“SENSORIKA EDUCATION” oʻquv markazimizda tashkil etilgan "IT" kurslarimizda oʻquvchilarga kompyuter va internetdan toʻgʻri, unumli foydalanish, MS Office, grafik dizayn, video montaj asoslari, Backend va Frontend dasturchilik yoʻnalishlari boʻyicha bilim berildi. Oʻquv markazimizda tashkil etilgan kurslarimizning asosiy maqsad va vazifasi Navoiylik yoshlarni IT soxasiga qiziqishini oshirish, kompyuter texnologiyalari bilan ishlash koʻnikmalarini xosil qilish va eng asosiysi mustaqil ravishda internet orqali frilansing saytlarida uyida oʻtirgan holda daromad qilib va oʻz-oʻzini moddiy jihatdan ta'minlay olishga oʻrgatish boʻldi.
Oʻquv markazimizda 2022 yilning iyul oyigacha davlat granti asosida Navoiy viloyati Karmana tumani yoshlari, kam ta'minlangan va ishsiz yurgan fuqarolarini kompyuter savodxonligini oshirish va oʻz-oʻzini bandligi ta'minlab daromad qilishi uchun oʻqitildi. Ushbu davr mobaynida Karmana tumanidan kelgan oʻquvchilarga har bir mavzuni oʻtish vaqtida olayotgan bilimlarini amalda ishlatib daromad qilish boʻyicha tavsiyalar va amaliy topshiriqlar berib borildi, oʻquvchilar amaliy topshiriqlarni bajarib oʻz tajribalarini oshirishdi. Oʻquvchilarimiz hali oʻquv kurslarimizni tugatmasdan turib olgan bilimlari ortidan daromadga chiqishdi. Darslar davomida har bir oʻquvchini Kwork.ru, Upwork.com, FL.ru, freelance.ru kabi bir qator frilansing saytlari bilan tanishtirilib ulardan roʻyxatdan oʻtkazilib oʻz shaxsiy akkauntlari ochib berildi.
Yuqoridagi frilansing saytlari orasida oʻzing sodda va barchaga tushunarliligi, buyurtmalar soning koʻpligi, ularni bajarish va topshirish jarayonining osonligi, pul mablagʻlarini chiqarishning osonligi jihatidan oʻquvchilarga eng maqul tushgani Kwork.ru sayti boʻldi. Kwork.ru saytida roʻyxatdan oʻtgandan soʻng oʻquvchilarga oʻquv markazimizning oʻqituvchi hodimlarining frilansingdagi koʻp yillik tajribalaridan kelib chiqqan holda akkauntlaridagi oʻzi haqidagi ma'lumotlarni toʻgʻri toʻldirish, buyurtmalarni olish, buyurtmachilar bilan toʻgʻri muloqot qilish, buyurtmalarni olgandan soʻng ularni bajarish va topshirib qilgan daromadini oʻz shaxsiy plastik kartalariga (Visa, MasterCard, Uzcard, Humo) yoki elektron hamyonlariga (WebMoney, Qiwi, YuMoney) chiqarib olish oʻrgatildi.
Kwork.ru saytidagi akkauntda har bir oʻquvchi oʻzi haqidagi ma'lumotlarni toʻldirishda samimiylik, halollik va batafsillik tamoyillariga tayandi. Oʻquvchilarning oʻzi haqida taqdim etgan ma'lumotlari muhim ahamiyatga ega. Chunki saytdagi buyurtmachi frilanserning sahifasini ochganida unga "Bu sotuvchi toʻgʻri tanlovdir. Biz u bilan ishlashimiz kerak" deb aytadigan ma'lumotni izlaydi. Oʻquvchilar oʻz ma'lumotlarida oʻz ismlari, oʻzlaring rasmlarini va oʻz mutaxasissliklari haqida toʻliq ma'lumot joylashtirishdi.
Oʻquvchilar oʻz ma'lumotlaridan toʻldirib boʻlganlaridan soʻng ularga oʻz bilim va koʻnikmalarini sotish uchun buyurtmalar birjasida ishlash va kvorklar
toʻldirish oʻrgatildi. Kvorklarni toʻldirishda quyigidagi 4 ta asosiy elementlarning borligiga urgʻu berildi.
• Jarangli nom
• Koʻzga yaqqol tashlanadigan muqova
• Mukammal tavsif
• Ajoyib portfolio
Bundan tashqari oʻquvchilarga oʻz xizmatlari uchun narxni belgilashda saytda ishlaydigan boshqa frilanserlar narxlarini koʻrib chiqib tahlil qilib oʻz xizmatlari uchun optimal boʻlgan narxlarni belgilash oʻrgatildi.
Buyurtmalar birjasida ishlash tartibi va qoidalari, buyurtmalarni olish uchun beriladigan takliflarni ish xarakteriga qarab toʻgʻri va mazmunli toʻldirib yuborish oʻrgatildi.
Agarda oʻquvchining birjadagi ishni bajarish uchun yuborgan taklifi buyurtmachiga ma'qul kelib unga javob xati yozgan holatda qanday qilib muloqot qilib buyurtmani olish sirlari oʻragatildi. Buyurtmachi bilan toʻgʻri muloqot olib borish buyurtmani olishdagi eng muhim faktor hisoblanadi.
Oʻquvchi buyurtmani olib, uni bajarib buyurtmachiga bajarilgan ish haqida lozim boʻlgan ravishda hisobot topshiradi. Hisobot topshirilib buyurtmachini bajarilgan ishni qabul qilgandan soʻng buyurtma uchun toʻlanadigan toʻlov oʻquvchining Kwork.ru saytidagi hisobiga tushadi. Oʻquvchilar oʻz hisobidagi pullarni istalgan Visa, MasterCard, MIR tizmlarida ishlaydigan plastik kartalar yoki WebMoney, Qiwi, Yumoney kabi elektron hamyonlariga chiqarib olishlari mumkin.
Frilansing saytlarida buyurtma olgan har bir oʻquvchiga oʻquv markazimiz oʻqituvchi hodimlari buyurtmalarni bajarishda, ularni topshirib ishlagan pul mablagʻlarini milliy valyutamizda chiqarib olishda amaliy yordam berishdi. Oʻzbekistonda hali frilansing saytlari yaxshi yoʻlga quyilmaganligi, mavjud boʻlgan saytlarda buyurtmalarning kamligi va aktual boʻlmaganligi sababli yoshlarimiz chet el saytlarida ishlashlariga toʻgʻri kelmoqda. Internet orqali daromad qilishda koʻpchilik oʻquvchilarimiz rus tili, ingliz tili va boshqa tillarni bilmasalar ham tarjimon servislardan foydalanib ishlash tushuntirildi. Hattoki aksariyat oʻquvchilarimi boshqa tillarni bilmasalarda tarjimonlik qilib, buyurtmachilar tomonidan berilgan matnlarni Google Tarjimon, Yandex Tarjimon orqali tarjima qilib daromad qilishdi. Masalan oʻquv markazimiz oʻquvchilaridan biri Avazbekov Abduraxmonbek Shoxruxbekovichning ilk buyurtmasi Kwork.ru saytida 5 ta saxifadan iborat matnli faylni yapon tilidan rus tiliga tarjima qilib berish boʻlgan. Avazbekov Abduraxmonbek rus tilini bilsada yapon tilini bilmaganligi uchun Google Tarjimon dan foydalanib matnni tarjima qilgan va buyurtmachiga topshirgan. Buyurtmachi bajarilgan ishni qabul qilgan. Buyurtmani bajarganligi uchun toʻlangan haq Avazbekov Abduraxmonbek Kwork.ru saytidagi hisobiga tushgan. Kwork.ru saytida ilk buyurtmasini bajarganidan soʻng bir oz vaqtdan soʻng Avazbekov Abduraxmonbekga yana matn tarjimasi boʻyicha boshqa buyurtma tushadi. Ushbu buyurtmani ham oʻquvchimiz muvaffaqiyatli topshiradi. Ikkinchi buyurtmasidayoq Avazbekov Abduraxmonbekga Kwork.ru saytida buyurtmachi tomonidan ijobiy fikr qoldiriladi. Har bir frilanser uchun u haqida qoldirilgan ijobiy fikrlar uning kelajakda buyurtmalarni olib ishlashida katta ahamiyatga ega.
Oʻquv markazimizda tahsil olgan Karmana tumani yoshlaridan yana biri Saidov Xurshidbek Shuxrat Ugli. Ushbu oʻquvchimiz Kwork.ru saytida 20 dan ortiq va frilans saytidan tashqarida har xil turdagi buyurtmalarni bajarib yosh boʻlishiga qaramay 2-3 oy ichida 15 000 000 soʻmdan ortiq daromad qilgan. Hozirgi kunda u oʻzining doimiy buyurtmachilariga ega boʻlgan frilanserlardan biridir. Saidov Xurshidbek oʻquv markazimizni tamomlab ketgan boʻlsada hozirgi kungacha oʻz ustozlaridan maslahatlar soʻrab turadi, ular bilan doimiy aloqada boʻlib kezi kelganda buyurtmalarni bajarishda sherikchilik asosida ishlashadi. Saidov Xurshidbek nafakat Kwork.ru saytida daromad qiladi, balki boshqa Upwork.com, Advego.com singari saytlarda ham ishlab daromad qilmoqda.
Oʻquvchilar faqatgina onlayn daromad bilan cheklanib qolmasdan, offlayn daromad ham qilishmoqda. Ishsiz boʻlgan oʻquvchilarimiz oʻquv kurslarimizni tugangandan soʻng kompyuter operatori, ofis menedjeri kabi ishlarga kirishdi, yosh oʻquvchilarimiz tadbirkorlar, qoʻshnilariga turli xil poligrafiya va kompyuter xizmatlarini koʻrsatib, bajargan ishi uchun kelishilgan holda naqd pul holatida xizmat haqi olishdi. Internetda daromad qilib yurgan o'qyvchilarimiz ro'yxati...
Oʻquv kurslarimiz davomida oʻquvchilarga uyda mustaqil ishlash uchun oʻtilgan mavzular boʻyicha har darsda uyga vazifalar berib boriladi. Oʻquvchilar uyga vazifalarni bajarib sensorika.uz saytidagi shaxsiy kabinetlariga yuklashadi. Har bir yangi mavzu oʻtilishidan oldin oʻqituvchi tomonidan uyga vazifalar tekshirilib 10 ballik tizmda baholab boriladi. Har bir bahoni qoʻyishda oʻquvchining bajargan vazifasiga izoh qoldiriladi. Bundan tashqari oʻquvchilarning bilimlarini tekshirish maqsadida onlayn imtihon testlari va amaliy topshiriqlar olinadi. Imtihonlardan muvaffaqiyatli oʻtgan oʻquvchilarga tantanali ravishda sertifikat berish marosimlari boʻlib oʻtadi.
Oʻquv kurslarimiz muvaffaqiyatli bitirib ketgan oʻquvchilarimiz va ularning ota-onalari tomonidan “SENSORIKA EDUCATION” jamoasiga koʻplab minnatdorchiliklar bildirildi, tashshakkurnomlar yuborildi. Har bir oʻquvchimizning yutugʻi bu bizning yutugʻimiz.

Izohlar (0)
Izohlash
Скачайте также
Frilansing saytlarida daromad qilgan o'quvchilarimiz ko'payib bormoqda.
RAJABOV SHOHJAXON
hit
upd
new
Frilanserlar
Yangiliklar
“Mening farzandim - IT mutaxassisi” mavzusida
Navoiy shahridagi "SENSORIKA" IT-o'quv markaziga
Navoiy shahri 13-sonli umumta'lim maktabiga
Wi-Fi ni kim ixtiro qilgan bilasizmi?
Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish bo'yicha
O'quvchimiz Dinorbekning yutuqlari haqida!
Navoiy viloyati So’g’liqni saqlash boshqarmasiga
Sensorika IT-o‘quv markazida bitiruv kechasi!
“SENSORIKA” O‘QUV MARKAZI RAHBARIYАTINING BAYRAM
Buni o’qing…qiziq