hit
upd
new
Ta’lim va axborot texnologiyalari sohasi istiqboli mavzusida davra suhbati o'tkazildi.
Ta’kidlash kerakki, pandemiya barcha sohalar singari, ta’lim tizimiga ham o‘z ta’sirini o‘tkazdi. UNESCOning ma’lumotiga ko‘ra, dunyo bo‘yicha 1,7 milliard o‘quvchi darslar to‘xtatilgani bois an’anaviy o‘qishdan mahrum bo‘lishdi. Shundan so‘ng avval ishlamagan, joriy etilsa-da, foydalanilmay turgan zamonaviy texnologiyalarni keng ko‘llashga majbur bo‘lindi. Ta’lim muassasalarining aksariyati to‘liq raqamli ta’limga o‘tishdi.
Bugun ta’lim muassasalari an’anaviy ta’limga o‘tgan bo‘lsa-da, axborot texnologiyalari imkoniyatidan keng foydalanish, sohani raqamlashtirish ustuvor vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda. Ko‘plab oliy ta’lim muassasalari talabalar va o‘quvchilar uchun virtual ta’lim tizimlarini ishga tushirdi. Masalan, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida maktab va akademik litsey o‘quvchilari, talabalar va AT sohasida bilim olishni xohlovchilar uchun virtual ta’lim yo‘lga qo‘yildi. Boshqa oliy ta’lim muassasalarining rasmiy veb-saytlarida ham masofaviy ta’lim platformalari, mobil telefon va planshetlar uchun Google Classroom, Ereader ilovalari ishga tushirilib, onlayn darslar tashkil etilmoqda.
Individual foydalanish uchun elektron darsliklar keng joriy etilmoqda. Muhimi, masofaviy ta’lim va zamonaviy ta’lim texnologiyalari bilim olish imkoniyatini kengaytiryapti. O‘quvchi yoki talaba o‘ziga qulay vaqtda, uyidan chiqmasdan turib, individual o‘qituvchidan saboq olyapti. Imtihonlar ham masofadan turib o‘tkazilmoqda.
Bugun ta’lim tizimida keng qo‘llanilayotgan raqamli texnologiyalarning qanchalik samara berayotganini ko‘pchiligimiz ko‘rib, his qilib turibmiz. O‘zingiz o‘ylang, bir paytlar mamlakatimizning chekka bir hududi¬da yashaydigan abituriyent poytaxtdagi qaysidir oliy o‘quv yurtiga hujjat topshirishi uchun kelib-ketishida qanchalik ovora bo‘lardi. Keyin titul varag‘ini olishi uchun yana, imtihon kuni va imtihon javobi chiqqandan keyin yana va yana Toshkentga borishiga to‘g‘ri kelardi. Bu sargardonlik uchun qan¬cha vaqt, qancha mablag‘ ketishini faqat shunday kunlarni boshidan o‘tkazganlar biladi. Bugun esa o‘sha kunlar tarixda qoldi. Hozir respublikamizning eng chekka hududida yashaydigan yoshlar ham uyidan chiqmay turib, birvarakayiga 4–5 ta oliy o‘quv yurtiga hujjat topshirishi, imtihon natijalarini ham o‘tirgan joyida bilish imkoni bor.
Avval ota-ona farzandini maktabgacha ta’lim tashkilotiga joylashtirish uchun ko‘plab qog‘ozlar to‘g‘rilashi, bir-necha kun ovora bo‘lib bog‘chaga borishi, kamiga, kimnidir rozi qilishga majbur bo‘lgan bo‘lsa, bugun bola elektron ro‘y¬xatga olinyapti. Navbati kelgach, yashash joyiga yaqin hududdagi MTTga joylashtiriladi. Yaqin kunlarda umumiy o‘rta ma’lumot to‘g‘risidagi shahodatnomalarning ham elektron shaklda berilishini ana shunday qulayliklar sirasiga kiritish mumkin. Joriy etilayotgan tartibga ko‘ra, 9 va 11-sinf bitiruvchilariga beriladigan elektron shahodatnomalar o‘zbek va ingliz tillarida bo‘ladi. Bitiruvchilar shahodatnomani elektron platformadan shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kiritish orqali bepul yuklab oladi. Endi o‘zingiz o‘ylang, bu kabi qulayliklar evaziga budjetning qancha mablag‘i, qancha qog‘oz va vaqt tejaladi?! Korrupsiya degan illat kamayib, shaffoflik yuzaga keladi. Bularning hammasi ta’lim sohasiga joriy etilayotgan axborot texnologiyalari samarasidir.
Maktab ta’limida oxirgi yillarda bo‘lgan eng katta o‘zgarish sifatida o‘quvchilarni baholash jarayoni onlayn platformaga o‘tkazilgani va shu sabab qog‘oz jurnal, kundaliklardan voz kechilganini aytish mumkin. Soha vakillarining aytishicha, bu o‘zgarish qog‘ozbozlikni 70 foizgacha qisqartirgan. Fan olimpiadalari shaffof va haqqoniy tizimga aylantirilganini e’tirof etish mumkin.
Izohlar (0)
Izohlash
Скачайте также
Sensorika o'quv markazida yangilanish
Bugun 06.10.2021 Sensorika Education o'quv markazida katta hursandchilik. Aniqrog'i barcha
hit
upd
new
Frilanserlar
Yangiliklar
“Mening farzandim - IT mutaxassisi” mavzusida
Navoiy shahridagi "SENSORIKA" IT-o'quv markaziga
Navoiy shahri 13-sonli umumta'lim maktabiga
Wi-Fi ni kim ixtiro qilgan bilasizmi?
Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish bo'yicha
O'quvchimiz Dinorbekning yutuqlari haqida!
Navoiy viloyati So’g’liqni saqlash boshqarmasiga
Sensorika IT-o‘quv markazida bitiruv kechasi!
“SENSORIKA” O‘QUV MARKAZI RAHBARIYАTINING BAYRAM
Buni o’qing…qiziq