Men Elmurodov Shoxrux
hit
upd
new

Men Elmurodov Shoxrux

4 голоса
     Men Shoxrux Elmurodov   “Sensorika IT “ o‘quv markaziga birinchi kelganimda, men IT sohasiga umuman qiziqmasdim, hatto kompyuterga ham qiziqishim yo‘q edi. Dastlab, ota-onamning iltimosiga ko‘ra, bepul darslarga qatnashib ko‘rdim. Word va Excel dasturlarida yetarli darajada ko‘nikmam borligi sabab, meni darhol front-end kursiga qabul qilishdi.

     Avvaliga kurs menga qiziq bo‘lib ko‘rinmadi. Biroq, taxminan ikki oydan so‘ng, IT sohasiga qiziqishim uyg‘ondi va shu sohada o‘qishni davom ettirib, oxirigacha dasturchi bo‘lish yoki kiberxavfsizlik yo‘nalishida yetuk mutaxassis bo‘lish istagi menda paydo bo‘ldi.

     Front-end kursini tugatgach, xalqaro sertifikat olish uchun imtihonlar topshirdim. Ustozimning bergan yuqori saviyadagi bilimlari tufayli, bir oy davomida topshirish kerak bo‘lgan barcha imtihonlarni atigi 10 kun ichida tamomladim va o‘qish uchun to‘lagan pullarimni qaytarib oldim.

     Keyinchalik, markazimiz direktori mendan IELTS sertifikatini olib kelishimni aytishdi va buni amalga oshirsam, hamma kurslarda bepul o‘qish imkoniyatiga ega bo‘lishimni ma’lum qilishdi. Men shu zahotiyoq IELTSga o‘qishni boshladim. Yaqin 2 oy ichida uni topshirib, IT markazimizdagi barcha kurslarni bepul o‘qish huquqini qo‘lga kiritmoqchiman.

     Front-end kursini tugatib, sertifikatlarimni olgach, sun’iy intellekt (AI) kurslarida o‘qidim va prompt engineering sertifikatini qo‘lga kiritdim. Hozirgi kunda esa Python kursini tugatish arafasidaman. Nasib etsa, bu kursdan ham sertifikat olib, kelgusi yili chet el oliy o‘quv yurtlarida IT yo‘nalishida o‘qishni, sohada yangiliklar yaratishni va O‘zbekistonda IT sohasining rivojlanishiga o‘z hissamni qo‘shishni istayman va shu yo‘lda ishonch bilan ayta olamanki, “Sensorika IT” o’quv markazi bu borada  menga juda katta yordam bermoqda. Shahrimizdagi barcha yoshlarga “Sensorika IT” markaziga kelib o‘qishlarini qat’iyat bilan tavsiya qilaman

Информационное сообщение желтое

текст сообщения

Информационное сообщение синее

текст сообщения

Информационное сообщение зеленое

текст сообщения
Izohlar (0)
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив