Ravshanova Malika o`quvchimizning biz haqimizdagi fikrlari
Men Ravshanova Malika. 2005-yilning 2-mart sanasida Navoiy shahrida tug`ilganman. Navoiy davlat pedagogika instituti rus va qozoq filologiyasi fakultetida 2-kurs talabasiman.
O`qish jarayonida rus tili va adabiyoti haqida ko`pgina bilimlar olmoqdaman. Va bu bilimlarim chegaralanishni xoxlamadim va man 2-yo`nalish sifatida dasturlashni tanladim. “Sensorika IT” o'quv markazi esa IT olamiga kirishimga sababchi bo`ldi. Ushbu innovatsion institut bilimlarimni yanada chuqurlashtirish va dasturlashga bo'lgan qiziqishlarimni yanada o'sishiga sababchi bo'lmoqda.
Men avvalo dasturlashning asosi bo`lmish kompyuter savodxonligi kursidan bilim olishni boshladim. Ustozim Javlonbek Hasanov menga tezkor kompyuter savodxonligi 1 oylik kursidan dars berdilar. Tezkor kompyuter savodxonligi kursida o`qib juda ko`p bilimlarga ega bo`ldim. Word, Excel, PowerPoint, Canva dasturlarida ishlashni o`rgatdilar.
Bundan tashqari Kwork saytida ro`yhatdan o`tish, kwork profilini to`ldirish va buyurtmalar olish qoidalari bilan tanishtirdilar. Bir necha kundan so`ng buyurtma qabul qildim va daromatga chiqdim.
Kursni muvaffaqiyatli yakunladim va sertifikat bilan taqdirlandim. Ammo bu boshlanish edi. Kompyuter savodxonlik kursi meni dasturlashni chuqurroq o'rganishga ilhomlantirdi, va bu qarorimni oila a'zolarim qo'llab-quvvatladi. Dasturlashning ko'plab yo'nalishlari orasidan men Python dasturlash tilini tanladim.
Hozirda Python texnologiyalari bo'yicha chuqur bilimlarni o'rganmoqdaman. Bundan keyingi rejalarim: Dasturlash kurslarini mukammal darajada o`rganib professional dasturchi bo`lish. Sizga ham Sensorika IT o`quv markaziga kelib o`qib, kelajak kasblarini o`rganishingizni tavsiya qilaman.