Xakerlar o’zi kimlar? Kompyuter xakerlari - bu kompyuter tarmoqlari va tizimlaridagi zaifliklarni aniqlaydigan va ularga ruxsatsiz kirish uchun foydalanadigan odamlar. Ularning maqsadi pul ishlash, maxfiy ma'lumotlarga kirish, qurilmalarni viruslar bilan zararlash, joylardagi kompyuter infratuzilmalarini o'chirish va hokazolardan iborat. Xakerlar har yili kompaniyalar va jismoniy shaxslarga trillionlab dollar zarar yetkazadi.
Eng muvaffaqiyatli xakerlik hujumlari asosan viruslardan foydalanishni o'z ichiga oladi. Muvaffaqiyatli kiberhujumlarning 64 foizi zararli dasturlardan foydalanishar ekan. Mutaxassislarning ta'kidlashicha, zararli dasturlardan foydalangan holda hujumlar soni o'sishda davom etmoqda.
Rossiyada mashinistsiz poyezdlar
Rossiya uzoq masofalarga mashinistsiz poyezdlarni ishga tushirish sanasini e’lon qildi. Rossiya temir yo'llari: 2030 yilda mashinistsiz uzoq masofali poyezdlar ishga tushirilishi mumkin. Avvaliga haydovchi poyezd kabinasida harakat xavfsizligini nazorat qilish uchun zarur bo'lgan zaxira uchun o'tiradi. Joriy yil avgustida mashinistsiz boshqariladigan "Lastochka" poyezdini ishga tushirdi. Kabinada o’tirgan mashinist faqat eshiklarning ochilishi va yopilishini nazorat qiladi.
Endi ko’zi ojizlar ham ko’rishi mumkin
Amerikaning Neuralink kompaniyasining yangi Blindsight implanti tug‘ma ko‘zi ojiz odamlarga ko‘rish imkonini beradi. Bu haqda milliarder Ilon Mask o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi akkauntida bu yangilik haqida ma’lum qildi.
“Agar miyaning ko‘rish po‘stlog‘i shikastlanmagan bo‘lsa, u hatto tug‘ilgandan ko‘zi ojiz bo‘lganlarga ham ko‘rish imkonini beradi”, — dedi tadbirkor yangi mahsulot haqida.
Uning so'zlariga ko'ra, ishlanma ko'zlari va optik asabini yo'qotganlarning ko'rish qobiliyatini tiklashga yordam beradi.
Avvalroq Mask yaqin yillarda millionlab odamlarning miyasiga chiplar o‘rnatilishini aytgan edi.
Dubay raqamli texnologiyalar borasida oldinda
Dubay raqamli innovatsiyalar sohasida jahon yetakchisi hisoblanadi. Dubayda MENA mintaqasidagi eng yirik axborot-kommunikatsiya texnologiyalari parki joylashgan bo‘lib, 1600 ta kompaniyada 15 000 kishi ishlaydi. Amirlik bu borada inqilobiy texnologiyalarga asoslangan raqobatbardosh iqtisodiyotga ega aqlli shaharga aylanishni maqsad qilgan. Hozirgacha Smart Dubai hukumat departamenti shahar bo'ylab 130 dan ortiq raqamli loyihalarni amalga oshirdi.
Ushbu loyihalarni amalga oshirish pulni tejash, vaqtdan unumli foydalanish va atrof-muhitga ta’sirini kamaytirish imkonini beradi.
Izohlar (0)
Izohlash
Скачайте также

4 - son jazoni ijro etish koloniyasidagi seminarimiz!
2024-yil 23-iyul kuni soat 09-00 dan 09-30ga qadar 4-son jazoni ijro etish koloniyasi
hit
upd
new

Kompyuter savodxonligi- nima? U bolalarimizga kerakmi?
Hurmatli ota-onalar! Jadallik bilan rivojlanayotgan jamiyatimizda tez orada hech qanday kasb
hit
upd
new

Texnologiyalar, fan, kelajak informatsion texnologiyalari, internet yangiliklari haqida bilishni istasangiz biz bilan birga bo‘ling!
ternetdagi ijtimoiy tarmoqlar, saytlarning xabarlariga ko’ra, faqat odamlar o‘zgarishlarga
hit
upd
new

Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov SENSORIKA o'quv markaziga tashrif buyurdi.
Navoiy viloyat hokimi Normat Tursunov bilan birga viloyat sektor rahbarlari tashrifi.
hit
upd
new
Frilanserlar
Yangiliklar

Меня зовут Хакимов Азизбек

Hello! My name is Dilmurodov Asilbek

Saloxiddinning yutuqlari!

Diqqat: DeepSeek ChatGPT bilan raqobatda

Salom, mening ismim Dilnoza

Ishimizda yangicha yonalish!

Men Malikov Xondamir xalqaro sertifikatga ega

21-mart Navro`z bayrami munosabati bilan

8 mart bayrami munosabati bilan “Sensorika

Xakerlar kimlar? xakеrlar haqida nima bilamiz?