Men 24 yoshdaman va Buxoro muhandislik-texnologiyalar universitetini muhandislik yo‘nalishi bo‘yicha tamomlaganman. Mening IT sohasiga qiziqishim yoshligimdan boshlangan. Uyda kompyuter va texnikalar bilan ko‘p ishlab, ba’zan ularni buzib ham qo‘yganman, keyin esa o‘zim tuzatishga harakat qilardim. Bu tajriba texnikaga bo‘lgan qiziqishimni oshirdi va muammolarni hal qilish ko‘nikmalarimni shakllantirdi.
“Sensorika IT” o‘quv markaziga AutoCADni o‘rganish uchun kelganimda, ustozlarim Dilshod aka Arziev va Farhod aka Juraev mendagi shijoatni ko‘rib, markaz jamoasiga ishga taklif qilishdi. Men bu taklifni katta xursandchilik bilan qabul qildim va hozirda shu markazda o‘quv bo‘limi mudiri sifatida faoliyat yurityapman.
Shuningdek, markazda kompyuter savodxonligi darslarini bolalarga o‘tishda asistentlik vazifasini bajarayapman. Bu menga ta’lim berish sohasida ham tajriba to‘plash imkonini beradi.
IT sohasidagi bilimlarimni mustahkamlash maqsadida Google tomonidan Python dasturlash yo‘nalishida xalqaro sertifikat oldim. Bu sertifikat mening kasbiy rivojlanishimda muhim bosqich bo‘ldi.
ITni o‘rganishni istaganlarga aytishni xohlaymanki, bu yo‘lda eng muhimi — qiziqish, sabr va doimiy amaliy mashqlardir. Yangiliklarga ochiq bo‘lish, xatolardan qo‘rqmaslik va tajribali murabbiylardan maslahat so‘rash sizni yuqori natijalarga olib boradi. Mening tajribam shuni ko‘rsatadiki, har kim o‘z maqsadiga sadoqat bilan harakat qilsa, IT sohasida yaxshi natijalarga erishadi.
Izohlar (0)
Izohlash
Скачайте также

Salom, mening ismim Dilnoza
Salom, mening ismim Dilnoza. Men 15 yoshdaman va Navoiy shahridagi 1-maktabda o‘qiyman. IT sohasiga
hit
upd
new

Mening ismim Soliha
Mening ismim Soliha, 14 yoshdaman, va 1 yildan buyon “Sensorika IT” o‘quv markazida tahsil olib
hit
upd
new

Mening ismim Asilbek
Mening ismim Asilbek. Men 14 yoshdaman va 8 oydan buyon “Sensorika IT” o‘quv markazida tahsil olib
hit
upd
new

Mirjonova Farangiz "IT" sohasida o'z yo'lini topdi!
Salom! Mening ismim Mirjonova Farangiz va yoshim 14da. IT sohasi va biznesni rivojlantirish
hit
upd
new

Assalomu alaykum! Mening ismim Sarvar
Assalomu alaykum! Mening ismim Sarvar, hozirda 8-sinfda o‘qiyman. Yoshligimdan boshlab
hit
upd
new
Frilanserlar
Yangiliklar

Hamdullaev Azizbek Hamzaevich

Baxtiyorov Sardorning 3D olamiga kirib kelishi!

Avvaliga IT sohasiga qiziqishim bor edi, lekin

Men Shokirov Shohrux!

Usmonova Aziza

Dasturchi bo‘lishni istagan bolakaydan –

AICA bilan hamkorlikda kelajakni quramiz!

G'ofurova Muqaddas

Muvaffaqiyat kaliti: IT va Karate – Mening ikki

Men Mehmonova Malika...