“SENSORIKA” O‘QUV MARKAZI RAHBARIYАTINING BAYRAM TABRIGI
hit
upd
new

“SENSORIKA” O‘QUV MARKAZI RAHBARIYАTINING BAYRAM TABRIGI

0 голосов
Qadrli ustoz va murabbiylar!
Hayotimizda ushbu sharafli nomli ulug’lab kelayotgan aziz ustoz va murabbiylarimizni ushbu bayram bilan o’zim va jamoamiz nomidan muborakbod etaman. O’zlarining mashaqqatli mehnatlari, tajribayu-malakalari bilan kelajagimiz vorislariga  o’z bilim va tajribalarini o’rgatayotgan ustozlarimizga bugun eng yaxshi tilaklarimizni yo’llab qolamiz.

Hayot yo’lingiz yorug’ va faravon bo`lsin. Shogirdlaringiz yuksak natijalarga erishib, yurtimiz nufuzini yanada oshishiga o’z hissalarini qo’shaversinlar.

"Sensorika"o’quv markazida ham har bir o’quv kurslarini minglab Navoiylik va qo’shni viloyatlardan kelgan yoshlarning muvaffaqiyatli  tugatishida ushbu maskanda ularga ustozlik qilayotgan 10 nafar pedagog- mutaxassislarimizning juda katta hissalari borligini alohida qayd etib o’taman. Chunki yaqinda respublikamizda “ICTWEEK" haftaligi doirasida IT sohasida ta’lim olayotgan yoshlar va raqamli ta’lim sohasi vakillari uchun "IT ta’lim va frilansing" forumi o’tkazildi.

Quvonarli jihati shundaki, hududlarda raqamli ta’lim sohasiga eng ko’p hissa qo’shayotgan IT ta’lim markazlari yo’nalishida bizning"Sensorika" IT o’quv markazimiz g’olib deb topildi. Bu albatta o’z-o’zidan bo’lgani yo’q. Buning ortida juda katta mehnat turibdi. Bu yuqorida nomlari qayd etilgan ustozlarimizning hissalari salmoqli ekanligidan darak beradi.

Ustozlik maqomi juda ham oliy saodat bu xammaga xam nasib qilavermaydi. Kelinglar biz sizlar bilan birgalikda bizga saboq bergan, hayotda o’z o’rnimizni topishimizga ko’mak bergan muhtaram ustozlarimizni doimo e’zozlaylik.

Barcha ustoz va murabbiylarimizga sihat-salomatlik, baxt va omad, xonadonlaringizga tinchlik-xotirjamlik, fayzu baraka tilaymiz. 
Baxtimizga doimo sog’-omon bo’ling, aziz ustozlar! Ustoz va murabbiylarimizga doimo ta’zimdamiz.
 
Hurmat bilan, “Sensorika” IT o‘quv markazi rahbariyati.
 

Информационное сообщение желтое

текст сообщения

Информационное сообщение синее

текст сообщения

Информационное сообщение зеленое

текст сообщения
Izohlar (0)
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив