Muhammadali Abdumatlubov
hit
upd
new

Muhammadali Abdumatlubov

16 голосов
     Salom! Mening ismim Muhammadali Abdumatlubov va yoshim 13da. IT sohasi va biznesni rivojlantirish yo’nalishida o’z kelajagimni qurish niyatidaman. Hozirda Front-End dasturlash sohasi bo’yicha birinchi qadamimni “Sensorika IT” o’quv markazida qo’yib, kelajakdagi maqsadlarim sari dadil harakat qilyapman. Shuningdek, maqsadim kelajakda xorijda IT sohasi bo’yicha tahsil olib, o’z bilim va ko’nikmalarimni xalqaro miqyosda rivojlantirishdir.

     Navoiy shahrida “Sensorika IT” o’quv markazi o’zining innovatsion ta’lim tizimi va o’qituvchilarining yuqori bilim berish darajasi bilan tanilgan. 2025-yil noyabr oyida Front-End dasturlash kurslarini boshladim. Bu yerda men HTML, CSS, jаvascript hamda boshqa asosiy tamoyillarni o’rganib, o’z ishlarimda qo’llay oladigan muhim texnik ko’nikmalarga ega bo’ldim. Bunda menga Bunyod ustoz darslarida nafaqat bilim, balki hayot saboqlarini ham berdi. Bu bilimlar menga hayotimda muhim qarorlar qabul qilishda yordam beradi.

     Front-End dasturlashning go'zalligi shundaki, u orqali men o'z ijodimni namoyish qila olaman. Veb-saytlar yaratish, foydalanuvchilar uchun qulay interfeyslar ishlab chiqish va dizaynlarimni jonlantirish imkoniyatini qo'lga kiritdim. Har bir yangi loyiha menga o'z qobiliyatlarimni sinash va rivojlantirish imkonini beradi.
        
     Kelajakdagi maqsadlarimdan biri – dasturlash va biznesni rivojlantirish sohasidagi bilimlarimni birlashtirib, yirik biznes loyihalarimni amalga oshirish va xalqaro miqyosda ham muvaffaqiyatli loyihalarda ishtirok etib yuqori daromadlarga erishish. “Sensorika IT” o’quv markazi menga dastlabki bilim va biznes ko’nikmalarini berdi. O’z bilim va ko’nikmalarim orqali shuni mamnuniyat bilan ayta olamanki, men kelajakda yetuk mutaxassis bo’lib yetishaman. O’z yo’limda muvaffaqiyatli qadam qo’yishim uchun o’qituvchilar va “Sensorika IT” o’quv markazi jamoasiga o’z rahmatimni aytaman. “Sensorika IT” o’quv markazi mening tanlovim va bundan afsuslanmayman.




Информационное сообщение желтое

текст сообщения

Информационное сообщение синее

текст сообщения

Информационное сообщение зеленое

текст сообщения
Izohlar (0)