Innovatsion g`oyalar va ularni amalga oshirish
hit
upd
new

Innovatsion g`oyalar va ularni amalga oshirish

0 голосов
     Prezidentimiz ta'kidlaganlaridek, “Innovatsiya - bu kelajak degani. Biz buyuk kelajagimizni barpo etishni aynan innovatsion g'oyalar asosida boshlashimiz kerak. Innovatsion rivojlanish va raqamli iqtisodiyot yo'liga o'tishimiz bejiz emas. Chunki zamon shiddat bilan rivojlanib borayotgan hozirgi davrda kim yutadi? Yangi fikr, yangi g'oyaga, innovatsiyaga tayangan davlat yutadi”. Naqadar ahamiyatli bashoratlar ortidan yurtimizda ham vaqt o’tib borayotgan sayin juda kop ishlar birin -ketin amalga oshmoqda.

     Jumladan Navoiy viloyatida ham Karmana tumani innovatsion hudud qilib belgilangan, Innovatsion hududlar startaplar va tadbirkorlarga hamkorlikda ishlash hamda g'oyalar almashinuvini amalga oshirishlari uchun kovorking markazlaridan ham foydalanish imkoniyatini yaratdi. Innovatsiyalar universiteti faoliyat yuritmoqda. 2-3 kun oldin viloyatimizning Konimex tumani hududida yomg’ir yog’dirish innovatsion loyohasi amalga oshirildi.Yana ko’plab yirik korxonalarda innovatsiya asosida juda ko’p yangiliklar joriy etilmoqda.

     Agar biz bugun dunyoning rivojlanish tendensiyalarini kuzatib, e'tibor qaratadigan bo'lsak, ilmiy-nazariy qarashlar innovatsion g'oyalar, ilg'or texnologiyalar yordamida sanoat, ishlab chiqarish tarmoqlariga faol integratsiya  olib borilayotganini ko'rishimiz mumkin. 
Yangilanayotgan O'zbekistonimizda taraqqiyot sari dadil borar ekanmiz, ilm-fan ravnaqini yangi bosqichga ko'tarish, ilmiy ishlanmalar va tashabbuslarni ishlab chiqarishga tatbiq qilishga katta ahamiyat qaratilmoqda. Bu borada bir nechta muhim hujjatlar ham qabul qilinib hayotimizga joriy qilindi. Bugun jonajon yurtimizda yashovchilarning 60 foizini  tashkil etuvchi yoshlarimizning orasida juda ko’plab iqtidorli yoshlar bor. Ko’plab Innovatsion g’oyalarni, loyihalarni ulardan yaratishmoqda va kelgusida ham yaratishadi.

     Barchamizni nima uchun innovatsion g’oyalar kerak degan savol o’ylantirsa kerak. Dunyo bo’yicha Innovatsiyalar kompaniyalarning bozorda raqobatbardoshligini saqlab qolishlari uchun zarurdir. Texnologiya tez sur'atlar bilan rivojlanayotgan tez o'zgaruvchan dunyoda kompaniyalar doimo o'z mahsulotlari va xizmatlarini yaxshilashning yangi usullarini izlashlari kerak.

     Bugungi kunda innovatsion loyihalarning monoloyihalar, ko'p loyihalar  va megaloyihalar kabi turlari mavjud.
Bugungi kunda dunyoda  aqlli shisha, shaffof  yog’och, energiya tejovchi g'ishtlar, jonli beton, uglerod atomlaridan iborat  bo'lgan Grafenlar(Grafen uglerod atomlaridan tashkil topgan. U qog'oz varag'idan 300 000 marta yupqaroq va po'lat va olmosdan kuchliroq)dan foydalanilmoqda. Kelgusida insoniyatni ochlikdan qutqaradigan innovatsiyalar va texnologiyalar  3D-printerda chop etilgan oziq-ovqatlar, Probirkali go'sht, biomuzlatgichi (gelsimon) ko’plab innovatsion loyihalar hayotimizga kirib keladi. BMT prognoziga ko'ra, 2050 yilga borib dunyo aholisi 9,5 milliarddan oshadi. Barcha odamlarni oziqlantirish uchun oziq-ovqat ishlab chiqarishni 70% ga oshirish kerak bo'ladi.

     Qishloq xoʻjaligi yerlari dunyo yer yuzining 38% ni egallaydi va oʻsishda davom etmoqda, yaʼni kelajakda oziq-ovqat yetishtirish uchun yer yetarli boʻlmasligi mumkin. Ana shunda suzuvchi fermalar qishloq xo’jaligi uchun katta ahamiyatga ega bo’ladi.
Tibbiyotda ekzoskeletlar, raqamli egizaklar, aqlli yuz niqobi, stressga qarshi robot mushuk va hokazolar. Yoki  ekologik ofatlarning oldini oladigan istiqbolli innovatsion texnologiyalar: robot - yadroviy inspektor, oqava suvlarning molekulyar monitoring, Marjon tiplari uchun printer, o'rmon yong'inlariga qarshi tovushli qurollar. Bularni har biri haqida alohida to’xtalish mumkin. Olimlar, kompaniyalar, markazlar, iqtidorli insonlar yaratishmoqda.
Kelgusida innovatsiyalar jamiyat rivojida muhim rol tutadi chunki u jamiyatimizda iqtisodiy o‘sish, turmush sifatini yaxshilash va barqaror rivojlanish kabi muhim imtiyozlarni bizga taqdim etadi. Biroq, ular ijtimoiy tengsizlik, ish joylarini qisqarishi va boshqa bir qator muammolarni va qiyinchiliklarni ham keltirib chiqarishi ehtimoldan holi emas.
Bugun zamonaviy dunyoda biz sun’iy intellekt, interneti, blokcheyn va virtual reallik kabi texnologiyalar jadal rivojlanayotganini ko’rib turibmiz. Bu innovatsiyalar nafaqat turli sohalarni o‘zgartirmoqda, balki jamiyat, iqtisodiyot va atrof-muhitga ham chuqur ta’sir ko‘rsatmoqda.

     Innovatsion g'oyalarni amalga oshirish biznesning ko'lami, hayot aylanish bosqichiga ko'ra tasniflash maqsadga muvofiq bo'lgan muayyan tashkiliy shakllar orqali amalga oshiriladi. Shunday qilib, biznes g'oyasi quyidagi tarzda amalga oshirilishi mumkin:
• yirik kompaniyada innovatsion loyiha shaklida;
• kichik innovatsion biznes orqali;
• kichik biznesdagi innovatsiyalar orqali, innovatsion startap shaklida amalga oshiriladi.
Innovatsiyalar zamonaviy davlatlarning iqtisodiy rivojlanishining asosiy omilidir. Ularni ishlab chiqish va amalga oshirish katta resurslar - mehnat, moliyaviy, tashkiliy resurslarni talab qiladi, ammo tegishli muammolarni hal qilish mamlakat iqtisodiyoti samaradorligini ta'minlash uchun zarurdir.
Yurtimizda ham innovatsion texnologiyalar - mobil Internet, 3D bosib chiqarish, kriptovalyutalardan foydalanish  rivojlanayotganini ko’rishimiz mumkin.

Innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida barcha belgilangan zarur choralarni ko’rish aniq maqsadga etish uchun asosiy zamin bo’ladi.





Информационное сообщение желтое

текст сообщения

Информационное сообщение синее

текст сообщения

Информационное сообщение зеленое

текст сообщения
Izohlar (0)
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Скачайте также
Rustam Rajabboyevichning Sensorikaga tashrifi
Rustam Rajabboyevichning Sensorikaga tashrifi
Ergashev Rustam Rajabovich, Innovatsion rivojlanish agentligining Tijoratlashtirish va
hit
upd
new
O'quv markazimizga raqamlashtirish vazirligi tashrifi
O'quv markazimizga raqamlashtirish vazirligi tashrifi
IT sohasi rivoji va hamkorliRaqamli texnologiyalar vazirligi Navoiy viloyati hududiy sho‘basi hamda
hit
upd
new
Xususiy IT ta'lim markaziga IT Talents dasturi doirasida ilk subsidiya topshirildi
Xususiy IT ta'lim markaziga IT Talents dasturi doirasida ilk subsidiya topshirildi
"ICTWEEK" haftaligi doirasida o‘tkazilgan "IT ta’lim va frilansing" forumida IT sohasida ta’lim
hit
upd
new
Kurolova Kumush o'quvchimizning "IT" olamiga kirib kelishi!
Kurolova Kumush o'quvchimizning "IT" olamiga kirib kelishi!
Men Kurolova Kumush, hozirda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Iqtisodiyot fakultetida
hit
upd
new