“Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan “Sensorika IT” o`quv markazi rahbariyatining tabrigi!
hit
upd
new

“Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan “Sensorika IT” o`quv markazi rahbariyatining tabrigi!

0 голосов
“Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan “Sensorika IT” o`quv markazi rahbariyatining tabrigi!
 
     Hurmatli Navoiyliklar va shahrimiz mehmonlari!
    Xotira – kechagi oʼtmishni, ajdodlar oʼgitini, milliy merosimizni anglatib turuvchi – muqaddas kitob zarvaraqlaridek hayotimizni yoritib turadi. Xabarlaringiz bor 1999 yilning 9 may kuni Toshkentda Xotira maydoni ochildi va shu kundan boshlab 9 may “Xotira va qadrlash kuni” sifatida keng nishonlanib kelinmoqda. Ushbu bayram mustaqil Oʼzbekistonda asrlar davomida qaxramonona vatanimizni himoya qilgan, uning erkinligi, mustaqilligi va xalqning tinchligi uchun kurashgan vatandoshlarimiz xotirasiga bagʼishlab o’tkazilib kelinadi.

     Bugun har birimiz buyuk ajdodlar izdoshi ekanligimizni chuqur anglagan holda, bu yorugʼ kunlarga yetish uchun qurbon boʼlganlar ruhini shod, xotirasini yod etishni, moʼtabar keksalarimiz duosini olishni eng muhimi, tinchlik va osoyishtalikning qadriga yetishni, mustaqillik bergan imkoniyatlarni asrab-avaylashni oʼzimizning muqaddas burchimiz ekanini maʼsuliyat bilan anglashimiz, his etishimiz zarur.

     Tarixdan bilamizki, insoniyat hayotidagi eng daxshatli Ikkinchi jahon urushida ikki millionga yaqin Oʼzbekiston fuqarosi qatnashgan. Ularning yarim milliondan ziyodi halok boʼlgan, 133 ming nafarga yaqini bedarak yoʼqolgan. 60 mingdan ortiq vatandoshimiz esa urushdan nogiron boʼlib qaytgan. Hozirda Oʼzbekistonda Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan faxriylar 82 nafarni tashkil etar ekan.

     Bugun biz nafaqat halok boʼlganlarni xotirlashimiz balki mana shu kunlarda hayot boʼlgan asl insonlarimizni qadrlashni ham unutmasligimiz zarur. Inson shaʼni yuksalgan va mehnati qadr topgan yurtimizda keksalarimizni eʼzozlash, qadrlash ularga alohida ehtirom koʼrsatish asrlar osha davom etib kelayotgan hamda qon-qonimizga singib ketgan muqaddas qadriyat sanaladi.

Xotira va Qadrlash kunida barchamizda ayniqsa, yoshlarimiz ongu shuurida oʼtganlarni yod etish, tiriklarni qadrlash, oʼzaro mehr-oqibatli boʼlishdek insoniy fazilatlar mujassam ekanligi hech kimga sir emas.

     Bugungi erkin va farovon hayotimizni koʼz qorachigʼidek asrash bilan birgalikda Vatanimiz ozodligi yoʼlida qurbon boʼlgan fidoiy insonlarni yodga olish, ularning xotirasini abadiylashtirish, soʼnmas jasoratini xotiramizda mangu saqlash, insonning tirikligida qadriga yetish biz uchun ham farz, ham qarz ekanligini hech birimiz unutmasligimiz kerak. 

     Bugun hammamizning maqsadimiz bitta Yangi Oʼzbekistonimiz gullab-yashnasin, tinchlik va omonlik kerak deb yashayotgan keksalarimiz eʼzozda boʼlib yurishsin.
Betakror va qutlugʼ kun, 9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan barcha faxriylarimizni, aziz Navoiyliklarni, shahrimiz mehmonlarini tabriklaymiz!

     Hech qachon Xotira abadiy- qadr muqaddas ekanligini unutmaylik!
 

Информационное сообщение желтое

текст сообщения

Информационное сообщение синее

текст сообщения

Информационное сообщение зеленое

текст сообщения
Izohlar (0)
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Скачайте также
14-yanvar – Vatan Himoyachilari kuni munosabati bilan “Sensorika IT” o’quv markazi rahbariyatining tabrigi
14-yanvar – Vatan Himoyachilari kuni munosabati bilan “Sensorika IT” o’quv markazi rahbariyatining tabrigi
Bugungi 14-yanvar – Vatan Himoyachilari kuni O‘zbekistonda tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan milliy
hit
upd
new
8 mart bayrami munosabati bilan “Sensorika IT”o’quv markazi rahbariyatining tabrigi
8 mart bayrami munosabati bilan “Sensorika IT”o’quv markazi rahbariyatining tabrigi
Biz bilan doimo birga bo’lgan barcha muxtarama ayollar hamda go‘zal qizlar! Bugun biz haqli
hit
upd
new
21-mart Navro`z bayrami munosabati bilan “Sensorika IT” o’quv markazi rahbariyatining tabrigi!
21-mart Navro`z bayrami munosabati bilan “Sensorika IT” o’quv markazi rahbariyatining tabrigi!
Hurmarli do’stlar! Sizlarni barchangizni nafosat va go’zallik ramzi bo’lgan – Navro`z ayyomi
hit
upd
new
Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov SENSORIKA o'quv markaziga tashrif buyurdi.
Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov SENSORIKA o'quv markaziga tashrif buyurdi.
Navoiy viloyat hokimi Normat Tursunov bilan birga viloyat sektor rahbarlari tashrifi.
hit
upd
new