Sun’iy intellektni joriy etish – davr talabi
“SENSORIKA IT” –O’quv markazi rahbariyati Navoiy viloyati Ichki Ishlar boshqarmasi Jamoat Havfsizligi Xizmati Yo’l harakati Havfsizligi Boshqarmasiga tashrif buyurdi!
Axborot texnologiyalari rivojlanishi natijasida sun’iy intellekt reallikka aylandi va shiddat bilan hayotimizga kirib keldi. Hozirda biz foydalanayotgan ko‘plab dasturlar, jumladan, mobil qurilmalarning barchasi sun’iy tafakkur mahsulidir. Ularni yaratish va yig‘ish jarayonida ham maxsus robotlarning beminnat xizmatidan foydalaniladi. Aniqrog‘i, bir robotni yaratish uchun boshqa bir robot ishlatiladi.
Shu o‘rinda savol tug‘ilishi tabiiy. Sun’iy intellekt odamlardan ishini tortib olib qo‘ymaydimi? Sun’iy intellektning o‘zi odamlarning ishini olib qo‘ymaydi, lekin undan unumli foydalana oladigan boshqa odamlar tortib olishi mumkin. Sun’iy intellektning aynan o‘zidan qo‘rqish kerak emas, balki uni yaxshilab o‘rganish zarur bo‘ladi. Bugungi kunda u ayniqsa media sohasiga shiddat bilan kirib keldi. Tasvir ustida ishlash, montaj qilish kabilarda qo‘l kelyapti. Chet elda shu darajaga chiqdiki, televideniyeda boshlovchilarning sun’iy intellekt shakli yaratilib (avatar), dasturlar olib borilmoqda.
Sun’iy intellektning salbiy jihatlari bormi? Bunday olib qaraganda, salbiy tomonlar hamma narsada bor. Aytaylik, oddiy pichoqdan oshxona anjomi sifatida ham, qurol sifatida ham foydalanish mumkin. Sun’iy intellekt ham nima maqsadda, kimning qo‘lida ishlatilishiga qarab foydali yoki zararli bo‘lishi mumkin.
![]() | ![]() | ![]() |
Yana shunga e’tibor qaratish lozimki, sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda. Sun’iy intellekt texnologiyalarining eng katta ta’siri ofis ishlariga to‘g‘ri keladi, chunki generativ sun’iy intellekt ko‘plab vazifalarni avtomatlashtirish qobiliyatiga ega.
Xalqaro mehnat tashkiloti va Polsha Milliy tadqiqot instituti tomonidan o‘tkazilgan yangi qo‘shma tadqiqotga ko‘ra, sun’iy intellektdan foydalanishning eng katta ehtimoliy natijasi – insonni kompyuter bilan to‘liq almashtirish emas, balki mehnat jarayonining transformatsiyalanishi bo‘ladi.
Qayd etilishicha, sun’iy intellekt mehnat bozorida erkaklar va ayollarga turlicha ta’sir ko‘rsatadi. Dunyodagi ish o‘rinlarining qariyb 25 foizi potensial ravishda sun’iy intellekt ta’siriga uchraydi. Rivojlangan davlatlarda ushbu ko‘rsatkich 34 foizga teng. Shu bilan birga, uning ayollar faoliyatiga ta’sir ko‘rsatish ehtimoli yuqori.
Sun’iy intellekt turli sohalarda, masalan, tibbiyotda ham foydali bo‘lishi mumkin. Tasavvur qiling, maxsus dasturga sog‘lig‘ingizga oid shikoyatlarni yozib bersangiz, u sizga tashxis qo‘yadi. Ya’ni, qanday davolanish yo‘llarini ko‘rsatib beradi va kerakli shifokorga yo‘naltiradi. Albatta, sun’iy intellekt haqiqiy shifokorlarning o‘rnini egallamaydi va bu haqda o‘zi ham aytadi.
U kasalingizni aniqlab, davolanish uchun qaysi shifokorga murojaat qilishni tavsiya qiladi.
Shuningdek, u maqolalar yozishda, juda yirik bazadagi ma’lumotlarni tahlil qilishda qo‘l keladi. Sun’iy intellekt matnlar, suratlar, audio va videolar generatsiyasida yordamchi vazifasini bajaradi.
![]() |
Ta’lim sohasida ham uning o‘rni juda ahamiyatli. Masalan, ChatGPTga oyiga muayyan miqdorda pul to‘lab, obuna bo‘lish katta foyda berdi.
U farzandlaringizga turli fanlarda ma’lumotlarni juda ham yaxshi biladigan o‘qituvchi bo‘lishi mumkin. Sun’iy intellekt avval bolaning fanni bilish darajasini aniqlaydi va har bir bolaga mos dasturni tuzib beradi, fanni o‘rgatadi.
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, sun’iy intellektning salbiy tomonlari ham bor. Masalan, taniqli shaxslarning, tadbirkorlarning yuzlari va ovozlarini ishlatib, ularning qiyofasida odamlardan aldov yo‘li bilan pul undirish holatlari bo‘lishi mumkin. Ya’ni, «Biz sizga ko‘p daromad qilish yo‘llarini o‘rgatamiz, buning uchun shu havolaga o‘ting va men sizga qanday boyiganimni o‘rgataman», degan videolar ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo‘lmoqda. Bunday videolar Facebook va Instagramda ko‘p tarqaldi. Afsuski, ko‘pchilik bilmagani va ma’lumotlarni tekshirish imkoni bo‘lmagani uchun aldanib, katta pulga tushib qolganlar ham bo‘ldi. Hozir biz shunaqa zamonda yashayapmizki, har bir ko‘rgan narsamizni albatta tekshirishimiz kerak.




Izohlar (0)
Izohlash
Скачайте также

Mening ismim Soliha
Mening ismim Soliha, 14 yoshdaman, va 1 yildan buyon “Sensorika IT” o‘quv markazida tahsil olib
hit
upd
new

Mening ismim Asilbek
Mening ismim Asilbek. Men 14 yoshdaman va 8 oydan buyon “Sensorika IT” o‘quv markazida tahsil olib
hit
upd
new

Men Ramazonova Mohina
Men Ramazonova Mohina 2007-yilda tug‘ilganman. 2024-yil yanvar oyidan boshlab “Sensorika IT” o‘quv
hit
upd
new

Innovatsion g`oyalar va ularni amalga oshirish
Prezidentimiz ta'kidlaganlaridek, “Innovatsiya - bu kelajak degani. Biz buyuk kelajagimizni barpo
hit
upd
new

Informatsion texnologiyalarni inson hayotida tutgan o‘rni
Bir uylab ko‘ring-chi? Hayotimizga kirib kelgan informatsion texnologiyalardan voz kecha olamizmi?
hit
upd
new
Frilanserlar
Yangiliklar

Sun’iy intellektni joriy etish – davr talabi

"Sensorika" IT - o'quv markazi to'g'risida

Mening ismim Soliha

“Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan

Меня зовут Ильхомов Амирбек Алишерович

Innovatsion g`oyalar va ularni amalga oshirish

Men Ramazonova Mohina

Mening ismim Asilbek

Mashhuraning IT olamiga qadamlari

Меня зовут Хакимов Азизбек