Sun'iy intellekt (AI) odamlar tomonidan  va odamlar uchun yaratilgan vositadir…
hit
upd
new

Sun'iy intellekt (AI) odamlar tomonidan va odamlar uchun yaratilgan vositadir…

0 голосов
Sun'iy intellekt (AI) odamlar tomonidan
 va odamlar uchun yaratilgan vositadir…
 
            Aholining kompyuter savodxonligi va Suniy intellektning kelajagi!
 
     Jadallik bilan rivojlanayotgan zamonaviy dunyoda kompyuter va Internetdan foydalanish qobiliyati ijtimoiy moslashuv va jamiyatga integratsiyalashuvning muhim omili ekanligi allaqachon isbotlanib bo’lindi.

     Aholining kompyuter savodxonligi - bu hayotning turli sohalarida kompyuterlar va raqamli texnologiyalardan foydalanish uchun zarur bo'lgan bilim va ko'nikmalarga ega bo'lishdan iborat bo’lgan jarayon. U nafaqat dasturlar va ilovalar bilan ishlash qobiliyatini namoyon qilibgina qolmay, balki axborot bilan ishlash tamoyillarini tushunish, Internet xavfsizligi va raqamli kontentlarni tanqidiy baholash qobiliyatini ham o'z ichiga oladi. Bugungi kunda kompyuter savodxonligi  hayotimizning barcha jabhalariga singib ketgan raqamli texnologiyalar zamonaviy dunyoda samarali ishlash, o‘qish va jamoat hayotida ishtirok etish uchun tobora muhim jarayonga aylanib borayapti.

     Internetdagi ma’lumotlarga ko’ra O‘zbekiston raqamli savodxonlikni rivojlantirishda ijobiy dinamikani ko‘rsatmoqda va bu boradagi xalqaro reytinglarda ancha yuqori o‘rinlarni egallab turibdi.

     Kompyuter savodxonligini  yoshlarga o’rgatish borasida Navoiy  shahridagi “Sensorika IT” o’quv markazi ham bir qancha ishlarni amalga oshirib kelmoqda. Shu yo’nalish bo’yicha 4 oylik kurs mavjud. Har yili yuzlab o’quvchilar o’z savodlarini chiqaradilar.
Bizdagi kompyuter savodxonligi kursiga  besh modul asosida talim beriladi.

Modul 1. Kompyuter qanday ishlaydi. Operatsion tizimlar bilan ishlash asoslari. ...
Modul 2. Matnni qayta ishlash asoslari. ...
Modul 3. Elektron jadvallar bilan ishlash. ...
Modul 4. Taqdimotlar bilan ishlash. ...
Modul 5. Internet va telekommunikatsiyalar bilan ishlash asoslari.

     Kompyuter savodxonligining ahamiyati nimadan iborat? Bu har bir foydalanuvchiga ish va o'qish samaradorligi, kompyuter texnologiyalarini bilish unumdorlikni oshirish, vazifalarni bajarishni soddalashtirish va ta'lim resurslaridan foydalanishni yaxshilash imkonini beradi.
Shu kunlarda va kelajakda ham kompyuter savodxonligi zamonaviy raqamli jamiyat hayotida ishtirok etish, ma'lumot olish, davlat va tijorat tuzilmalari bilan muloqot qilish va o'zaro hamkorlik qilish uchun zarurdir.
Bugungi kunda raqamli texnologiyalarni o'zlashtirish tanqidiy fikrlash, mantiqiy va tahliliy ko'nikmalar kabi bilim olish qobiliyatlarni rivojlantirishga yordam beradi.

     Kompyuter savodxonligi asoslariga nimalar kiradi? - bu shaxsiy kompyuterda ishlash, Internet xizmatlaridan foydalanish va davlat va kommunal xizmatlarni elektron shaklda olish asoslaridan iborat. Kompyuter har birimizning ijodiy qobiliyatlarimizni ochib berishga (musiqa chalish, kitob yozish, onlayn kundalik yuritish, rasm chizish, grafika va h.k.) yoki oddiygina kundalik hayotni osonlashtirishga imkon beradi (Internetda kerakli ma'lumotlarni qidirish, kerakli hujjatlarni chop etish, matn terish). 

     Kundan - kunga sun'iy intellekt  hayotimizga jadallik bilan kirib kelmoqda. Butun dunyoda bo’lgani kabi O’zbekistonda ham axborotlashtirish va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish orqali 2030 yilga qadar innovatsion taraqqiy etgan davlatlar qatoridan o’rin egallash ustuvor vazifa sifatida belgilangan.  Bu borada davlat miqyosida bir qancha qaror va dasturlar  qabul qilindi. “Aqlli shahar”, “Xavfsiz shahar”, “Raqamli Toshkent”, “Aqlli maktab”, “Monterra” ekin maydonlarining holatini baholovchi platformalarini ishga tushirish borasida ish olib borilmoqda. 

     Agar tahlillarga qaraydigan bo’lsak sun'iy intellekt dunyo bo’yisha mehnat bozorini o'zgartirmoqda: ba'zi kasblar yo'q bo'lib ketmoqda, boshqalari o'zgartirilmoqda, uchinchisi esa endigina paydo bo'lmoqda. WEF (Jahon iqtisodiy forumi)  ma'lumotlariga ko'ra, 2030 yilga borib sun'iy intellekt 11 million yangi ish o'rni yaratadi, ammo avtomatlashtirish 9 million ish o'rni yo'qolishiga olib kelishi mumkin. 

     WEF (Jahon iqtisodiy forumi) hisobotiga ko'ra, mehnat bozorining o'zgarishiga uchta asosiy omil sabab bo'ladi: robototexnika va avtomatlashtirish, energiya ishlab chiqarish va saqlash texnologiyalari, AI va ma'lumotlarni qayta ishlash. Shu bilan birga, Stenford universiteti tomonidan so‘ralgan respondentlarning 31 foizi sun’iy intellekt  ish bilan bandlikka ijobiy ta’sir ko‘rsatishiga ishonadi.
WEF hisobotiga ko'ra, kelgusida ish beruvchilarning yarmi o'z bizneslarini sun'iy intellekt ta'siriga qayta yo'naltirishni rejalashtirmoqda, uchdan ikki qismi esa tegishli ko'nikmalarga ega xodimlarni yo’llashni xohlaydi. Shu bilan birga, kompaniyalarning 40 foizi vazifalarni avtomatlashtirish mumkin bo'lgan lavozimlarda ishdan bo'shatishni kutmoqda.

     Xulosa qilib aytganda sun'iy intellektning asosiy vazifalaridan biri inson tasavvur eta olmaydigan narsalarni buyruqlar asosida tasvirlab berishdan iboratdir. sun'iy intellekt, zamonaviy texnologiyalar, ChatGPT, Bing, AI, chat-botlar, «deepfake», «midjourney», « super sun'iy intellekt» kabi terminlarga allaqachon ko’nikish vaqti keldi. Bugun sun'iy intellekt hamma joyda hoziru nozir. Xususan u internet, ijtimoiy tarmoq, aqlli gadjetlardan tortib Siri,Alisa, Google assistant kabi  personal virtual yordamchilar va boshqa ko’plab kundalik foydalaniladigan dasturlarda yetakchi hisoblanadi. Insonlar bir necha tilda  erkin “gaplasha oladigan” Chat GPT texnologiyasi «mijozi»ning talabiga asosan inshodan tortib, hikoya va diplom ishigacha, har qanday mazmundagi xatlargacha yozib berishi mumkin. Uning yana bir afzalligi shundaki u har qanday savolga javob berib, insonlar bilan erkin muloqot qila oladi.

     Xullas haydovchisiz boshqariladigan mashinalar, virtual suhbatdoshlar, global qidiruv tizimlari, talabalarga kurs ishini beminnat yozib beruvchi yordamchi chat-botlar... Bu ro‘yxatni uzoq davom ettirish mumkin. Ular tobora raqamlashib borayotgan hayotimizning har jabhasida hoziru nozir.
Asosan qaysi sohalar sun’iy intellektdan foyda ko‘radi?
 
     Sog‘liqni saqlash. Kasalliklarni tashxislash, tibbiy tasvirlarni tahlil qilish va hatto yangi dori-darmonlarni ishlab chiqishda yordam beradi.
Moliya. Moliyaviy texnologiyada sun’iy intellektdan foydalanish firibgarlikka qarshi kurashda yordam beradi, mijozlar xizmatini yaxshilaydi va xavflarni boshqaradi.

       Ta’lim. Moslashuvchan ta’lim platformalari talabalarga shaxsiylashtirilgan topshiriq va resurslarni taqdim etish orqali o‘ziga mos tezlikda o‘rganishga yordam beradi.

     Shunday qilib, kompyuter savodxonligining taqdim etilgan ta'riflarini umumlashtirib, shuni xulosa qilishimiz mumkinki, kompyuter savodxonligi tushunchasi shaxsiy kompyuter bilan ishlash, elektron matn, elektron jadvallar bilan ishlash, kompyuter dasturlaridan foydalanish, taqdimotlar va ma'lumotlar bazalarini yaratishdan iborat ekan.

     AIning ta'siri so'nggi 30 yil ichida Internet va raqamli transformatsiyaning ta'siridan kam bo'lmaydi. Bundan tashqari, 30 yildan so‘ng raqamli kanallardan axborot olishga odatlangan raqamli avlod siyosat, iqtisodiyot, biznes, ijtimoiy sohani boshqara boshlaydi. Sun'iy intellektni atom energiyasi bilan taqqoslash mumkin. Ikkalasidan ham tinch va harbiy maqsadlarda foydalanish mumkin.
Sun'iy intellekt (AI) odamlar tomonidan va odamlar uchun yaratilgan vosita ekanligini tushunish muhimdir. Uning rivojlanishi ham ulkan imkoniyatlar, ham jiddiy xavflarni keltirib chiqaradi. Kelgusi yillarning asosiy vazifasi innovatsiyalar va xavfsizlik, iqtisodiy samaradorlik va ijtimoiy adolat o'rtasidagi muvozanatni topishdan iborat bo'ladi.   

Информационное сообщение желтое

текст сообщения

Информационное сообщение синее

текст сообщения

Информационное сообщение зеленое

текст сообщения
Izohlar (0)
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив