Wi-Fi ni kim ixtiro qilgan u ayol kishi ekaniga ishonasizmi? Dunyoni o’zgartirgan ayollar haqida bilasizmi?
Dunyoni o’zgarishida tarixdan ayollarning roli katta bo’lgan. Yillar mobaynida aqlda tengsiz, ilm-fan,adabiyot, texnika va boshqa sohalarda tanilgan ayollar o’z bilimi, iqtidori, kashfiyotchiligi bilan iz qoldirishgan.Keling ularni ayrimlari bilan tanishamiz.
Tarixdan bizga ma’lumki Hedi Lamarr mashhur kinоaktrisa va ixtirochi bo’lgan. U 1914 yilda tug’ilib 2000 yilda vafot etgan. Urish vaqtida u fashizmga qarshi kurashga hissa qo’shish maqsadida 1941 yilda kompozitor Jorj Antayl bilan birgalikda "maxfiy aloqa tizimi" ni ixtiro qilib patent olishadi, Biroq, loyihani amalga oshirish murakkabligi sababli Amerika dengiz floti tomonidan u rad etilgan bo’lsa-da, bu ixtirosi keyinchalik Wi-Fi, GPS va Bluetooth texnologiyalari uchun asos bo'ldi.
Greys Xopper matematik, kompyuter olimi, dasturlash pioneri va AQSh harbiy dengiz kuchlari admirali bo’lgan 1906 yida tug’ilib, 1992 yilda vafot etgan.
U dasturlash uchun birinchi A-O deb nomlangan kompilyatorni, axborot oqimini abadiy o'zgartiruvchi va zamonaviy ma'lumotlarni qayta ishlashga yo'l ochgan kompyuter dasturlash texnologiyasini yaratdi.
Bu ixtiro matematik kodni mashinada o'qiladigan kodga aylantirish zamonaviy dasturlash tillarini yaratish yo'lidagi muhim qadam hisoblanadi.
Bu ish uni eng birinchi standartlashtirilgan kompyuter tillaridan biri bo'lgan COBOLni birgalikda ishlab chiqishga olib keldi. COBOL kompyuterlarga raqamlardan tashqari so'zlarga ham javob berishga imkon bera oldi. Greys o’z ishlari uchun juda ko’p mukofotlar olgan.
Mary Anderson 1866 yilda tug’ilib, 1953 yilda vafot etgan – avtomobil shishasini tozalovchi birinchi qurilmaning ixtiro qilgan ayol hisoblanadi. U 1903 yilda u avtomobil oynalarini tozalash uchun qurilma uchun patent olgan, bu keyinchalik avtomobilsozlikda asosiy standartlardan biriga aylandi. O’zining bu ixtirosini Meri qishki bo'ron paytida har daqiqada old oynadan qorni tozalash uchun to'xtash kerakligini ta'kidlagan erkaklarning shikoyatlarini tinglashdan charchaganligi sababli ushbu narsani ixtiro qilgan ekan.
Ada Lovleys shoir Jorj Bayronning qizi (1815-1852) – ingliz matematigi va tarixdagi birinchi dasturchi hisoblanadi. U Charlz Bebbidjning hisoblash mashinasi uchun birinchi kompyuter dasturini yaratib, bu yangi zamonaviy kompyuterlarning rivojlanishiga katta hissa qo’shgan. Demak u 19-asrda kompyuterlar va dasturlash mavjud bo'lmasada ilk dasturini Buyuk Britaniyada yaratilgan va yangi kasbga asos solingan.
Enni Esli amerikalik, matematik va raketa hamda kompyuter sohasi olimi bo'lib, Kentavr raketasi sahnasidagi ishi bilan tanilgan. Birmingemlik bu qiz 20 yoshida eng murakkab matematik muammolarni osonlikcha yengib o'tgan. Va bir necha yil o'tgach, Enni NASA dasturlarini qo'llab-quvvatlovchi malakali mutaxassisga aylangan. Agentlikda 34 yil ishlagan.
80-yillarda amerikalik grafik dizayner Syuzan Kare mashhur Apple korporatsiyasi uchun juda ko'p birinchi kompyuter ikonalarni yaratdi. U innovatsion va nufuzli kompyuter ikonografi sifatida tanilgan ayol. 1983 yildan beri San-Frantiskolik dizayner kompyuterdan foydalanadigan har bir kishiga tanish bo'lgan minglab dasturiy ta'minot ikonalarni yaratdi. U nafaqat Stiv Djobsning, balki boshqa ko‘plab xodimlarning ham kichik ikonalik portretlari (32x32 piksel) muallifi hisoblanadi.
Balkim “Sensorika-IT” o’quv markaziga o’qishga kelayotgan qizlarimiz orasidan ham kelgusida mashhur xotin-qizlar yetishib chiqsa ajabmas.
Izohlar (0)
Izohlash
Скачайте также
O'quv markazimizga raqamlashtirish vazirligi tashrifi
IT sohasi rivoji va hamkorlikning qo‘shma rejalari muhokama qilindi
hit
upd
new
Frilanserlar
Yangiliklar
Bir million oʻzbek dasturchilari-2024 g'olibi
Mirjonova Farangiz "IT" sohasida o'z yo'lini
Hamkorbank ATB Navoiy filiali "chakana biznes"
Onkologiya va Radiologiya Ilmiy-Amaliy Tibbiyot
“Mening farzandim - IT mutaxassisi” mavzusida
Navoiy shahridagi "SENSORIKA" IT-o'quv markaziga
Navoiy shahri 13-sonli umumta'lim maktabiga
Wi-Fi ni kim ixtiro qilgan bilasizmi?
Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish bo'yicha
O'quvchimiz Dinorbekning yutuqlari haqida!