Hurmatli ota-onalar! Jadallik bilan rivojlanayotgan jamiyatimizda tez orada hech qanday kasb kompyutersiz va Internetsiz ishlamasligini vaqt tasdiqlamoqda. Shu sababli, maxsus dasturlarni bilish va ular bilan ishlash ko'nikmalari asta-sekin o’qish jarayonida, ishga kirishda majburiy talabga aylanib borayotgani hech kimga sir emas.
Shunday ekan, bolangizga bu hayotda o'zining munosib o'rnini egallash uchun kompyuter va Internet sir-asrorlarini o’rganishi uchun ishonchli bolgan “Sensorika” o‘quv markazidan topishiga yordam bering. Biz Sizga har qanday sharoitda yordam berishga tayyormiz.
Keling bir oz bo’lsa-da kompyuter savodxonligining o’zi nima ekanligini bilib olaylik...
Kompyuter savodxonligi - bu kompyuter va boshqa texnologiyalardan samarali va xavfsiz foydalanish qobiliyati demakdir.
Shiddat bilan rivojlanayotgan raqamli asrimizda bolalar uchun kompyuter savodxonligi tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda, chunki kundalik vazifalarning aksariyati hozirda kompyuterlar va mobil qurilmalar yordamida bajarilmoqda. Vaqt ko’rsatayaptiki, bolalar uchun kompyuterning ishlashi haqidagi bilimlar ularni kelajakda muvaffaqiyatli va samarali bo'lishga yordam beradi.
Shubhasiz, ko'plab ota-onalarimizda farzandlari nima uchun kompyuter savodxonligini o'rganishi kerakligi haqida haqli savol tug'ilishi mumkin. Axir, ko'pchiligimiz kompyutersiz o'sganmiz va ularsiz ham o'z vazifalarimizni bajarganmiz. Ammo dunyo o‘zgarmoqda, texnologiya hayotimizning ajralmas qismiga aylanib bormoqda. Shunday ekan biz ham zamondan orqada qolmasligimiz kerak.
Bolalar uchun kompyuter savodxonligi asoslarini bilish nima uchun muhim? Siz buni bilasizmi?
-Kompyuter savodxonligi bolalarning kelajakka ishonchi va muvaffaqiyati ortishiga yordam beradi.
-Hattoki, maktabgacha ta’lim (bog’cha yoshidagi bolalar) tarbiylanuvchilari ham kompyuterdan turli vazifalarni, masalan, o'yin o'ynash, rasm chizish va video tomosha qilish uchun ishlatiladigan qurilma ekanligini anglab olishlari kerak.
-7-8 yoshgacha bo'lgan bola kompyuterni yoqish va o'chirish, shuningdek, sichqoncha va klaviaturadan foydalanishni bilishi kerak.Bular uchun kompyuter savodxonligi qidiruv tizimlaridan foydalanish qobiliyatini bilishlarini ham o'z ichiga oladi.
10 yoshli bolalar uchun esa kompyuter savodxonligi kompyuter, monitor, klaviatura, sichqoncha nima ekanligini va ular qanday ishlashini tushunishni o'z ichiga olishini bilishlari lozim. Xulosa qilib aytganda har bir bola internet nima ekanligini va u qanday ishlashini bilishi davr talabiga aylanmoqda.
11-15 yoshli o'smir kompyuter savodxonligi haqida nimani bilishi kerak?
12 yoshdan 15 yoshgacha bo'lgan o'smir kichik yoshdagi bolalarga qaraganda ancha rivojlangan kompyuter savodxonligiga ega bo'lishlari uchun ota-onalar sharoit yaratib berishlari kerak.
Farzandingizga kompyuter savodxonligini oshirishga yana qanday yordam berish mumkin?
Bolani IT sohasidagi bilimini rivojlantirishga yordam beradigan bir necha usullar mavjud:
1. Maktabda o'qish. Hammamiz bilamizki hozirda barcha maktablarda shu sohada kurslar mavjud, ana shu kurslarda ham bolalarni savodini oshirish mumkin bo’ladi.
2. Onlayn kurslar. Bolalar uchun kompyuter savodxonligi bo'yicha har bir hududda litsenziyasi bor bo’lgan ko'plab kurslar, dasturlar mavjud, bolangizni shu kuraslarga berib ularni bilim olishi uchun imkoniyat yaratishingiz lozim bo’ladi.
Yana bir muhim narsa bu dasturiy ta'minot bilan ishlash. Farzandingizga turli xil dasturlar, masalan, jadvallar va grafik muharrirlar bilan ishlashga ruxsat berish tavsiya etiladi.
Bolaning o'z loyihalarini yaratishi. To’plagan bilimi, tajribasi asosida bolani o'zi veb-sayt loyihasini, o'yinni yoki ilovasini yaratishga harakat qilishi mumkin.
Kompyuter oldindan berilgan dastur boʻyicha ishlaydigan avtomatik qurilma bo’lib uning tarkibiga monitor, ona plata, prorsessor, port ATA, tezkor xarita, kengaytiruvchi kartalar, quvvat bloki, diskovod, qattiq disk, klaviatura va sichqondan iborat. Zamonaviy kompyuterlar, asosan, toʻrt qurilma: boshqarish, protsessor, xotira va kiritish-chiqarish qurilmalaridan iborat.
Kompyuter nima ekanligini va uning ishlash jarayonini bilgandan so`ng endi birin – ketin dasturlar o’rganib boriladi.
Agar Excel haqida tushuncha beradigan bo’lsak, bunda asosan ma'lumotlarni tahlil qilish va qayta ishlash ko’pincha buxgalterlar, iqtisodchilar va moliyaviy tahlilchilar hamda bank xodimlari, sotish-sotib olish bo'yicha menejerlar foydalanishadi. Jadval-matritsali algoritmlarning eng oddiy shakllarini qoʻllagan holda maqolalar, ish qogʻozlari, shuningdek, boshqa hujjatlar matnlarini yaratish, koʻrish, tahrirlash va formatlash uchun moʻljallangan matn yaratishda Word dasturidan foydalaniladi. PowerPoint muntazam ravishda turli ishlarda qo'llaniladi. Biznesning ko'plab sohalari mutaxassislari va boshqa manfaatdor tomonlar bilan ma'lumot almashish uchun undan unumli foydalanadilar. O'qituvchilar ko'pincha PowerPoint dasturini o'z ma'ruzalariga kiritadilar. Marketing mutaxassislari ham o’z taqdimotlari va hisobotlari uchun PowerPoint dasturi ishlarida qo’llashadi.
Bularning farqi nimada?
Excel elektron jadval dasturi bo'lib, ma'lumotlarni saqlash, jadval va diagrammalar yaratish, murakkab hisob-kitoblarni bajarish uchun mo'ljallangan. Word esa - bu harflarni yozish, hujjatlar va hisobotlarni yaratish va hokazolar uchun ishlatiladigan matnni qayta ishlash dasturidir. PowerPoint ko'pincha tasvirlar va videolar kabi multimedia elementlarini o'z ichiga olgan vizual taqdimotlarni yaratishga qaratilgan dastur hisoblanadi.
Xulosa qiladigan bo’lsak bolalarga Internet orqali muloqot qilish imkoniyatinini yaratib berish zarur . Raqamli texnologiyalar davrida, hatto maktab paytida ham ko'proq vazifalar jamoada bajariladi va messenjerlar va chatlar orqali boshqa o’quvchilar bilan samarali muloqot qilish va hamkorlik qilish bola uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
Kompyuter savodxonligi bolalarning kelajakka ishonchi va muvaffaqiyati ortishiga yordam beradi.
Dasturlar yordamida siz musiqa yaratishingiz, chizishingiz va hatto videolarni tahrirlashingiz mumkin. Bu bolalar uchun o'z fikrlari va his-tuyg'ularini ifoda etishning ajoyib usuli bo'lishi mumkin.
Shunday ekan, farzandlaringiz kompyuterda eng zo’r savodli mutaxassis bo’lishni istasangiz ularni “Sensorika” o‘quv markaziga olib keling! Malakali mutaxassislar sizdan o’z yordamlarini ayamaydilar. Zeroki, har qanday bilim sizni orzularingizni amalga oshishiga etaklaydi.
Kompyuter savodxonligi Kursi haqida batafsil ma'lumot
Kurs nomi: Kompyuter savodxonligi kursi
Kurs maqsadi:
Kursimizda siz Kompyuterni 0 dan boshlab mukammal darajada Word, Excel, Powerpoint dasturlari, internetdan to`g`ri foydalanish va egallangan bilimlar asosida frilansing saytlaridan ro`yhatdan o`tib, daromad qilish o’rgatiladi
Darslar mazmuni:
1. Kirish: Kompyuterning asosiy va qo`shimcha qurilmalarini o`rganish
2. Office dasturlar: MS Office(Word, Excel, PowerPoint) dasturlarida mukammal ishlash
3. Internet: Internet bilan ishlash, kerakli ma’lumotlarni internetdan izlab topish.
4. Media: Rasm va Videolar ustida mukammal ishlash
5. Foundation: Kelajak kasblarini boshlang’ich tushunchalarini o’rganish.
O'qitish uslubi:
• Amaliy mashg'ulotlar: Har bir mavzu bo'yicha amaliy darslar va mustaqil ishlar.
• Nazariy bilimlar: Darslar davomida nazariy materiallar taqdim etiladi.
Kimlar qatnashishi mumkin:
• Maktab yoshdagi bolalar
• Yangi boshlovchilar
• O`qituvchilar
• Yangi ishga joylashmoqchi bo`lganlar
• Talabalar
• Har qanday kasb egasi
Kurs davomiyligi:
• Muddat: 4 oy
• Darslar soni: 48 ta
Ro'yxatdan o'tish:
“Sensorika IT” o`quv markazimizga kelib ro`yhatdan o`ting va birinchi bepul darsligimizga qatnashib ko`ring!
Izohlar (0)
Izohlash
Скачайте также
Navoiy shahar 8 - maktabga tashrifimiz!
Navoiy viloyati, Navoiy shahridagi 8 sonli IT texnologiyalarga ixtisoslashtirilgan maktabda,
hit
upd
new
Frilanserlar
Yangiliklar
O'quvchimiz Dinorbekning yutuqlari haqida!
Navoiy viloyati So’g’liqni saqlash boshqarmasiga
Sensorika IT-o‘quv markazida bitiruv kechasi!
“SENSORIKA” O‘QUV MARKAZI RAHBARIYАTINING BAYRAM
Buni o’qing…qiziq
Xususiy IT ta'lim markaziga IT Talents dasturi
"Bir million dasturchi" loyihasi, yoshlar uchun
Ravshanova Malika o`quvchimizning biz haqimizdagi
Kompyuter savodxonligi- nima? U bolalarimizga
Texnologiyalar, fan, kelajak informatsion