hit
upd
new
Texnologiyalar, fan, kelajak informatsion texnologiyalari, internet yangiliklari haqida bilishni istasangiz biz bilan birga bo‘ling!
Robotlar odamlarni boshqaradimi yoki odamlar robotlarni boshqaradimi?
Internetdagi ijtimoiy tarmoqlar, saytlarning xabarlariga ko’ra, faqat odamlar o‘zgarishlarga tayyorlanishga ulgursagina robotlar insoniyat hayotini yaxshilashi, ochlik bilan kurashishi va umr ko‘rish davomiyligini oshirishi mumkin bo’lar ekan.
Xitoy 2025 yilga borib robotlarni ommaviy ishlab chiqarish rejalarini e'lon qildi, chunki Ilon Maskning Tesla kompaniyasi va boshqa G'arb kompaniyalari o'z androidlarini ishlab chiqarish uchun kurashmoqda.
Taniqli Goldman Sachs investitsiya kompaniyasi gumansimon (gumanoid) robotlarni 2025 yildan 2028 yilgacha fabrikalarda, 2030-2035 yillarda esa boshqa faoliyat sohalarida ommaviy ravishda qo‘llanila boshlashini bashorat qilmoqda.
Amazon yaqinda o‘z markazlaridan birida odamsimon robotni sinovdan o‘tkazdi. Mutaxassislarning fikricha, 2035 yilga borib bunday mashinalar jamiyat va jahon iqtisodiyotiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Texnologik taraqqiyot va ko‘lamning ortib borishi hisobiga qulay narxda androidlarni ommaviy ishlab chiqarish mumkin bo‘ladi va kelajakda sanoat, sog‘liqni saqlash, qurilish, transport, mehmondo‘stlik va boshqa ko‘plab sohalarda turli turdagi robotlardan foydalaniladi. Ular mahsuldorlikni oshirishi, sifat nazoratini yaxshilashi va takrorlanadigan yoki xavfli vazifalarni hal qilishda yordam berishi mumkin.
Kelajakda robotlar odamlarni yuzlari va ovozlaridan taniydi. Sun'iy intellekt texnologiyalari robotlarga mustaqil ravishda qaror qabul qilish va harakat qilish imkonini yaratib beradi.
Robot inson mehnatini qisman yoki to'liq almashtirib, ishlab chiqarish va boshqa operatsiyalarni mustaqil ravishda amalga oshirishi mumkin.
Robotlar kelajakda odamlar o'rnini bosadigan 12 ta kasb va sohalar qaysilar ekanini bilasizmi?
Bular orovul, avtobus va taksi haydovchilari, askarlar, shifokorlar, kuryerlar, sotuvchilar, ishlab chiqarish va farmatsevtika , regestratorlar, buxgalteriya ishlari, mijozlar bilan ishlovchi mutaxassislar, analitiklar o’rnida robotlar ishlashi sizni tashvishga solmayaptimi?
Robotlarning besh turi mavjudligini bilib olamiz..
1. Dasturlashtirilgan robotlar - oddiy vazifalarni bajara oladi. Avtomobil sanoatida payvandlash uchun ishlatiladigan mexanik qo'l oldindan dasturlashtirilgan robotga misoldir.
2. Gumanoid robotlar - odamga o'xshash harakatlarni bajara oladi. Ular odamga o'xshaydi va inson harakatlariga taqlid qiladi. Sophia Hanson Robotics (2015 yilda Gonkongning Hanson Robotics kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan ayol (ginoid) shaklidagi insonsimon robot. U inson xatti-harakatlarini o'rganish va moslashish, odamlar bilan ishlash uchun mo'ljallangan. Sofiya bilan butun dunyo bo'ylab ko'plab uchrashuvlar o'tkazilgan) insoniy robotlarning ajoyib namunasidir. Bu robot hattoki, termal tasvir kamerasi yordamida haroratni o'lchash va keksa odamlar uchun ertalabki mashqlarni o'tkazish ishlarini ham bajaradi.
3. Boshqariladigan robotlar - bu robotlarni odamlar boshqaradi. Ular odamlar ishlay olmaydigan ekstremal sharoitlarda vazifalarni bajaradilar. Inson tomonidan boshqariladigan suv osti kemalari yoki dronlar tele-boshqariladigan robotlarga misol bo'la oladi.
4. Avtonom robotlar inson aralashuvini talab qilmaydigan mustaqil robotlardir. Ular topshiriqlarni mustaqil bajaradilar. Roomba changyutgichi bunga misol bo'ladi. U uy atrofida erkin harakat qilish uchun sensorlardan foydalanadi.
5. Ko'paytirish (augment) robotlari - samarasiz qismni almashtirish orqali inson imkoniyatlarini oshirishdan iborat. Ko'paytirish robotlarining ba'zi misollari protez oyoq-qo'llari yoki ekzoskeletlaridir.
Xulosa qilish mumkinki ilgari odamlar tomonidan bajarilgan iahlarni robotlar ancha yaxshi, tezroq va samaraliroq bajara olishadi.
Ammo robotlarning hayotimizga kirib kelishi yaxshi ammo ularning ishlashiga, ular bilan ishlashga biz tayyormizmi?
Shu haqidagi bilimlarni oshirishingiz uchun sizga “Sensorika” o‘quv markazi yaqindan turib yordam beradi.
Siz har qanday ishda axborot texnologiyarini nazariy jihatdan o’zlashtirmasangiz oldingizga qo’ygan rajalaringizga erisha olmaysiz.
Izohlar (0)
Izohlash
Скачайте также
Frilanserlar
Yangiliklar
O'quvchimiz Dinorbekning yutuqlari haqida!
Navoiy viloyati So’g’liqni saqlash boshqarmasiga
Sensorika IT-o‘quv markazida bitiruv kechasi!
“SENSORIKA” O‘QUV MARKAZI RAHBARIYАTINING BAYRAM
Buni o’qing…qiziq
Xususiy IT ta'lim markaziga IT Talents dasturi
"Bir million dasturchi" loyihasi, yoshlar uchun
Ravshanova Malika o`quvchimizning biz haqimizdagi
Kompyuter savodxonligi- nima? U bolalarimizga
Texnologiyalar, fan, kelajak informatsion