Python nima? U haqida nimalarni bilamiz?
hit
upd
new

Python nima? U haqida nimalarni bilamiz?

0 голосов
Python nima? U haqida nimalarni bilamiz?
 
     Bugungi kunda internet jadallik bilan hayotimizning har bir sohasiga kirib bo’ldi, desak mubolag’a bo’lmaydi.
     Hech o’ylab ko’rganmisiz nima uchun dasturchilar sun’iy intellektdan qo’rqmaydi? Chunki ularga buyurtmachiga: «Kompyuterga nimani xohlayotganingizni tushuntiring», biz sizga shuni mukammal yaratib bera olamiz” deyishadi. ChatGPTdagi sun’iy intellekt takomillashishda davom etmoqda. Mutaxassislarning fikriga ko’ra bugungi kunda keng ommalashib borayotgan sun'iy intellekt asosida ishlovchi dasturlarning aksariyati asosan Pythonda yozilgan. Bu sohalarda ishlovchi mutaxassislar bugungi kunda eng noyob va qimmatbaho kadrlar hisoblanadi.

    Python dunyodagi eng ommabop va mashhur dasturlash tillaridan biri hisoblanadi.

     U o’zining soddaligi, moslashuvchanligi va qudratli vositalari orqali veb-ishlab chiqishdan tortib, ma’lumotlarni tahlil qilish va sun’iy intellektgacha bo’lgan turli sohalar uchun ideal tanlov qila oladi. Ushbu maqolada Python nima? Uni kelajagi bormi? Uning tili nima ekani haqidagi ma’lumotlarni bilib olamiz.

Yuqorida ta’kidlaganimizdek Python quyidagilar uchun ishlatiladi:

  1. veb-ishlab chiqish (server tomonida),
  2. dasturiy ta'minotni ishlab chiqish,
  3. matematik amallar,
  4. tizim skriptlari.

  Biz oldin Python qayerda va qachon yaratilgani haqidagi ma’lumotni bilib olsak zarar qilmaydi.

Python 40 yil oldin paydo bo’lgan, ammo u hali ham dunyodagi eng mashhur dasturlash tillaridan biri bo’lib kelmoqda. Uni o’rganish va unga erishish  - IT sohasida talab yuqori bo’lgan ko’nikmadir.

     Python dasturlash tilining tarixi 1980-yillarning oxirida boshlangan. Gvido van Rossum Pythonni bir o’zi 1980-yillarda yaratgan va uni 1989-yil dekabrda Gollandiyadagi matematika va informatika markazida yaratishni boshlagan. Pythonning birinchi versiyasi 1991-yilda Python 0.9.0 nomi bilan ishlab chiqarilgan. Unga roʻyxat va satrlar bilan ishlash, shartli ibora va sikllar kabi asosiy funksiyalar qoʻshilgan.

     2000-yillarda Python fan, ta’lim, biznes va internet kabi turli sohalarda ishlatiladigan eng mashhur dasturlash tillaridan biriga aylanib ulgura oldi. Python ishlab chiquvchilar hamjamiyati ham 2000-yillarda ancha rivojlanib, ko’plab yangi kutubxonalar yaratildi.

     Python universal dasturlash tili - dinamik semantikaga ega bo’lgan talqin qilinadigan, ob’ektga yo’naltirilgan va yuqori darajadagi dasturlash tilidir.
     1990-yillarning boshlarida tashkil etilganidan beri u dunyoda qancha Python foydalanuvchisi bor? degan savolga javob oladigan bo’lsak taxminan 8,2 million foydalanuvchi tomonidan veb-saytlar va dasturiy ta’minotni yaratish, vazifalarni avtomatlashtirish va ma’lumotlarni tahlil qilish uchun ishlatilganini ko’rishimiz mumkin.

    Python ishlab chiqaruvchisi kelajakdagi istiqbolli kasbmi? Python sohasi nafaqat dunyoda eng koʻp qoʻllaniladigan dasturlash tillaridan biri, balki ishga joylashishning istiqbolli ham bir tomonidir. Python dasturchilariga ehtiyoj yildan-yilga ortib bormoqda.
     Ma’lumotlarga ko’ra 2025 yil davomida Python nafaqat sog’liqni saqlash sohasidagi tibbiy ma’lumotlarni tahlil qilishda balki u moliyaviy bozor tendensiyalarini prognozlashda ham qo’llanila boshlaydi. Qiskit kabi kutubxonalar kvant dasturlashini qulay qiladi va kriptografiya va hisoblash borasida yangi imkoniyatlar ochadi. Python veb-ishlab chiqish va ma'lumotlar tahlilidan tortib sun'iy intellekt va avtomatlashtirishgacha bo'lgan sohalarda kuchli vosita ekanligini isbotlay oldi. 2025 yilga kelib, Python ko'nikmalariga talab o'sishda davom etmoqda, Cisco, IBM, Google va boshqalar kabi sanoat gigantlari o'z loyihalari uchun uning imkoniyatlaridan foydalanmoqdalar.

     Agar siz Python ishlab chiquvchisi bo’lishni istasangiz, haftasiga o’n soat o’qishingiz lozim bo’ladi. Bunday vaqt bilan Python’ni taxminan bir yil davomida oson darajada o’zlashtirishingiz mumkin. Til asoslarini siz o’zingiz kitoblar, videoleksiya va onlayn kurslar orqali ham mustaqil ravishda o’rganib olishingiz ham mumkin.

     Umuman olganda, Python asoslarini o’rganish uchun siz bizning “Sensorika IT” o’quv markazimizda ikki oydan olti oygacha vaqt sarflab o’qisangiz uni yaxshilab bilib olasiz. Natijada siz o’zingizning birinchi qisqa dasturingizni bir necha daqiqada yozish uchun etarli darajada uni o’rganib olishingiz mumkin bo’ladi.

     Python nafaqat dasturchilar, balki tahlilchilar, olimlar, muhandislar, dizaynerlar, buxgalterlar tomonidan ham ishlatiladi. Python - turli sohalarda vazifalarni (avtomatlashtirish orqali) bajarishga yordam beradigan universal til vositasi ekanligi bilan ahamiyatlidir.
     Python koʻp sohalarda qoʻllaniladi, bu esa uni universal dasturlash tiliga aylantiradi. U veb-ishlab chiqishda (masalan, Django, Flask), ilmiy tadqiqotlar va ma’lumotlarni tahlil qilishda (numpy, pandas, scikit-learn kutubxonalari), ilovalarni ishlab chiqishda (PyQt, Tkinter), k
ompyuter vision, sun’iy intellekt va mashinani o’rganishda (TensorFlow, PyTorch) va foydalanuvchilar uchun grafik interfeys (GUI), juda tez rivojlanayotgan buyumlar interneti (IoT) texnologiyasi va hokazo sohalarda qo’llaniladi
     Bugungi kunda kompaniyalar Python-ni tanlashmoqda, chunki ishlab chiquvchilarni topish osonroq va ular Go ishlab chiquvchilaridan (Go Pythonga nisbatan 2 baravar qimmat) farqli o’laroq arzonroqligi bilan afzaldir. Biz Python yaqin kelajakda yetakchi dasturlash tillaridan biri boʻlib qolish uchun barcha imkoniyatlarga ega deya ayta olamiz.
     Xulosa qilib aytganda,  Python haqli ravishda ajoyib dasturlash tili ekanini yana bir bor taʼkidlash lozim. Bundan tashqari, Pythonda satrlarning minimal soni tufayli kodni yozish jarayoni unchalik qiyinchilik tugʻdirmaydi. Dasturchilikni endigina oʻrganayotganlar uchun Python ishonchlidir. Bunda siz til asoslarini oʻrganib chiqib, qisqa vaqt ichida juda koʻp vazifalar yechimini topishni oʻrganish mumkin bo’ladi.
Shunday ahamiyatli Python dasturini o’rganishda, o’zlashtirishda biz doim sizga hamkorlik qilishga tayyormiz. Sizni “Sensorika IT” o’quv markazimizda kutib qolamiz.
 

Frilans platformasi

Izohlar (0)