14-yanvar – Vatan Himoyachilari kuni munosabati bilan “Sensorika IT” o’quv markazi rahbariyatining tabrigi
hit
upd
new

14-yanvar – Vatan Himoyachilari kuni munosabati bilan “Sensorika IT” o’quv markazi rahbariyatining tabrigi

3 голоса

 

14-yanvar – Vatan Himoyachilari kuni munosabati bilan “Sensorika IT” o’quv markazi rahbariyatining tabrigi

 

Aziz do’stlar va “Sensorika IT” o’quv markazining barcha muxlislari!

 

Bugungi 14-yanvar – Vatan Himoyachilari kuni O‘zbekistonda tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan milliy bayramdir. Ushbu sana bejiz tanlanmagan. 1992-yil 14-yanvar kuni O‘zbekiston Qurolli kuchlari shakllantirilgan kun hisoblanadi. Har yili shu kuni Mustaqillik maydonida tantanali marosim o‘tkaziladi, unda Respublika gimni yangraydi, harbiy orkestrning tantanali sadolari ostida harbiy bo‘linmalar marsh bilan o‘tadi. Monument poyiga gulchambarlar qo‘yiladi va Oliy Bosh qo‘mondonning Vatan himoyachilariga bag‘ishlangan bayram nutqi yangraydi. Ushbu bayram davlat erkinligi va mustaqilligining ramzi sifatida hamda harbiylarimizning mashaqqatli mehnatlarini   ahamiyatini anglagan tarzda, harbiy xizmatchilarimizga hurmat bajo keltirish maqsadida  poytaxtda bo’lgani kabi viloyat, tuman va shahar markazlarida ham bu bayram juda ber yuqori tarzda o’kaziladi. 

Bunday tadbirni o’tkazilganini kuni kecha Navoiy shahrida ham guvohi bo’ldik.  Navoiylik harbiylar ham o’z chiqishlarida  avlodlarimizning mardligi, jasorati, or-nomus va harbiy burchga sodiqlik ramzlarini o’z chiqishlarida namoyish etdilar.

“Sensorika IT” o’quv markazi ham bu bayramni katta bir ko’tarinkilik bilan kutib olayapti. 

Ana shu fursatdan foydalanib ahil jamoamiz, bilimga chanqoq tinglovchilarimiz  nomidan sizni Vatan himoyachilari kuni bilan tabriklayman va sizga mustahkam iroda, jasorat, mardlik tilayman! Har bir kuningiz muvaffaqiyatli, har bir harakatingiz munosib, har bir fikringiz zo'r, har bir so'zingiz qat'iy va har bir harakatingiz ishonchli bo'lsin. Sizga sog'lom, jasoratli va yengilmas bo'lishingizni tilab qolamiz!

Sizdek mard, jasur Vatanimiz sarhadlarini himoya qiladigan, uning manfaatlarini, fuqarolarning xavfsizligini ta’minlab kelayotgan barcha harbiylarimiz doimo Yangi O’zbekistonimizning   va yurtdoshlarimiz uchun mustahkam    tayanch bo'lib kelishayotganlarini alohida e’tirof etib qolamiz.

 

Biz barcha harbiy sohaga aloqador Vatan himoyachilariga mustahkam sog‘lik, tinchlik va farovonlik tilaymiz!   Ularning har bir tashabbuslari, harakatlari muvaffaqiyatli bo'lsin.

 

Yurtimizning  barcha fuqarolari kabi bizning jamoamiz ham  barcha o’zlarining yigitlik burchini o’tayotgan himoyachilarimizning kuchi va metindek mustahkam irodasiga ishonib qolamiz  va siz doimo xizmatda ekanligingizni, doimo Vatan manfaatlari va xavfsizligini qo'riqlayotganingizni bilgan holda yana bir bor sizlarga mustahkam sog‘lik, Ona yurtimiz farovonligi yo‘lidagi faoliyatingizga yangidan yangi  muvaffaqiyatlar tilaymiz. 

 

O’quv markazimizda ham bo’lg’usi vatanimiz kelajagini yaratuvchilar, balki bo’lajak harbiylar tahsil olishadi. Biz ham o’z navbatida ularga vatanparvarlik ruhida tarbiya va bilim berishga, ularni kelajagimiz vorislari qilib tarbiyalashga astoydil harakat qilamiz.

Bayramingiz muborak bo’sin!

 

Информационное сообщение желтое

текст сообщения

Информационное сообщение синее

текст сообщения

Информационное сообщение зеленое

текст сообщения
Izohlar (0)