
hit
upd
new
Avvaliga IT sohasiga qiziqishim bor edi, lekin aniq qanday yo‘nalishni tanlashni bilmasdim
Mening ismim Islom, men Navoiy shahridagi Navoiy Prezident maktabida tahsil olyapman va “Sensorika IT” o’quv markazida dasturlash kursida kompyuter savodxonligi kursini o‘rganyapman. Hayotimdagi eng katta qarorlarimdan biri – “Sensorika IT” kursiga yozilishim bo‘ldi. Bu qaror meni kompyuter fanlari sohasida yangi imkoniyatlarga yo‘naltirdi.
Avvaliga IT sohasiga qiziqishim bor edi, lekin aniq qanday yo‘nalishni tanlashni bilmasdim. Texnologiyalar meni o‘ziga tortardi, lekin bu dunyoda o‘zimni qanday topishimni va qaysi yo‘nalishga kirishimni bilmasdim. “Sensorika IT” o’ quv markazini tanlashim menga to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatdi.
Men bu kursda allaqachon 6 oydan buyon tahsil olyapman. Darslarim nafaqat nazariy bilimlar, balki real loyihalar orqali o‘rganish imkonini beradi. Ustozim har bir darsda sabr-toqat bilan tushuntirib, meni har bir yangi vazifaga tayyorlaydi. Kurs davomida o‘zimni o‘sishda, yangi bilimlar olishda va qiyinchiliklarga bardosh berishda yanada mustahkam his qilyapman. Ustozim Javlon juda samimiy va ajoyib inson. Uning yordami va sabr-toqatli yondoshuvi mening o‘sishimda muhim rol o‘ynaydi.
Men dasturlash va kompyuter fanlari sohasida birinchi qadamlarimni tashladim. Hozirgi maqsadim – freelancer sifatida ishlash va o‘z sohamda erkin ish yuritishdir. O‘zimni nafaqat bir dasturchi sifatida, balki IT sohasida mustaqil ishlashga tayyor bo‘lgan freelancer sifatida ko‘rmoqdaman. Ushbu yo‘lda o‘rganayotgan bilimlarim meni yanada professional darajaga olib chiqadi. Kelajakda, o‘zining xizmatlarini taklif qiladigan mustaqil mutaxassis sifatida ishlashni orzu qilaman. Bu mening hayotimda yangi boshlanish, va men bu yo‘lda to‘xtashni istamayman.
Agar siz ham o‘z orzularingizni amalga oshirmoqchi bo‘lsangiz, bugun boshlang. “Sensorika IT” o`quv markazi – bu nafaqat bilim olish, balki kelajagingizga yo‘l olish imkoniyatidir. Bu yerda har bir qadam sizning orzularingizga yaqinlashishdir.

Izohlar (0)
Izohlash
Скачайте также

Bir qaror – kelajakni o‘zgartirdi
Mening ismim Shavkatov Shavkat, men 14 yoshdaman va Navoiy shahridagi 17-maktabda tahsil olaman.
hit
upd
new

Mening ismim Soliha
Mening ismim Soliha, 14 yoshdaman, va 1 yildan buyon “Sensorika IT” o‘quv markazida tahsil olib
hit
upd
new

Mening ismim Asilbek
Mening ismim Asilbek. Men 14 yoshdaman va 8 oydan buyon “Sensorika IT” o‘quv markazida tahsil olib
hit
upd
new

Usmonova Aziza
Men Usmonova Aziza yoshim 16 daman. Yozgi ta’til vaqtini behuda o‘tkazmaslik, balki undan unumli
hit
upd
new

Salom, mening ismim Dilnoza
Salom, mening ismim Dilnoza. Men 15 yoshdaman va Navoiy shahridagi 1-maktabda o‘qiyman. IT sohasiga
hit
upd
new
Frilanserlar
Yangiliklar

Xusenov Ruslan — Kiberxavfsizlik yo‘lida

Asliddinning IT Olami Sari Yo‘li

4-SON JAZONI IJRO ETISH KALONIYASIda o‘tgan

AXBOROT XAVFSIZLIGI VA IJTIMOIY TARMOQLARDAN

Men Zakirova E’zoza,Navoiy Davlat Universiteti

My name is Ochilova Mashxura.I’m 21 years old.

Karimov Muhammadning IT olamiga ilk qadamlari

Sensorika IT O‘quv Markazi: Yosh Dasturchining

Murabbiylik uchun ilm o’rgangan inson: Ozodbek

Men Rashidova Mohinur 11-sinf o’quvchisiman