mavzu yuzasidan hayotiy misollar keltirildi. Tadbir yakunida xodimlar bunday ma’rifiy uchrashuvlarning zamon talabi ekanligini, ularning dunyoqarashini kengaytirishda muhim o‘rin tutishini qayd etishdi.




Izohlar (0)
Izohlash
Yangiliklarimiz

AXBOROT XAVFSIZLIGI VA IJTIMOIY TARMOQLARDAN FOYDALANISH MADANIYATI
Navoiy viloyati Transportda xavfsizlikni ta'minlash boshqarmasida 2025 yilning 07 - oktyabr kuni
hit
upd
new

“Sun’iy intellektni joriy etish-davr talabi”
2025-yil 16 iyun kuni 4-son jazoni ijro etish koloniyasining ma’naviyat va ma’rifat xonasida shu
hit
upd
new

4 - sonli jazoni ijro etish koloniyasiga tashrifimiz!
2024-yil 29-yanvar kuni soat 08-30 dan 09-00ga qadar 4-son jazoni ijro etish koloniyasi
hit
upd
new

4 - son jazoni ijro etish koloniyasidagi seminarimiz!
2024-yil 23-iyul kuni soat 09-00 dan 09-30ga qadar 4-son jazoni ijro etish koloniyasi
hit
upd
new

Ishimizda yangicha yonalish!
Maktablar va “Sensorika” IT o‘quv markazi o’rtasida memorandum imzolanmoqda.
hit
upd
new
Frilanserlar
Yangiliklar

"Orzularini kodga aylantirayotgan " — yosh

Kompyuter sohasida yetuk - mutaxassis bo‘lish.

"Kelajakdagi maqsadim - yetuk IT mutaxassisi"

IT — kelajak asosi | Maktabgacha ta’limdan

30-MTMda sun’iy intellekt bo‘yicha yangi bosqich!

“Yosh dasturchining izlanishlari va kelajak

Tarjima.ai - Hujjatlarni tarjima qilish

Men Razzoqov Javohirman

Men Adizjonova Sabina

MA'NAVIY-MA'RIFIY TAYYORGARLIK MASHG‘ULOTI

