Kompyuter hayotimiz uchun zarurmi?
hit
upd
new

Kompyuter hayotimiz uchun zarurmi?

3 голоса
Insoniyat kelajagini kompyuterlar belgilaydi, dedi amerikalik tadbirkor va milliarder Ilon Mask.
 
 
Kompyuter hayotimiz uchun zarurmi? Biz nega unga bog‘lanib qoldik?
 
Bugun dunyo bo‘yicha yetti yoshdan yetmish yoshgacha bo‘lgan aholining barchasi har kuni kompyuterni yanada ko‘proq o‘zlashtirishga, undagi imkoniyatlardan keng foydalanishga harakat qilmoqda. Hayotimizdagi juda ko‘p ishlarni kompyuter orqali bajarilishi yaxshimi yoki yomon? Keling, yaxshisi birinchi kompyuter so‘zining o‘zi ma'nosi nimani anglatadi? degan savolga javob topib olaylik.
Kompyuter - hisoblashlarni bajarish, shu jumladan elektron shakldagi axborotni oldindan belgilangan algoritm bo‘yicha qabul qilish, qayta ishlash, saqlash va ishlov berish uchun mo‘ljallangan elektron mashina. Kompyuter so‘zi 1613 yilda hаyotimizga kirib kelgan. Bu so’z ingliz tilidan olingan bo‘lib, “hisoblash”, “hisoblagich” degan ma'nolarni bildiradi.
 
Kompyuterlar hayotimizning bir qismi bo'lib qolmoqda....
 
  Kompyuterlar uzoq vaqtdan beri hayotimizning bir qismi bo'lib kelmoqda. Ular dunyoni va odamlarning imkoniyatlarini tubdan o'zgartirdi.Kompyuter ishlashimizni ancha osonlashtirdi. Bugun jamiyatimizning qaysi bir jabhasiga nazar solmang hammasida asosiy ishlar kompyuter orqali bajarilishi vaqtimizni tejashni, ko‘proq ish bajarishimizga imkoniyat yaratmoqda. Avtomobillar, samolyotlar, bino va inshoatlar, ko‘prik va shu kabilarning konstruktsiyasini yaratish, tovar va xom – ashyo, jihoz va uskunalarni avtomatlashtirish jarayonlari; tekshirish va tahlil, magazin va savdo shahobchalarida, qishloq xo‘jaligi, san'at sohasida, qonun himoyasi va harbiy masalalarda, tibbiyot sohasida, hujjatlarni tayyorlash; elektron pochta; ma'lumotlar bazasi va ishlab chiqarish jarayonlarini ro‘yxatga olish va boshqalarda kompyuter allaqachon yaqin yordamchimizga aylanib bo‘lgan.
Birinchi kompyuterlar faqat hisoblash uchun yaratilgan. Hatto eng ibtidoiy kompyuterlar ham bu sohada bizdan bir necha marta ustun bo’lgani sir emas.
     Kompyuter yordamida har bir undan foydalanuvchi mehnat vazifalari bajariladi, o'qishni amalga oshiriladi, biznes va shaxsiy aloqalarini amalga oshiriladi. Hatto dam olish ham ushbu texnologiya bilan bog'liq, chunki filmlarni tomosha qilish, kitob o'qish va musiqa tinglash kompyuter va Internet tufayli mumkin bo'ldi.
Shu erda o’rinli bir savol tug’iladi: Maktab o'quvchisi uchun kompyuter qanchalik foydali?
 
     Psixologlarning qayd etishicha, kompyuter bilan ishlash diqqatni, mantiqiy va mavhum fikrlashni rivojlantiradi. Kompyuter o'yinlari bolalarga mustaqil qaror qabul qilishni o'rganishga yordam beradi, shuningdek, bir harakatdan ikkinchisiga tezda o'tadi.
Kompyuterlar va gadjetlar ta'lim olish imkoniyatini yaxshiladi, masofaviy ishlash imkonini berdi, ijtimoiy aloqalarni mustahkamladi, ko'ngilochar turlarini kengaytirdi, ish samaradorligi va unumdorligini oshirdi va ilmiy tadqiqotlarni tezlashtirdi. Shu sababli ham maktablarimizda kompyuter savodxonligi o’rgatilmoqda.
     Siz allaqachon kompyuteringizdan hujjatlarni chop etish, elektron pochta xabarlarini yuborish, kompyuter o'yinlarini o'ynash va internetni ko'rib chiqish uchun foydalanishingiz mumkinligini bilib olgansiz. Shuningdek, siz kompyuterda elektron jadvallar, taqdimotlar va hatto videolarni tahrirlashingiz yoki yaratishingiz mumkin.
Kompyuter bizning hayot tarzimizni isloh qildi.
 
Kompyuter jamiyatga juda katta ta'sir ko'rsatmoqda. U bizning hayot tarzimizni isloh qildi. Kompyuterdan foydalanish hayotimizning har bir qismiga ta'sir qiladi.

Odamlar oddiy kundalik ishlarni tez va oson bajarish uchun kompyuterlardan foydalanadilar. Shaxsiy kompyuterdan foydalanish qiyin vazifani osonlashtiradi. Kompyuter, shuningdek, vaqtni, energiyani tejaydi va muayyan vazifani bajarish uchun umumiy xarajatlarni kamaytiradi.
Ko'pgina tashkilot, korxona, muassasalar, kompaniyalar o'z mijozlarining hisoblarini yuritish uchun kompyuterlardan foydalanishmoqda. Banklar yozuvlarni saqlash va moliyaviy almashinuvlarni amalga oshirish uchun kompyuterlardan foydalanishi hech kimga sir emas.
Bugun butun dunyoda bo’lgani kabi Navoiyda ham  har birimiz  kompyuterdan hisob-kitoblarni to'lash, bo'sh vaqtlarda film tomosha qilish, musiqa tinglash, o'yin o'ynash yoki shunchaki tanish odamlari bilan suhbatlashish uchun ham unga murojaat etamiz.
Ijtimoiy tarmoqlar  Facebook, «ВКонтакте», «Одноклассники», Linkedin, Google Plus, Telegramm va boshqa ko’plab saytlar  aloqa va ma'lumotlarni almashish uchun foydalanayapmiz.

Kompyuter aql bovar qilmaydigan darajada foydali qurilma sifatida biz undan Internetdagi barcha turdagi ma'lumotlarga ega bo'lish uchun foydalanishimiz mumkin.

Agar eslasangiz birinchi kompyuterlarning og'irligi bir necha tonna bo'lib, butun xonalarni egallagan va ularga o'nlab muhandislar xizmat ko'rsatgan. Ammo integral mikrosxemalar ishlab chiqarishga kiritilgandan so'ng, keskin texnologik o’zgarishlar bo’ldi. 1965 yildan beri Mur qonuni ishlay boshlaydi (muhandis va INTEL kompaniyasining ham muallifi)  Kompyuterlar hajmi tez sur'atlar bilan kichrayib bormoqda va ularning imkoniyatlari ham xuddi shunday tez o'sib bormoqda ekan har birimiz undan samarali va unumli foydalanaylik.
 
Yaqin kelajakda   klaviatura va displeysiz kvantli, optik moslashuvchan  kompyuterlar hayotimizga kirib keladi. Kvant kompyuterlarini qo‘llash hisoblash dasturlarining tezkorligini minglab marotaba oshirish imkonini beradi. Ikkilik tizimda (mantiqiy 0 va 1) ishlaydigan bitlarga asoslangan klassik kompyuterlardan farqli o'laroq, kvant kompyuterlari bir vaqtning o'zida bir nechta holatda bo'lishi mumkin bo'lgan (bit o’rniga)  kubitlardan foydalanadi. Eng kuchli superkompyuter ham yechimni aniqlash  uchun 10 000 yil sarflaydigan matematik masalani kvant kompyuteri 3,5 soniyada yechib beradi ekan. Amaldagi teznikalar bunda yuz baravar kichrayadi. Xususan, agar odam Parkinson kasalligiga chalingan bo'lsa, shikastlangan miya neyronlarida signallarni uzatish funktsiyalarini o'z zimmasiga oladigan no'xat o'lchamli kompyuterni inson tanasiga joylashtirish mumkin bo'ladi. Tez orada hattoki klaviaturalar o’rniga ovoz orqali buyruq berilib ish bajariladi. Ovozli buyruqlardan keyin aqliy ravishda yuborilgan buyruqlar bilan ish bajariladi ekan. Kvant kompyuterlari yaqin kelajagimizda inqilob yasashi shubhasiz.
 
“SENSORIKA EDUCATION” IT oʻquv markaziga tashrif buyrgan har bir mijozlarga  ham individual ravishda kompyuter nima, u qanday ishlaydi, undan foydalanish afzalliklfri haqida batafsil ma’lumot beriladi.
 

Информационное сообщение желтое

текст сообщения

Информационное сообщение синее

текст сообщения

Информационное сообщение зеленое

текст сообщения
Izohlar (0)
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив